1-2– Mavzular: Kirish. Aholi joylashishi turlari. Shaharsozlik to’g’risida umumiy ma’lumotlar


-rasm  Aholi yashash joylarining guruhli sitemasini loyihalash metodikasi


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1304839
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-2–Mavzular-1

 3
-rasm 
Aholi yashash joylarining guruhli sitemasini loyihalash metodikasi. 
1 – funktsional model; 2 – hududni baholash3,4 – fazoviy hududlarga ajratish modellari 
(sektorli, kombinatsiyalashgan); 5,6,7 – aholini joylashtirish variantlari (chiziqli, 
markazlashgan, guruhli); 8 – arxitekturaviy-rejaviy echim.


4-rasm 
Katta shahar asosida shakllangan aholi joylarining guruhli tizimiga sxematik 
misollar: 
1 – yirik shahar bilan o’zaro bog’langan aholi yashash joylari;  2 – yirik shahar ta’siriga 
tortiluvchi aholi joylari. 
Mamlakatimiz hududida uzoq muddat davom etgan mehnatning bo’linishi 
jarayonida aholi joylashishining turlari va shakllari tarixan shakllandi. 
O’zbekistonga xos xususiyati shundan iboratki, aholi joylashuvi jarayonida intensiv 
shaharsozlik o’zlashtirish qismlari (vohalar) shakllandi, u erda aholi joylari 
hududlari, mehnat joylari, xizmat ko’rsatish markazlari, rekreatsion hududlarni 
o’zaro bog’liq rivojlantirish uchun qulay sharoitlar mavjud. Aholi joylarining 
kuchayib borayotgan makoniy integratsiyasi jarayonlari natijasida aholi 
joylashuvining tayanch karkasi, yagona hududiy funktsional organizm aholi 
joylashuvi tizimi shakllanadi. 
Shu bilan birga, O’zbekistonda urbanizatsiya jarayonlarining rivojlanishi 
aholi joylashuvi shakli va shaharsozlik loyihalash ob’ektlarini murakkablashuviga 
olib kelgan. Bu yana alohida shahar va qishloq joylari orasidagi iqtisodiy, mehnat, 
madaniy-maishiy va boshqa aloqalarni intensivlashtirish natijasida ham yuzaga 
keladi. Bu esa hayot muhitini nafaqat alohida aholi joylari chegarasida, balki 
rivojlangan shaharsozlik tuzilmalari - aholi joylashuvi tizimlari doirasida 
takomillashtirish lozimligini ko’rsatadi. Bu tizimlar o’z navbatida yanada yirikroq 
subregional va regional darajadagi makoniy-tarxiy birliklar tarkibiga kiradilar. 
Subregional va regional aholi joylashuvi tizimlari ancha katta hududlar doirasida 
(viloyat, iqtisodiy tuman, respublika) shakllanib, O’zbekiston hududida yagona 
aholi joylashuvi tizimini tashkil etadilar. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling