1-3 sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan spartakiada ssenariysi Diqqatingizga havola etilayot­gan «Sog‘lik tantanasi»


Download 15.08 Kb.
bet3/4
Sana03.10.2023
Hajmi15.08 Kb.
#1691379
1   2   3   4
Bog'liq
1-3 sinflar o‘rtasida o‘tkaziladigan spartakiada ssenariysi Diqq

«Gazetxon» musobaqasi. Jamoalarga chelak, qog‘oz yoki gazeta sahifalari beriladi. Ota-onalar yoki sinf rahbari gazeta sahifalaridan qog‘oz sharchalar yasashlari va guruh ishtirok­chilariga uzatishlari talab etiladi. Jamoalar qog‘oz sharchalarini chelakka 1,5—2 metr masofadan otib tushirishlari kerak bo‘ladi (chelakka tushirilgan shariklar soni hisobga olinadi).
Dam olish daqiqasi. Uch musobaqa sharti bajarib bo‘lingach, Doktor Voyjonim va Bilmasvoy boshchiligida bolalar sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga tushadilar.
Doktor Voyjonim: — Bolalar, charchab qolmadingizmi?
Bolalar: — Yo‘q!
Bilmasvoy: — Unda musiqa sadolari ostida biz bilan birgalikda mana shu harakatlarni bajaring va biz bilan birga kuylang. Keling, o‘z raqsimizni yaratamiz. Agar «clap» (klep) desak, chapak chalasiz, «hands up» (henz ap) desak, qo‘llaringizni yuqoriga ko‘tarasiz, «hands down» (henz daun) desak, qo‘llaringizni tushirasiz, «jump» (jamp) desak, bir oyoqda sakraysiz. Kelishdikmi?
Bolalar: — Ha!
Bilmasvoy va Doktor Voyjonim:
We are having fun right here!
Look what we do and do it here!
Let’s clap…and now let’s jump,
Put your hands up…and now put hands down!
Dam olish daqiqasida o‘quvchilar salomatlik, sport haqida she’rlar aytishlari, ushbu mavzuda sahna ko‘rinishlarini tayyorlash­lari mumkin.
«Kim ko‘p sakray­di?» musobaqasi. Bunda sinf rahbarlari jamoa­laridagi ishti­rok­c­hilardan ikkita-ikkitadan chiqarib, bir daqiqa davomida arg‘amchida eng ko‘p sakragan o‘quvchini aniqlaydi.
«Antiqa gul» musobaqasi. Jamoaning har bir ishtirokchisi bittadan shar puflaydi, ota-onalar esa ularni bog‘lab, bir nechta shardan gul yasashlari kerak bo‘ladi.
«Kim chaqqon?» musoba­qasi. Jamoa yetakchilari belgilangan joydan turib uzoq masofaga sakraydilar. Musobaqa shartlarini kuzatib borayotgan jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi yetakchi kelib tushgan masofaga chiziq tortadi. Belgilangan chiziqdan sinf rahbari, so‘ng ota-onalardan vakil sakraydi. Natijada eng uzoqqa sakragan jamoa ushbu shartda g‘olib bo‘ladi.

Download 15.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling