Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti fizika fanidan masalalar


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/66
Sana15.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1667157
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Fizika fanidan masalalar to\'plami 1-qism



1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
 
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT 
TEXNIKA UNIVERSITETI 
 
FIZIKA FANIDAN MASALALAR 
TO‘PLAMI 
 
 I qism
 
 
TOSHKENT – 2015 
 


2
Tuzuvchilar: B.Y. Umirzakov, A.A. Abduvayitov, X.X. Boltayev. 
«Fizika fanidan masalalar to‘plami (I qism)» // O‘quv-uslubiy 
qo‘llanma. – T.: ToshDTU, 2015, 154 b.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma texnika oliy o‘quv yurtlari 
talabalari uchun “Umumiy fizika” fanining hozirgi zamonaviy 
dasturi asosida tayyorlangan. Asosiy masalalar V.S. Volkenshteyn-
ning “Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami” kitobidan 
olingan. Har bir bobning boshlang‘ich qismida, shu bobga tegishli 
asosiy formulalar berilgan. Shu bilan bir qatorda ba’zi masalalar 
yechimlari, mavzuni mustahkamlash uchun sinov testlari, hamda 
kitob so‘ngida mavzularga oid ilovalar ham joy olgan. 
Taqrizchilar:  
 
Nurmatov N.A. 
– O‘zMU Fizika fakulteti “Yarim 
o‘tkazgichlar va polimerlar fizikasi” 
kafedrasi dotsenti, f-m.f.n. 
Usmonov M. 
– ToshDTU, “Umumiy fizika” kafedrasi 
dotsenti, f-m.f.n. 
Toshkent davlat texnika universitetining ilmiy-uslubiy kengashi 
qaroriga binoan chop etildi. 
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2015. 
 


3
 
 
XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI 
Turli xilda fizik kattaliklar, bu kattaliklar orasidagi bog‘-
lanishlarni ifodalovchi tenglamalar orqali o‘zaro bog‘langan. 
Masalan, 
massali jismning olgan tezlanishi ta’sir etuvchi
kuch bilan quyidagi tenglama orqali bog‘langan: 
(1) 
bu yerda, 
– sonli koeffitsiyent bo‘lib, uning qiymati , va
larning qanday birlikda o‘lchanishiga bog‘liqdir. Agar massa va 
tezlanishning birligi ma’lum bo‘lsa, kuchning birligi (1) 
tenglamadagi 
koeffitsiyent birga teng bo‘ladigan qilib, ya’ni (1) 
tenglama 
ko‘rinishga keladigan qilib tanlab olishimiz mumkin.
Buning uchun kuch birligi qilib, massa birligiga bir birlik 
tezlanish bera oladigan kuchni olishimiz kerak. 
Xuddi shu yo‘l bilan yangidan kiritilgan har qanday 
kattalikning o‘lchov birligini topishda, bu kattalikni aniqlashga 
imkon beradigan formuladan foydalanamiz va, shunday qilib, 
birliklar tizimini tuzamiz. 
Har xil birliklar tizimlari bir-biridan qaysi birlik tizimi asos 
qilib olinganiga qarab farq qiladi. 
“Masalalar to‘plami” ning bu nashrida ГОСТ 9867-61 
tomonidan fanning barcha sohalarida, texnika va xalq xo‘jaligida, 
xuddi shuningdek o‘qitishda eng qulay tizim deb tasdiqlangan 
xalqaro birliklar tizimi (XBT)dan foydalanamiz. Bu tizim System 

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling