Tadqiqot mavzusining ob’yekti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining
ob‟yekti - O‟zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimi. Predmeti - O‟zbekistonda
mustaqillik yillarida sud-huquq tizimining takomillashuv tarixini o‟rganish va
tahlil qilish.
Bitiruv malakaviy ishning metodologik asosi. Tadqiqotni yozish, tahlil
qilish, xulosalarga kelish da O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
«O‟zbekiston Respublikasining yangi tarixini yaratish to‟g‟risida»gi (1996 yil 16
dekabr) va «O‟zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutining
faoliyatini takomillashtirish to‟g‟risida»gi (1998 yil 27 iyul) qarorlari, shuningdek,
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning asarlari, nutq va
suhbatlarida O‟zbekistonda sud-huquq tizimini shakllantirish va faoliyatiga oid
fikr-mulohazalari, kontseptual g‟oyalari, amaliy xulosalari metodologik asos bo‟lib
xizmat qildi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |