1-4-laboratoriya ishi
Avtomatlashtirishning funksional chizmalarini GOST 21-208-2013 bo‘yicha AutoCad dasturi yordamida tayyorlashni o‘rganish
Ishning maqsadi
Ishning vazifasi
Avtomatlashtirishning funksional chizmalarining vazifasi Funksional chizmalar asosiy texnik xujjat bo‘lib, texnologik jarayonlarni nazorat qilish, rostlash va boshqarishning aloxida qismlarining funksional blok tuzilmasini, hamda boshqarish obektini o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalari bilan ta’minlanganligini belgilaydi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish chizmasi mashina-jixozlar chizmasini o‘z ichiga olib, unda shartli belgilar yordamida boshqarish organlari, avtomatlashtirishning asbob va vositalari va ular orasidagi aloqalar ko‘rsatiladi.
Avtomatlashtirish sxemalarini bajarishni 2 xil varianti mavjud:
-soddalashtirilgan;
-yoyib ochib berilan.
Texnologik jixozlarni avtomatlashtirish chizmalarida ko‘rsatilishi: Texnologik jixozlar avtomatlashtirish chizmasida boshqarish organlari, elektrjixozlar va yordamchi qurilmalarning asosiy kommunikasiyalari ko‘rsatilgan xolda masshtabsiz chizmaning 2/3 yuqori qismida ko‘rsatiladi.
Texnologiya chizmasi GOST 2.785-70, GOST 14202-69, GOST 21106-78, GOST 2. 721-74 lardan foydalanib chiziladi.
Bu chizmalarda jixozlar konturlari 0,5mm li ingichka chiziqlar bilan, kommunikasiyalar 1-2mm qalinlikda chiziladi. Chiziqlar kesishgan joylari, agar ular bir-biriga ulangan bo‘lsa nuqta qo‘yiladi, agar ulanmagan bo‘lsa, nuqta qo‘yilmaydi.
Texnologik jixozlar va kommunikasiyalar avtomatlashtirish chizmasida odatda soddalashtirilgan xolda ko‘rsatilib, uning ishlash prinsipi to‘g‘risida aniq tasavvur berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |