Mustaqil ish


Download 25 Kb.
Sana23.12.2021
Hajmi25 Kb.
#182648
Bog'liq
ingibitor




MUSTAQIL ISH

Mavzu: Oqsillarga ingibitor va faollantiruvchi moddalarning ta'siri

Bajardi: Mansurova Mazmuna

Oqsillarga ingibitor va faollantiruvchi moddalarning ta'siri

Fermentlar faolligini va shu jumladan, metabolik yo‘llarni boshqarishda modifikatorlar muhim rol o‘ynaydi: ijobiy (effektorlar) va salbiy (ingibitorlar). Effektor vazifasini kofaktorlar, metallar, substratlar, metabolitlar o‘taydi. Reaksiya tezligini pasaytiruvchi moddalarga fermentlar ingibitorlari deb ataladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va omillar (qizdirish, kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar) fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi. Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi:



E+I ↔ EI

Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va ingibitor ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi:



E+ I → Å I EI

kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi ferment funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga boradi. Ta’sir mexanizmiga ko‘ra qaytar ingibirlanish quyidagicha bo‘linadi

1) raqobatli;

2) raqobatsiz;

3) raqobat qilmaydigan;

4) substrat;

5) allosterik.

Raqobatli ingibirlanishda ingibitor fermentning substrat bilan birikadigan funksional guruhlari bilan birikadi. Raqobatli ingibitorlar odatda substrat bilan tuzilishi jihatidan o‘xshaydilar. Klassik misol bo‘lib SDGning malonat kislotasi bilan ingibirlanishi hisoblanadi, u qahrabo kislota bilan struktura jihatidan o‘xshashdir; akonitaza ftorlimon kislota bilan ingibirlanadi. Raqobatli ingibitor bilan substratning o‘xshashligi natijasida bunday ingibirlanish izosterik ingibirlanish deb ham ataladi.

Raqobatsiz ingibirlanishda ingibitor ferment bilan funksional bo‘lmagan guruhlar orqali bog‘lanadi. Raqobatsiz ingibirlanishga sianid kislota, kimyoviy birikmalar, natriy ftorid, natriy azid va boshqalar ta’siri misol bo‘la oladi. Ular ferment katalitik markaziga kiruvchi SH-guruhlarni bog‘lab oladi. Raqobatsiz ingibitor ta’sirini substrat miqdorini ko‘paytirib bartaraf qilish mumkin emas. Ingibitorga bog‘lovchi moddalar bilan ta’sir etish mumkin. Bunday moddalar reaktivatorlar deb yuritiladilar. Raqobat qilmaydigan ingibirlanish deb, ferment- substrat kompleksiga ingibitorning birikishi bilan boradigan fermentativ reaksiyaning pasayishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor ferment bilan substratsiz muhitda birikmaydi. Ayni vaqtda, ingibitor substratning ferment bilan bog‘lanishini yengillashtiradi, keyin esa o‘ziferment-substrat kompleksi bilan birikib, ferment faolligini ingibirlaydi. Bu ingibirlanishning kam uchraydigan turidir.

E+ S →ES +I →ESI

Substrat ingibirlanish deb fermentativ reaksiyani substrat miqdori ko‘p bo‘lgan vaqtda pasayishiga aytiladi. Bunday ingibirlanish katalitik o‘zgarishga uchray olmaydigan ferment-substrat kompleksining hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladi.Oqsil ingibitorlari bilan boshqarilish. Oqsillarni fosforlovchi fermentlar proteinkinazalar faolligining ingibitorlari bilan boshqarilishning muhim misollaridan hisoblanadi. Proteinkinaza faol shaklda bitta polipeptid zanjirdan iborat (C subbirlik). Hujayrada C oqsil bilan birika oladigan oqsil mavjud (R subbirlik). Hosil bo‘lgan tetramer R2C2 kompleks fermentativ faollikka ega emas. Fermentning faollanishi sAMF ishtirokida boradi. R subbirlik yuzasida sAMFni bog‘lovchi markaz bor: sAMF bog‘langandan keyin oqsilning konformatsiyasi o‘zgaradi va R subbirlikning C subbirlikka mos kelishi pasayadi, kompleks dissotsiatsiyaga uchraydi:



R2C2 + 2sAMF → R2s AMF2 + 2C

Bu jarayon qaytar bo‘lganligi sababli, hujayrada sAMF miqdorining ortishi proteinkinazaning faollanishiga olib keladi. Bu jarayonning pasayishi esa –ingibirlanishni vujudga keltiradi.bProteolitik fermentlarning oqsil ingibitorlari keng tarqalgan. Bu ingibitorlarning funksiyasi – organizm to‘qima va suyuqliklarida oqsillarning barvaqt parchalanishining oldini olish hisoblanadi. Xususan, qon plazmasidagi proteinazalarning oqsil ingibitorlari fiziologik faol peptid, qon ivishi, qon laxtalarining erishi kabi jarayonlarni boshqarishda qatnashadilar. Oqsil effektorlarining ta’sir mexanizmi ferment konformatsiyasining o‘zgarishi hamda metabolitlar bilan allosterik boshqarishdagi kabi bo‘lishi mumkin.




Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling