1-5 Amaliy mashg'ulot Operatsion tizimlar docx


BIOS (Basic Input/Output System)


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana11.05.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1454376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
FSSdBaTR5VTZDW0h-819

BIOS (Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo’lib,
motherboard(материнская плата)da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi
kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog’lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda
dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim
yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o’z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har
xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOSning
ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang’ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);


— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro’yxatdan o’tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta‘minotini boshqarish, kompyuterni o’chirish, uxlash holatiga o’tkazish.
BIOSni to’g’ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun dastlab shu
dasturchani yaxshi o’rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar‘lar har xil BIOS turlarini
ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo’llanma qilishning iloji yo’q, lekin asosi baribir bir
xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa,
qo’shimcha qiyinchiliklar tug’dirmoqda. 8 BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab
chiqishadi:
1. American Megatrends (AMI);
2. Award Software;
3. Phoenix Technologies.
BIOSturiga qarab, uning ko’rinishi ham o’zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha
versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. Award Software tomonidan
ishlab chiqilgan BIOS dasturlari eng ommalashgan turi. Sal tushunarli bo’lishi uchun BIOSning
ba‘zi versiyalarini rasmlarda ko’rsatib o’tamiz.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling