1. 2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekistonda mustaqillik yillarida sud-huquq tizimining takomillashuv tarixi
46
huquq tizimining o’rni.
Ma‟lumki, qonun ustuvorligi demokratik huquqiy davlatning zaruriy shartidir. O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasiga ko‟ra “Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‟radilar”.
Konstitutsiya va qonunlar asosida yashah, ularga amal qilish kundalik turmushdagi doimiy faoliyat hisoblanadi. Deyarli barcha munosabatlar ular orqali amalga oshiriladi va ularga og‟ishmay amal qilish jamoat tartibini, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta‟minlaydi. Qonunlarga amal qilmaslik va qonun talablari buzilgan hollarda davlat o‟zining huquqini himoya qilish funksiyasini sud hokimyati orqali amalga oshiradi, boshqacha qilib aytganda munosabatlarning umummajburiy xususiyatidagi qonunlarga asosan tartibga solinishini ta‟minlaydi. Sudning vazifasi ayni ana shu funksiyasi bilan ta‟rif va tavsiflanadi. “Sudlar to‟g‟risida”gi O‟zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasida sudning vazifalari mufassal va lo‟nda belgilangan bo‟lib, unga ko‟ra “Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta‟minlashga qaratilgandir”
Oliy sud faoliyatida kelib tushayotgan shikoyat va arizalar bilan ishlash alohida o‟rin tutadi. Birgina 2000-yilning o‟zida O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudiga 13 mingdan ko‟proq shikoyat va arizalar kelib tushgan bo‟lib, shundan 9 mingtasi jinoyat ishlari bo‟yicha berilgan.
Quyi bosqich sudlari ishining sifati, ular qabul qiladigan sud qarorlarining asoslantirilganligi, qonuniy va adolatli bo‟lishini ta‟minlashga Oliy sud doimo diqqat-e‟tibor berib kelmoqda. Eng muhum toifa nizolar, huquqbuzarliklar va jinoyatlarga oid sud ishlari muntazam o‟rganib va muhokama etib boriladi. Masalan, 2002-yil davomida sud qarorolarining O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan nazorat tartibida bekor qilinishi Toshkent shahar sudlari bo‟yicha 87, Samarqand voliyati bo‟yicha 35, Andijon viloyati bo‟yicha 31, Toshkent 47
viloyati bo‟yicha 24, Qashqadaryo viloyati bo‟yicha 21, Surxandaryo viloyati bo‟yicha 18, Jizzax viloyati bo‟yicha 17, qolgan viloyatlar bo‟yicha 7-10 ta ishni tashkil etdi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish, sudlarning haqiqiy mustaqilligi va erkinligini ta‟minlash g‟oyasini ilgari surar ekan, Prezident I.Karimov jinoiy va protsesseual qonunchiligimizning dastlabki tergov va sudgacha bo‟lgan jarayon ustidan sud nazoratini o‟rganish borasidagi vazifalarni quyidagicha belgilaydi: “Boshqa demokratik davlatlar kabi O‟zbekistonda ham shaxsni ushlab turish, xibsga olish, shuningdek, boshqa protsessual majburiy choralarni qo‟llash uchun sanksiya berish huquqlarini ham sudlarga o‟tkazish kerak, deb o‟ylayman”.
Mamlakatimizda o„tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo„yicha ham keng ko„lamli chora-tadbirlar ko„rilganini ta‟kidlash lozim.Bu borada “Xabeas korpus” institutining joriy etilishi, ya‟ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o„tkazilishi prinsipial qadam bo„ldi. Ushbu qarorning o„z vaqtida va puxta o„ylab qabul qilingani bugungi kunda ko„pgina amaliy misollarda o„z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo„lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008-yilning yanvaridan buyon sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700 martadan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo„llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling