Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. BMIning maqsadi –
O‟zbekistonda mustaqillik yillarida sud-huquq tizimining takomillashuv tarixini
ilmiy adabiyotlar, manbalar asosida tahlil qilish, o‟rganish va tegishli xulosalar
chiqarishdir.
Ana shu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
–
sud hokimyatini alohida tizim sifatida tashkil topishi hamda uning
rivojlanish bosqichlarini o‟rganish;
–
sud-huquq tizimini isloh qilish borasida qabul qilingan me‟yoriy hujjatlarni
tahlil qilish;
–
O‟zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilish jarayonida sud-huquq
tizimining o‟rnini o‟rganib chiqish;
–
mustaqillik yillarida sud tizimining fuqarolar huquqlarini himoya qilish
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarini o‟rganish;
–
mavzuni akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‟qitishning ta‟lim
texnologiyalarni ishlab chiqish va metodik tavsiyalar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |