Polisaxaridlarni ajratib olish va ularga xos ayrim reaksiylar Darsning maqsadi


Download 20.07 Kb.
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1208982
1   2   3   4
Bog'liq
polisaxarid

Ishni bajarish tartibi. A. Probirkaga 3 ml kraxmal eritmasidan solib (42 ishning 1-tajribasi) unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasi tomiziladii. Yodning kraxmal bilan o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan mahsulotni ko‘k rangga boyalishi kuzatiladi. Probirkadagi aralashmani uch qismga bo‘lib(1 ml dan)alohida probirkalarga ko‘chiriladi. Ulardan biriga 1-2 ml 10 % li natriy ishqori, ikkinchisiga 2-3 ml etil spirti qo‘shiladi, uchinchisiga 2 ml suv qo‘shib spirt lampada biroz qizdiriladi. Bunda hamma probirkalardagi ko‘k rang yo‘qoladi, lekin uchinchi probirkadagi aralashmani rangi sovigandan keyin tiklanadi. Reaksiya amilozaning yod bilan uncha barqaror bo‘lmagan birikmasini hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, birinchi probirkadagi yod NaI, ikkinchi probirkadagisi etil yodid hosil qilgani uchun rang tiklanmaydi, uchinchi probirkadagi yod amilaza bilan qayta birikadi.
B. Probirkaga 2-3 ml glikogen eritmasini quyib, unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi bunda qizg‘ich- qo‘ng‘ir rang paydo bo‘ladi. Rang natriy xlorning birnecha mayda kristallarini solganda kuchayadi, lekin natriy ishqori qo‘shilsa yoki qizdirilsa rang yo‘qoladi. Kraxmal va glikogen bilan yodli reaksiyadagi ranglarning har xil bo‘lishi bu moddalarning kimyoviy tuzilishida farqli jihatning mavjudligidan dalolat beradi.


2-tajriba. Kraxmalni gidrolizlash

Yuqorida keltirilganidek laboratoriya sharoitida kraxmalni ikki xil yo‘l bilan (kislotali va fermentativ)gidrolizlash mumkin.


Ishni bajarish tartibi. Kislotali va fermentativ gidrolizni amalga oshirish maqsadida 20 dona toza probirka olib shtativga ikki qator qilib terib qo‘yiladi. Ularning hammasiga 10 ml dan distillangan suvva 2 tomchidan Lyugol eritmasi solinadi. Keyin ikkita yumaloq tubli 100 ml li kolba olib ikkalasiga ham 20 ml dan 1% kraxmal eritmasi solinadi va ularning birinchisiga 5 ml 10 % li sulfat kislota, ikkinchisiga 5 ml 5 marta suyultirilgan so‘lak qo‘shiladi. Birinchi kolbani og‘ziga qaytar sovitqich o‘rnatib aralashmani qaynatishga qo‘yiladi. Ikkinchi kolbadagi aralashmani 40oC li termostatga ko‘chiriladi. Har 2-3 daqiqao‘tgandan keyin oldindan yod solib tayyorlab shtativga joylashtirilgan probirkalarning birinchi qatoriga birinchi kolbadagi aralashmadan, ikkinchi qatoridagisiga ikkinchi kolbadagi aralashmadan 0,5 ml dan solib aralashtiriladi. Reaksion aralashmalarning rangini birin-ketin o‘zgarishi kuzatib boriladi, ya’ni bunda dastlab amilodekstrin hosil bo‘lganda aralashma yod bilan ko‘k ranga bo‘yalsa, eritrodekstrin hosil bo‘lganda qizil ranga bo‘yaladi, axrodekstrin bilan esa, hechqanday ranga bo‘yalmaydi. Gidrolizning bu bosqichidan keyin gidrolizat bilan Feling reaksiyasi qilib ko‘riladi. Kislotali gidrolizat bilan Feling reaksiyasini o‘tkazishdan oldin uni neytrallash talab qilinadi.




  1. Download 20.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling