1-4-laboratoriya ishi Avtomatlashtirishning funksional chizmalarini gost 21-208-2013 bo‘yicha AutoCad dasturi yordamida tayyorlashni o‘rganish Ishning maqsadi


Funksional chizmalarni bajarishga misollar


Download 0.74 Mb.
bet9/10
Sana20.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1790041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
btl 1-4 lab

Funksional chizmalarni bajarishga misollar
Funksional chizmalarda boshqarish punktlaridagi shchitlarni shartli ravishda to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida o‘lchamlarsiz, o‘lchov asboblarini va avtomatlashtirish vositalarini GOST 21.404-85 bo‘yicha grafikli shartli belgilashga yetarli darajada ko‘rsatiladi.
Ikkilamchi o‘lchov asboblari, markazlashgan nazorat mashinalari, boshqaruv mashinalari ham to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida ko‘rsatiladi.
Texnologik qurilmalarga o‘rnatilgan birlamchi signal o‘zgartirgichlar bilan shchitda o‘rnatilgan ikkilamchi o‘lchov asboblarining ulanishlari ingichka uzluksiz chiziqlar bilan ulanadi (qalinligi 0,2-0,3mm ). Bu ulanishlar nechta sim yoki nechta trubkalar yordamida ulanishiga qaramay bitta chiziq bilan ko‘rsatiladi. O‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining shartli belgilariga kirish va chiqish ulanishlari xar tomondan (chapdan, o‘ngdan tepadan va burchak ostida) keltirilishi mumkin va u chizmada eng qisqa masofa bo‘yicha, boshqa chiziqlar bilan iloji boricha kam kesishgan bo‘lishi kerak. Bunda bu ulanish chiziqlari texnologik qurilmalar va kommunikasiyalar bilan kesisishi mumkin, lekin, o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari shartli belgilari bilan kesishishi mumkin emas.
Funksional chizmalarda keltirilgan hamma o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalariga pozision belgilar beriladi va u loyihaning hamma xujjatlarida saqlanib qoladi. Loyihalashda pozision belgilar arab raqamlari bilan belgilanib, bu raqamlar buyurtma spesifikasiyasiga mos bo‘ladi. O‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalarining pozision belgilanishi ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchisida, belgilanishning birinchi raqami pozisiya raqamini ko‘rsatsa, ikkinchisi shu pozisiya ichidagi avtomatlashtirish vositalarining raqamlanishini ko‘rsatadi (poz.1-1, poz.1-2, poz.1-3, poz.1-4). Ikkinchisida, belgilanishning birinchi raqami pozisiya raqamini ko‘rsatsa, ikkinchi belgi pozisiya ichidagi avtomatlashtirish vositalarining kirill alfavitida belgilanishi ko‘rsatiladi (poz. 1a, poz.1b, poz. 1v, poz.1g).
To‘rtburchaklar 40 mm balandlikda bajarilishi tavsiya qilinadi. Chap tomondagi hamma to‘rtburchaklar eniga 15 mm o‘lchamda bajarilib, ularning ichiga “Joyidagi asboblar”, “Shchitdagi asboblar” yozuvlar ko‘rsatiladi.
Davlat standarti bo‘yicha shartli belgilar bo‘yicha avtomatlashtirishning funksional sxemasini qurishni ikki xil usuli mavjud :
1, Boshqarish shitlari va pultlarini to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishda chizmaning pastida ko‘rsatiladi;
2. Boshqarish shitlari va pultlarini ifodalovchi to‘g‘ri to‘rtburchaksiz.
Birinchi usul bo‘yicha aloxida nazorat va rostlash tizimlari elementlarining hammasi funksional sxemada ko‘rsatiladi. Bu funksional sxemani o‘qishni yengillashtiradi (yoyib ochib berilgan chizma).


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling