1-4-sinf ona tili darslarida fanga oid kompitensiyalarni shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari


Download 249.21 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi249.21 Kb.
#1132161
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ona tilidan ma\'ruza

TK - tayanch kompetensiyalar

  1. TK1 - kommunikativ kompetensiya

  2. TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

  3. TK3 – o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

  4. TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

  5. TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya

  6. TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

FK - fanga oid kompetensiyalar

  1. FK1 - nutqiy kompetensiya

  2. FK2 - lingvistik kompetensiya

Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan interfaol usullar asosiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bular: o‘rganishda bolaning faolligi, kattalar va tengdoshlari bilan muloqot qilishi; darsda yangi so‘z va iboralarni mazmunini tushunib, eslab qolishga, suhbat davomida qo‘llashga harakat qilishdir.
Ona tili darslarida o‘quvchilarga «so‘z turkumlari» bo‘limi asosida tilga oid dastlabki bilimlar beriladi. Asosan grammatik tushunchalarni amaliy o‘rgatishga e’tibor qaratiladi. Bunda interfaol o‘qitish jarayonidan foydalanish kerak.
Metod va vositalar qancha xilma-xil bo‘lsa, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan norasmiy muloqotga kirishish imkoniyati ham shuncha katta bo‘ladi.
Quyida men o‘z pedagogik faoliyatim davomida qo‘llab kelgan ayrim interfaol metodlardan namunalar keltiraman.
«O‘z manzilingni top» o‘yini
O‘tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarga shaxs-narsa nomini, uning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildirgan so‘zlar yozilgan tarqatmalar tarqatiladi. Sinf o‘quvchilaridan 4ta o‘quvchi chiqarilib, ularning qo‘liga :
1- o‘quvchi shaxs va narsaning nomi, 2- o‘quvchi shaxs va narsaning harakati, 3- o‘quvchi shaxs va narsaning belgisi, 4- o‘quvchiga shaxs va narsaning sanog‘i deb yozilgan turli shakllar beriladi. O‘quvchilar qo‘lidagi tarqatmaga yozilgan so‘zning mavzusini topib, avval 1- guruhdagi o‘quvchilar chiqib, orqasiga turib oladilar. So‘ng o‘quvchilar o‘rtasida savol-javob o‘tkaziladi, xatoga yo‘l qo‘ygan o‘quvchi aniqlanadi. Shu holatda keyingi guruhlarda ham takrorlanadi.
O‘qituvchi o‘quvchi ishini kuzatib boradi. O‘quvchilar bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xatolarni aniqlaydi va bartaraf etadi.
Bu o‘yinda o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni qanday o‘zlashtirishlari aniqlanadi.

Download 249.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling