10-laboratoriya mashg’uloti. Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari darsning maqsadi
Download 53.1 Kb.
|
10-laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya
- Monosaxaridlarning oksidlanishi.
Ishning bajarilishi: 3-4 ml glyukoza eritmasiga 1-2 ml 5%-li natriy ishqori va 2-3 tomchi 5%-li mis sulfatdan solinadi. Eritma ko’k rangga bo’yaladi. Probirka past olovda sekinlik bilan qaynaguncha qizdiriladi. Avval sarik cho’kma (CuOH) hosil bo’ladi, keyin esa qizil cho’kmaga (Cu2O) aylanadi.
Feling reaktivi bilan boradigan reaksiyaFeling reaktivi segnet tuzining alkogoli xisoblanadi. Monosaxaridlar Feling reaktivi bilan qaynatilganda, monosaxaridlar uni mis gidroksidigacha qaytarib, glyukon kislotasigacha oksidlanadi. Reaktivlar: a) glyukoza yoki fruktozaning 1% li eritmasi. B)Feling reaktivi. Bunda 2 ta eritma tayyorlanadi: 1- 500 ml hajmli kolbada 34,64 g mis sulfat (CuSO4.5H2O) eritiladi va suv bilan o’lchov ko’rsatgichiga yetkaziladi. 2- 200-250 ml suvda 173 g segnet tuzi (COOK-CHOH-CHOH-COONa.4H2O) eritiladi. Eritma 500 ml li kolbaga solinadi. Uning ustiga 50 g natriy ishqori eritilgan 100 ml suv qo’shiladi va belgilangan joygacha suv solinadi. Eritmalar alohida saqlanadi va ishlatilishi oldidan 2 ta eritma teng miqdorda qo’shiladi. Ishning bajarilishi: 3-4 ml 1% li glyukoza yoki fruktoza eritmasiga teng miqdorda Feling reaktividan qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Natijada mis gidroksining qizil cho’kmasi tushadi. Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya hayvon va o’simlik to’qimalaridagi redutsirlangan qandlarning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. Monosaxaridlarning oksidlanishi.Tekshiriluvchi material: glyukozaning 1% li va fruktozaning 1% li eritmasi. Kerakli reaktivlar: NaOH ning 10% li eritmasi, mis kuporasining 5% li eritmasi, kumush oksidning ammiakdagi eritmasi. x Kerakli asboblar: suv hammomi, termometr, probirkalar, pipetka va shtativlar. Ishning borishi: monosaxaridlar ishqoriy sharoitda oksidlanib, ko'pgina metallam i qaytaradi. Qaytarisb xossasi m al’toza; laktoza va tsellobioza kabi disaxarjdlarda ham mavjud. Trommer reaksiyasi. Glyukozaning suyultirilgan eritmasida uning yarim xajmi lfiiqdorida o'yuvchi natriyning 10% li eritmasidan qo'shiladi va mis kupjarpsiping 5% li eritmasidan bir necha tomchi tomiziladi. Aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Dastlab sariq rangli mis (1) gidroksid cho'kmasi hosil bo'ladi va u tezda mis (1 )-oksidning qizil cho'kmasiga aylanadi: Kumush oksidning qaytarilishi. 2 ta toza probirkaga kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan 3 — 4 ml dan quyiladi va ularping biriga glyukozaning 1% li eritmasidan 2 ml, ikkinchisiga fruktozaning 1% li eritmasidan 2 ml qo'shiladi. Probirkalar 70- 80°S xaroratli suv hemmomida 5- 10 minut mobaynida saqlanadi. Probirkaning devorida kumush ko'zgu hosil bo'ladi: Nazorat uchun savollar: Uglevodlar sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib qanday moddalarni hosil qiladi ? Glukoza uchun qanday sifat reaksiyalari o’tkaziladi ? Bu tajribani o’tkazish uchun qaysi reaktivlar zarur ? Tajriba oxirida binafsha-qizil rang hosil bo’ladi nima uchun ? Download 53.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling