2-tajriba.Hayvon to‘qimalaridan glikogen ajratib olish
Ishni bajarish tartibi. Jigar yupqa qilib kesiladi va uni qon elementlaridan xolis qilish uchun 2 daqiqaga sovitilgan fiziologik eritmaga solib qo‘yiladi. So‘ng jigar namunalari filtr qog‘ozlar o‘rtasiga joylashtirilib, ulardagi qon elementlari va fiziologik eritma qoldiqlari shimib olinadi. Shu jigar namunasidan tarozida 1 g o‘lchab olinib hovonchaga ko‘chirilib, uni ustiga mayda shisha bo‘lakchalari va teng miqdorda 10%li trixlorsirka kislota qo‘shiladi va yaxshilab yanchiladi. Aralashmaga teng hajmda 5 % li trixlorsirka kislota qo‘shib yana yanchiladi. Bundan keyin aralashmani suyuqligini so‘rib olish yo‘li bilan ajratiladi. Qolgan qoldiqqa yana teng hajmda 5 % li trixlorsirka kislota qo‘shib yana yanchiladi va suyuqligini yana so‘rib olinib oldingisiga qo‘shiladi. Qo‘shilgan ekstraktlarga konsentratsiyasi 50 % ga yetgancha spirt qo‘shib cho‘kma hosil qilinadi. Cho‘kma sentrifugalash yo‘li bilan ajratiladi va ikki marta 50 % li spirt yordamida yuvilib qaytadan sentrifugalanadi. Shu yo‘sinda ajratib olingan glikogen quritiladi va tarozida o‘lchash hamda hisoblash yo‘li bilan uning jigardagi miqdoriy ko‘rsatkichi keltirib chiqariladi. Quritilgan glikogen keyingi reaksiyalarda ishlatish uchun olib qo‘yiladi.
43-ish. Polisaxaridlarga xos rangli reaksiyalar va ularni gidrolizlash
Kerakli biomaterial:5 marta suyultirilgan so‘lak, paxta.
Kerakli jihozlar: probirkalar, pipetkalar,shtativlar, o‘lchov silindri, qaytar sovitgich, gaz gorelkasi yoki spirt lampa,termostat, olovga chidamli kolba,
Reakativlar: 1%-kraxmal eritmasi, glikogen eritmasi(34- ishning 2-tajribasi), Feling eritmasi(yuqorida keltirilgan), Barfed eritmasi (yuqorida keltirilgan), distillangan suv, 10% natriy ishqori, etil spirti, natriy xlor kristallari, 3 va 80 % sulfat kislota eritmalari.
1- tajriba.Polisaxaridlarga xos sifat reaksiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |