1-2– Mavzular: Kirish. Aholi joylashishi turlari. Shaharsozlik to’g’risida umumiy ma’lumotlar


 Aholi joylashishi va tabiiy muhit


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1304839
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-2–Mavzular-1

 


1.4. Aholi joylashishi va tabiiy muhit. 
Aholi joylashishiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar quyidagilar: 
- iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoit; 
- sanoat ishlab chiqarishi uchun baza hisoblangan foydali qazilmalar va 
yoqilg’i-energetika resurslari; 
- transport kommunikatsiyalarining rivojlanishini belgilab boruvchi tabiiy 
shakl. 
Insonlar hayoti va mehnatiga ta’sir etuvchi tabiiy iqlim omillari katta 
ahamiyat kasb etadi (harorat, shamol va namlik, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik, 
er relefi, qurilishning geologik sharoitlari, seysmik holat, abadiy muzlik, sel, zamin 
cho’kuvchanligi va hokazolar). 
Er yuzasida aholining dastlabki joylashishi ibtidoiy jamoa bilan tabiiy muhit 
o’rtasidagi o’zaro aloqa bilan belgilangan. 
Tabiiy sharoitlarning qulayligi qadimgi shahar madaniyatining iqtisodiy 
asosini tashkil etuvchi yirik sug’oriladigan erlar tizimini shakllantirish imkonini 
bergan. Bunday erlar tizimi Misrda Nil daryosining quyi oqimida, Messopotamiyada 
Tigr va Efrat daryolari quyi oqimida, Hindistonda Hind va Ganga daryolari 
sohillarida vujudga kelgan. 
Aholining cheklangan hududda to’planishi aholi joylashishining tabiiy 
sharoitlarga yangicha bog’liqliklarini belgiladi. Shaharlar to’planishi yirik sun’iy 
muhit massivlarini tabiiy muhitga qarama-qarshi qilib qo’ydi. Odamlarni sun’iy 
muhit ichida cheklab, ularni; tabiatdan ajratib qo’ydi. Odamlarning atrof-muhitga 
kuchli ta’siri vujudga keldi va uning tabiiyligi yo’qola boshladi. Aholi yashash 
joylari tabiiy landshaftga majburan bo’ysungan shakllarni egalladi. Shu bilan bir 
qatorda, texnikaning taraqqiyoti natijasida relefni qayta o’zgartirish va 
gidrogeologik sharoitlarga kuchli ta’sir ko’rsatish boshlandi. Lekin tabiatga bunday 
ta’sir ko’rsatishning maqsadga muvofiq keladigan chegarasi bor. 



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling