10-laboratoriya mashg’uloti. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari darsning maqsadi
Download 53.1 Kb.
|
10-laboratoriya
10-LABORATORIYA MASHG’ULOTI. MONOSAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKSIYALARI Darsning maqsadi: Monasaxaridlarda sifat reaksiyalarini olib borish. Nazariy qism. Uglevodlar eng muhim organik birikmalardan bo’lib, ular hamma tirik organizimlar tarkibiga kiradi, lekin o’simlik organizimida ko’proq bo’ladi. Uglevodlarning almashinuvi organizim uchun juda muhim hisoblanadi. Avvalambor tirik tabiatdagi organik moddalar o’simliklarda ketadigan fotosintez natijasida hosil bo’ladigan uglevodlardan hosil bo’ladi. Shu bilan birga hujayra uchun kerakli energiyaning asosiy qismi uglevodlar parchalanishida hosil bo’ladi. Bundan tashqari ayniqsa o’simliklarda va mikroorganizimlarda uglevodlar energiya deposi va struktura birligi bo’lib ham хizmat qiladi. Uglevodlardan glikoproteidlar va glikolipidlar hujayrada ketadigan muhim jarayonlarda, jumladan morfogenez va differentsiyalanishda muhim ahamiyatga ega. Uglevodlar tirik organizimlarda bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Masalan; pentozalardan riboza va dezoksiriboza nuklein kislotalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Uglevodlar ko’pgina antibiotiklarning tarkibiga kiradi. (masalan, streptomitsin, neomitsin, linkomitsin va boshqalarning). Uglevodlar immunitetning hosil bo’lishida ham muhim rol o’ynaydi. Ko’pgina antitelolarni hosil bo’lishiga sabab bo’ladigan mikrob antigenlari ham uglevodlar (polisaxaridlar) jumlasiga kiradi. Antitelo sifatidagilarga asosan glikoproteidlar — oqsillarning uglevodlar bilan hosil qilgan birikmasi kiradi. Monosaxaridlar aniqlashga xos turli rangli reaksiyalari ularni sifat va miqdor jihatdan aniqlashga yordam beradi. Uglevodlar nomi ularning empirik formulasi Cn(H2O)m bo’lishi bilan belgilanadi. Uglevodlar 3 ta sinfga bo’linadi: Monosaxaridlar Disaxaridlar Polisaxaridlar Monosaxaridlar molekulasidagi uglevod atomlari soniga qarab triozalar (C3), tetrozalar (C4); pentozalar (C5), geksozalar (C6), geptozalar (C7) ga bo’linadi. Download 53.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling