1. 2n = 46 xromosomali hujayrada meyozning Profaza I bosqichida hosil bo'lgan tetradalar va xromatidalar soni
Download 4.43 Mb. Pdf ko'rish
|
20 ta varyant (JAVOBSIZ)
BIOLOGIYA
B.R.R A) 1 – yirtqichlik; 2 – bo'ri; 3 – sichqon; 4 – ukki B) 1 – hamxo'rak; 2 – yenot; 3 – qo'ng'ir ayiq; 4 –arslon C) 1 – konkurensiya; 2 – bo'ri; 3 – quyon; 4 –boyqush D) 1 – antogonistik; 2 – qoplon; 3 – sichqon; 4 –tasqara TEST 4 1. Berilgan ma’lumotlar orasidan rasmda berilgan hayvonlar uchun umumiy xususiyatlarni aniqlang. 1) umurtqa pog’onasi va qovurg’alar 2) jabralar orqali nafas olish 3) bosh va orqa miya 4) to’rt kamerali yurak 5) yopiq qon aylanish doirasi 6) issiqqonlilik A) 1,3,6; B) 5,4,6; C) 3,5,1; D) 1,5,4 2. Meyoz jarayonida xromosomalar to`plami holatlari qanday ketma-ketlikda namoyon bo`ladi? Tegishli raqamlarni ketmaket yozing. 1) bir xromadidali xromosomalarning tetraploid to`plami; 2) bir xromadidali xromosomalarning diploid to`plami; 3) bir xromadidali xromosomalarning gaploid to`plami; 4) ikki xromadidali xromosomalarning diploid to`plami; 5) ikki xromadidali xromosomalarning gaploid to`plami. A) 4,5,2,3; B) 2,4,5,2,3; C) 2,4,5,3; D) 4,5,2,3,1 3. Siydik ayirish organlarida kechadigan jarayonlar va ularning sodir bo`lish mexanizmlari o`rtasidagi muvo- fiqlikni aniqlang. 1) birlamchi siydikning hosil bo`lishi; 2) ikkilamchi siydikning hosil bo`lishi; 3) siydikning kanali orqali siydik qopiga tushishi; а) shartsiz refleks; b) reabsorbsiya; с) filtratsiya; d) shartli refleks. A) 1 – b, 2 – с, 3 – а; B) 1 – с, 2 – b, 3 – d; C) 1 – b, 2 – с, 3 – d; D) 1 – с, 2 – b, 3 – а. 4. Moddalar almashinuvi bosqichlari va ularga xos jarayonlar o`rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) fotosintezning yorug`lik bosqichi; 2) energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichi; 3) translyatsiya; а) ATF sintezi; b) t-RNKning aminokislota bilan bog`lanishi; с) polimerlarning monomerlarga parchalanishi; d) DNK sintezi A)1 – а, 2 – с, 3 – b ; B) 1 – с, 2 – а, 3 – b; C) 1 – а, 2 – с, 3 – d; D)1 – d, 2 – а, 3 – b. 5. Quyida berilgan tushunchalar va ularning tavsifi o`rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) alohidalanish; 2) mikroevolyutsiya; 3) divergensiya; 4) konvergensiya; 5) aromorfoz. а) kenja tur va turlarning paydo bo`lishi; b) sinf, tip darajasida yuzaga keladigan tuzilishning yuksalishi bilan bog`liq evolyutsion o`zgarishlar; c) bir ajdoddan tarqalgan organizmlarning turli muhitda yashashi tufayli belgi-xossalarining bir-biridan farqlanishi; d) bir turga mansub individlarning erkin chatishuvini cheklovchi to`siq. A) 1 – d, 2 – а, 3 – с, 5 – b; B)1 – c, 2 – b, 3 – с, 5 – а; C) 1 – d, 2 – b, 4 – с, 5 – а; D) 1 – d, 2 – а, 4 – с, - b. 6. Jigar qurtining quyida berilgan xususiyatlari turning qaysi mezonini ifoda etadi? а) ekologik; b) morfologik . 1) lichinkasining tanasi kiprikchalar bilan qoplangan; 2) tanasi yassi; 3) voyaga yetganda parazit hayot kechiradi; 4) ikkita so`rg`ichga ega; 5) lichinkasi mollyuska tanasida parazitlik qiladi. A) а – 3,5; b – 1,4; B) а – 2,3; b – 1, 5; C) а – 1,4; b – 2, 3; D) а – 1,5; b – 2, 4. 7. Quyida berilgan o`simliklarning ko`payishi bilan bog`liq xususiyatlarni aniqlang. а) funariya; b) zuhrasoch. 1) hayot siklida sporofit ustunlik qiladi; 2) hayot siklida gametofit ustunlik qiladi; 3) sporalari ko`sakchada yetiladi; 4) sporofiti sporangiyband va sporangiydan iborat; 5) gametofiti yashil o`simta shaklida; 6) gametofiti poya-bargli o`simlik. A) а – 2,4,6; b – 1, 5; B) а – 2,4; b – 1, 6; C) а – 1,3,4; b – 2,5; D) а – 2, 3; b – 1, 6. 8. Evolyutsiya dalillariga mos keladigan misollar qaysi javobda to`g`ri keltirilgan? 1) iskabtopar va kapalakning qanotlari – gomologik organlar; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling