Polisaxaridlarni ajratib olish va ularga xos ayrim reaksiylar
Darsning maqsadi. Polisaxaridlarni biomateriallardan ajratib olish, gidrolizlash va ularga oraliq mahsulotlariga xos reaksiyalarni o‘tkazish yo‘li bilan ularning kimyoviy xossalarini o‘rganish va nazariy bilimlarni mustahkamlash.
42-ish. Polisaxaridlarni ajratib olish
Kerakli biomaterial:Kartoshka tuganagi, yangi suyilgan quyonning jigari, mushagi
Kerakli jihozlar:suv hammomi, probirkalar uchun shtativ, pipetkalar, probirkalar, o‘lchov silindri, gaz gorelka yoki spirt lampa,termostat, olovga chidamli kolba,chinni hovoncha, shisha maydachalari, analitik tarozi,sovitgich, mikroskop
Kerakli reaktivlar: 1 % li kraxmal eritmasi,10 % li Na2SO4 eritmasi, Lyugol eritmasi(tayyorlash: 500 ml li o‘lchov kolbasi 20 g kaliy yodid va 10 g yod kristali solib, 200 ml suvda eritiladi, so‘ng hajmi distillangan suv yordamida 500 ml ga yetkaziladi), Feling reaktivi (tayo’rlash yoqorida keltirilgan), KOHning 30 % li eritmasi, 10 % li natriy sulfat eritmasi, trixlorsirka kislotaning 5 va 10 % li eritmasi, etil spirti, fiziologik eritma.
1-tajriba. Kraxmalni ajratib olish
Ishni bajarish tartibi. Ikki dona kartoshka tuganagidan olib po‘chog‘ i archiladi va qirg‘ichdan o‘tkazib maydalanadi. Siqib suvi ajratib olinib, filtrlanadi va so‘ng quritiladi. Kraxmal donachalarini mikroskop ostida bir tomchi Lyugol eritmasi qo‘shib bo‘yash asosida kuzatiladi. Ajratib olingan kraxmalni sovuq va issiq suvlarda eruvchanligini tadqiq qilinadi. Sovuq suvda u erimaydi, issiq suvda esa eriydi. Eriydigan kraxmal dastlabki kraxmalga nisbatan destruksiyalangan (uni polimerizatsiya darajasi dastlabki kraxmaldan pastroq bo‘ladi). Dastlabki (odatdagi) kraxmal eruvchi kraxmal (amidulin)ga aylanishini sovuq sharoitda uzoq muddat suyultirilgan kislotalarda saqlash yoki oz muddatda kislotada tutib turib keyin qizdirish yo‘li bilan ta’minlash mumkin. Quritilgan kraxmal keyingi reaksiyalarda ishlatish uchun olib qo‘yiladi. Tajriba uchun ishlatishda iliq suvdagi eritmasi tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |