1 3-mavzu. Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoillari, uslublari. Reja
Download 257.93 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.Ishlab chiqarishdagi umumiy xavfsizliklar.
1 3-mavzu. Xavflar , ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoillari, uslublari. Reja: 3.1.Ishlab chiqarishdagi umumiy xavfsizliklar. 3.2.Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi, qayta ishlash va mexanika korxonalarida xavfsizlik masalalari. 3.1.Ishlab chiqarishdagi umumiy xavfsizliklar. Xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitini yaratishning asosiy yo’llari Xavfsizlikni ta’minlash asoslari, usullari niantik hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo’lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir. Xavfsizlikni ta’minlash choralari, bu - usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir. Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta’min etishdagi mantiqiy pog’onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq. Xavfsizlikni ta’minlash yo’llari ko’p. Ularni belgilariga qarab bir necha sinflarga ajratish mumkin: yo’naltiruvchi belgilar: • operatorning faolligi; • iqtidori; • tuzilishning tartibsizlanishi; • operatorni almashtirish; • tasnflash; • xavflarni yo’qotish; • tartiblash; • xavfni kamaytirish: texnik belgilari: blokirovkalash; vakuumlash; germetiklash; masofa bilan himoyalash; mahkamlash; to’siqlar orqali himoyalash; ojiz zveno qo’llash; siqilgan havo qo’llash; harakatlarni sekinlashtirish. tashkiliy belgilari: vaqt bilan himoyalash; axborot (ma’lumotlar); zaxiralash; mos kelmaslik; me’yorlash; xodimlar tanlash; ergonomiklik. boshqaruv: moslik, nazorat; qarshi aloqa; rag’batlantirishlar; 2 boshqarish. rejalilik; javobgarlik; samaradorlik; Xavfsizlikni ta’minlash qo’yidagi usullar orqali amalga oshiriladi: - gomosfera va nokosferani fazoviy va vaqt bo’yicha ajratib qo’yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi; - xavflarni yo’qotish yo’li bilan nokosferani me’yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo’llashi kiradi; - ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, ularni himoyalash darajasini ko’tarishga yo’naltirilgan har xil vositalar va usullar: - malakasiga qarab kasb tanlash, ruhiy ta’sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo’llashni o’z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo'llaniladi. - xavfsizlikni ta’minlovchi vositalarga, jamoa va shaxsiy himoya vositalari kiradi (JHV va ShHV). Ular o’z navbatida xavflarning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko’ra guro’hlarga bo’linadi. Download 257.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling