binoan har bir shaxsga o‟z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‟ayriqonuniy xatti-
48
Joriy etilgan yangiliklar birinchi instansiya sudlari tomonidan yo„l qo„yilgan
xatolarni o„z vaqtida tuzatish, sud faoliyatida sansalorlikka yo„l qo„ymaslikning
muhim kafolatiga aylandi. Agar 2000-yilda sud xatolarining deyarli yarmi nazorat
tartibida tuzatilgan bo„lsa, 2009-yil yakunlariga ko„ra, bunday holatlarning 85
foizdan ortig„i apellatsiya va kassatsiya tartibida bartaraf etilgan.
2000-yilda umumiy sudlanganlarning 47,2 % ga ozodlikdan mahrum qilish
jazosi tayinlangan bo‟lsa, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sud-huquq tizimida
olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‟nalishlaridan biri – «Jinoiy jazolarning
liberallashtirilishi munosabati bilan O‟zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi kodeksiga
o‟zgartishlar va qo‟shimchalar kiritish haqida»gi Qonun qabul qilingach, 2006-
yilda bu ko‟rsatkich atigi 28,7 foizni tashkil etgan. Boshqacha aytganda, 71,3 foiz
sudlanganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‟liq bo‟lmagan jazolar
tayinlanib, ular oilasi, jamoasi bag‟rida qolgan. O„zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2008-yil 23-iyunda qabul qilingan “Sud qonunchiligini
demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash
bo„yicha tadqiqot markazini tashkil etish to„g„risida”gi qarori ushbu chora-
tadbirlarning mantiqiy davomi bo„ldi.
Bizningcha, jinoyat ishlarini ko‟ruvchi sudlarning to‟laqonli hokimyat bo‟lib
shakllanishidagi, “Oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi
organga” aylanishidagi mavjud muammolarning, mamlakat bo‟yicha oqlov
hukmlari chiqarish kam darajada ekanligidadir balki.
Do'stlaringiz bilan baham: