1-3-mavzulardan test
Download 39 Kb.
|
1-3 test
1-4-mavzulardan test 1. Agrar sivilizatsiya insoniyat tarixida neolit davridan boshlab qachongacha davom etgan? A) XV asr oxiriga qadar B) XVII asr 40-yillariga qadar C) XVIII asr 60-yillariga qadar D) XIX asr 50-yillariga qadar 2. Gumanizm dastlab qachon va qayerda paydo bo‘ldi? A) XV asr oxirida Angliyada B) XIV asr o‘rtalarida Italiyada C) XV asr boshlarida Fransiyada D) XVI asr boshlarida Gollandiyada 3. Yangi davr qanday omillar bilan xarakterlanadi? 1) cherkov ta’sirini kuchayganligi 2) rivojlangan shahar madaniyati 3) yangi hududlarning kashf qilinishi 4) antik davr tarixiga bo‘lgan katta qiziqish, uni ideallashtirish 5) mutlaq monarxiya tuzumining barqarorlashuvi 6) badiiy san’atning tez hayotiylashuvi A) 1, 3, 5 B) 2, 3, 4 C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5 4. Yangi tarixning birinchi bosqichi qaysi voqea bilan tugagan? A) Buyuk geografik kashfiyotlar B) Buyuk fransuz burjua inqilobi C) Birinchi jahon urushining yakuni D) sanoat inqilobi 5. Parovoz qachon va kim tomonidan ixtiro qilingan? A) 1825-yil, J. Uayt B) 1775-yil, M. Lomonosov C) 1830-yil, E. Kartrayt D) 1814-yil, J. Stefenson 6. Jon Lokk tavallud topgan yili Buxoro xonligida kimning hukmronlik davri davom etardi? A) Nodir Muhammadxon B) Abdulazizxon C) Ubaydullaxon II D) Imomqulixon 7. Yangi davr Yevropada millatlarning va qanday ko‘rinishdagi milliy davlatlarning shakllanish davri edi? A) mutlaq monarxiya B) parlamentar respublika C) konstitutsiyaviy monarxiya D) totalitar diktatura 8. Buyuk geografik kashfiyotlar davrini aniqlang. A) XV-XVI asrlar B) XVI-XVIII asrlar C) XV-XVII asrlar D) XIV-XV asrlar 9. Qadimgi davrda yunon harbiy kemalarini (a), o’rta asrlarda 600-700 kishini sig’dira oladigan yirik xitoy kemalarini(b) va yangi davrda okean to'lqinlariga bardosh beruvchi, shamolga qarshi suza oladigan yelkanli yevropa kema (c)larini qanday nomlashgan? A) a-jirg’a, b-faktoriya, c-paroxod B) a-triyera, b-jonka, c-karavella C) a-goplit, b-xanke, b-armada D) a-triyera, b-faktoriya, c-tanker 10. Osiyoga yevropaliklar tomonidan О‘rtayer dengizi orqali o‘zlashtirilgan savdo yo‘llari XV asrda qaysi davlat tomonidan yopib qo’yilgan? A) Italiya B) Ispaniya C) Angliya D) Usmonli turklar 11. Atlantika okeani bo‘ylab suzishni qaysi xalq vakillari boshlab berdi? A) portugallar B) ispanlar C) inglizlar D) gollandlar 12. Kimning kashfiyoti Afrikani aylanib o’tib, Hindistonga dengiz orqali yo‘l ochish istiqbolini yaratdi? A) Xristofor Kolumb B) Genrix Dengizchi C) Vasko da Gama D) Bartolomeu Diash 13. O‘sha davr tarixchilaridan biri quyidagi qaysi asarga «u shunchalar yoqimliki, suratni ko‘rib insoniylikdan ko’ra ko’proq ilohiy oziq olasan...», deb ta’rif bergan edi? A) «Mona Liza» B) «Sikstin madonnasi» C) «Adashgan o‘g‘ilning qaytishi» D) «David» 14. Kimning kashfiyoti Yerning dumaloqligini amalda isbotladi? A) F. Magellan B) Vasko da Gama C) Xristofor Kolumb D) Amerigo Vespuchchi 15. Ispan dengizchilari Sulaymon orollari, Janubiy Polineziya va Melaneziyani qachon kashf etdi? A) XVI asrning ikkinchi yarmi – XVII asrning boshlari B) XV asr o’rtalari – XVI asrning birinchi yarmi C) XVI asrning boshlari – XVII asrning o’rtalari D) XV asr oxiri – XVI asr boshlari 16. Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng hunarmandlar va savdogarlarning narx-navoni oshirishga majbur qilgan omilni aniqlang. A) aholi sonining oshishi B) ko‘p oltin va kumush tangalar zarb qilinishi C) yangi hududlarning ochilishi D) bozorlarda mahsulotning ko‘payishi 17. Quyidagi qaysi bank zamonaviy ko‘rinishdagi ilk bank hisoblanadi? A) Genuyadagi Avliyo Georgiy banki B) Bryuggedagi Burse mehmonxonasi banki C) Londondagi Blekuelxoll banki D) Amerikadagi Adam Jonson banki 18. Sinfiy jamiyat deb qanday jamiyatga nisbatan aytiladi? A) huquq va majburiyatlari bilan farqlanadigan B) kapitalining bor yoki yo‘qligi, daromad darajasi bilan farqlanadigan C) yosh doirasi, jinsi va ijtimoiy mavqeyi bilan farqlanadigan D) turli guruhlarga bo’linishi bilan farqlanadigan 19. Rim papasi M. Lyuterni qaysi shahar sudiga chaqirdi? A) Rim B) Ruan C) Vorms D) Axen 20. Germaniyadagi Buyuk dehqonlar urushi qaysi yillarda yuz bergan? A) 1530-1535-yillarda B) 1618-1648-yillarda C) 1701-1714-yillarda D) 1524-1526-yillarda 21. «Duo o‘qi va ishla!» ta’limotining (a) va «Iso jamiyati»ning (b) asoschilari qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) a-Martin Lyuter, b-Reshele B) a-Jan Kalvin, b-Ignatiy Loyola C) a-Tomas Myunser, b-Jan Kalvin D) a-Reshele, b-Ioann XII 22. XVI asrdagi kontrreformatsiya natijasida qaysi davlatlar aholisi bir-biriga dushman ikki diniy mazhabga bo’lindi? A) Angliya, Italiya B) Irlandiya, Germaniya C) Germaniya, Fransiya D) Ispaniya, Avstriya 23. X. Kolumb Amerikaga necha marta ekspeditsiya uyushtirgan? A) 2 marta B) 3 marta C) 4 marta D) 5 marta 24. Hindistondan Yevropaga qanday mahsulotlar olib kelgan sadogarlar undan juda katta foyda olgan? A) temir va sifatli yog‘och B) shoyi mato va zeb-ziynatlar C) ziravorlar va shirinliklar D) ipak mato va ziravorlar 25. Bozor munosabatlari jadal rivojlanayotgan qaysi mamlakatlarda savdogarlar ulgurji savdoga katta ehtiyoj seza boshlagan? 1) Angliya 2) Niderland qirolligi 3) Fransiya 4) Portugaliya 5) Ispaniya A) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 4 26. London shahrini Yevropaning asosiy savdo markaziga aylantirgan omil nima bo’ldi? A) dengiz yo’lida joylashganligi B) Angliyaning jadal iqtisodiy taraqqiyoti C) aholi sonining tez ko’payishi D) poytaxt etib belgilanligi 27. Ruhoniylar juda katta boyliklarning bir qismini qanday usul orqali to‘plagan? A) Inkvizitsiya B) Autadafe C) Interdikt D) Indulgensiya 28. Yevropada an’anaviy jamiyatning inqirozi va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi kimlarda o‘z daromadini oshirish istagini kuchaytirdi? A) savdogarlar a hunarmandlar B) zodagonlar va knyazlarda C) qirollar va imperatorlarda D) ruhoniylar va papalarda 29. Protestantlikning Injilni mustaqil o'qish, Xudo oldida shaxsiy javobgarlik hissi kabi o‘ziga xos jihatlari aholi orasida qanday xislatning rivojlanishiga ko‘maklashdi? A) Strukturalizm B) Jamoaviylik C) Multikultiralizm D) Individualizm 30. Yevropanini savdo chorrahalari qachondan boshlab Shimoliy dengiz qirg‘oqlariga ko'chdi? A) XVI asrning ikkinchi yarmidan B) XVII asrning birinchi choragidan C) XVIII asrning birinchi yarmidan D) XV asrning oxiridan Download 39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling