ikkinchi bosqich kesh – xotiraga ega bo’lsa ruxsat etiladi. Ba‘zi protsessorlarda xatoga yo’l
qo’yilgan va bu rejimni kiritish kompyuterning beqaror ishlashiga olib keladi.
10 NDD SMART Capability (SMART diagnostikasi imkoniyati) – qattiq diskning
holatini SMART standarti talablariga muvofiq diagnostika qilish mumkinligiga ruxsat etish/
taqiqlash imkonini beradi. BIOS mualliflari, afsuski, BIOSda SMART diagnostikasining
harakatlanish mexanizmini ko’rsatmaydilar, shuning uchun qattiq diskdagi axborotlarga qanday
yo’l bilan ishlov berilishi unchalik tushunarli emas, shuning uchun qattiq disk parametrlarining
chegaralangan mazmuni aniq ishlab chiqaruvchiga bog’liq. Parametrga ruxsat etishda va qattiq
diskning normal ishlashi buzilganda BIOS, ekranda kompyuterning xarakteristikasi berilgan
jadval paydo bo’lguncha tegishli xabarni beradi. Shuni hisobga olish kerakki, bu parametrga
ruxsat etish kompyuterning unumdorligini bir necha foizga kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: