1-5-mavzular pdf
-Mavzu: O’zbekiston hududida dastlabki davlatning paydo bolishi va rivojlanishi Reja
Download 0.65 Mb.
|
1-5-mavzular
2-Mavzu: O’zbekiston hududida dastlabki davlatning paydo bolishi va rivojlanishi Reja:
1.Markaziy Osiyo xalqlari mil avv. VI-IV asrlarda Eron ahamonjylari xukumronligi ostida. 2.Xiva xonligi (shayboniylar, eroniylar, qozoqlar) Mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi. Jahonning turli mintaqalarida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi jarayonida ilk davlat uyushmalarining yuzaga kela boshlanganligini kuzatish mumkin. Dehqonchilikning va chorvachilikning paydo bo’lishi, xunarmandchilikning vujudga kelib taraqqiy etishi, mehnat qurollarining takomillashishi mehnat unmdorligining oshishiga olib keldi. Ayni paytda urug’ jamoasi xududiy qo’shni jamoasiga aylana bordi. Aholi joylashgan erlarni, dehqonchilik bilan mashg’ul vaholarni dushmandan himoya qilish, jamoaning ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy rivojlantirish va nazorat qilish zarurati ilk davlat birlashmalari rivojlanishining boshlanishiga sabab bo’ldi. Masalan miloddan avvalgi 4- ming yillikda Mesopotamiyada, mil. avvalga 3-ming yillik boshlarida Misrda ilk davlatlar paydo bo’ldi. O’zbekiston tarixiga doir voqea va hodisalarning tahliliga yangicha yondashish tufayli Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekiston xududida dastlabki davlatlarining tashkil topishi tarixiga 3-ming yil bo’ldi, degan ilmiy xulosaga kelish mumkin. Mil. avv. 1-ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning nisbatan rivojlangan viloyatlarida ilk davlat birlashmalari paydo bo’la boshlaydi. Qishloqlar kengayib shaharlarga aylanib borar ekan, bu shaharlar eng qadimgi viloyatlar va davlat uyushmalarining ma’muriy markazi bo’la boradi. Avestodagi ma’lumotlar, Gerodot va Gekatey asrlari (Qatta Xorazm), shuningdek, Ktesiyning, Qadimgi Baktriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Tadqiqotchilar bu davlatlarining shakllanish jarayonini axmoniylargacha bo’lgan davrda deb xisoblaydilar va mil. av. IX-VII asrlar deb belgilaydilar. Katta Xorazm davlati tarkibiga Amudarening quyi oqimidagi shimoliy erlar, Murg’ab vahosi va Parfiya xududlari, Baktriya davlati tarqibiga esa xozirgi Surxandaryo, Tojikistonning Amudaryoga yoki erlar va Shimoliy Afganiston xududlari, Sug’diena — Zarafshon daryosidan suv ichgan erlar va Qashqa vahosi xududlari kirgan. Markaziy Osiyo xalqlari mil. avv. VI-IV asrlarda, ya’ni qarayib 200 yil mobaynida Eron ahamoniylari xukumronligi ostida yashadilar. Faqat mil.avv. IV asrlarga kelib ahamoniylarning markaziy hokimiyati kuchsizlana boshlagan, zulm asoratida bo’lgan xalqlar o’z mustaqilliklariga erishish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Markaziy Osiyoda o’z mustaqilligiga birinchilar qatorida Xorazm vohasi erishdi. Iskandar Zulqarnayn Eronning asosiy viloyatlarini bosib olgach, mil.avv. 329 yilning bahorida Xindikush tog’idan oshib Markaziy Osiyo hududlariga kirib keladi. Bosqinchilarga qarshi umum xalq urushi e’lon qilgan Baktriyaliklar, so’g’ienaliklar va skiflar uch yil davomida dushman bilan mardonavor jang qiladilar. Xalqning yunon-markazi bosqinchilariga qarshi kurashiga mahalliy sarkordalardan bo’lgan Spitamen boshchilik qiladi. Mil.avv. 327 yilning oxirlarida Sug’diena Iskandar tomonidan batamom bosib olinib, qo’zg’olon bostirildi. Mil.avv. IV asr oxirida Iskandar saltanati uch mustaqil davlatga: Makedoniya, Misr, Curiya va sharqqa bo’linib ketadi. Suriyadan to Markaziy Osiyo Hindistonchaga Makedoniyalik Iskandarning eng ishonchli sarkadarlaridan biri Salovkaga tegadi. O’rta Osiyo xalqlarining mil. avv. 312 yldan 250 yilgacha bo’lgan tarixi salavkiylar tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Mil. avv. 250 yillagacha kelib, Markaziy Osiyoda salavkiylar davlatidan ikkita-dastlab Parfiya, keyin esa yunon-Baktriya davlatlari ajralib chiqadi. Yunon-Baktriya davlatlarining asosi Baktriya bo’lib, ba’zi hokimlar davrida Xindistonning shimoliy-g’arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o’rtasidagi katta erlar qo’shib olinadi. Davlatning poytaxti Shimoliy Afganistondagi Baktro shahri edi. Yunon-Baktriya m.a. II asrning uchinchi choragiga kelib Sharkiy Turkiston orkali kirib kelgan yuechji va sak kabilalari xujumi natijasida butunlay inqirozga uchradi. Xozirgi Turkmaniston va Eronning bir qismini o’z ichiga olgan qadimgi parfiya davlati mustaqil davlat va imperiya sifatida 500 yildan ziyodroq yashagan. Mil. avv. II-I asrlarda M.Osiyoda mavjud bo’lgan davlatlarining yana biri bu Parkana davlati bo’lib u Xitoy manbalarida Davon deb yuritiladi. Xitoy ma’lumotlariga ko’ra mil. avv. II asrda Farg’onada 300 ming aholi yashagan. Vahoda shaxarlar ko’p bo’lib, poytaxti Erish shahri (xozirgi Marhamat) edi. Davon qishloq xujaligi yuksak darajada rivojlangan mamlakat edi. Mil. avv. III asrning boshlarida payda bo’lgan yana bir davlat Kang’ davlati edi. Bu davlatning xududi dastlab Sirdaryoning o’rta oqimidagi erlardan (Toshkent vohasi hamda unga tutash tog’ va cho’l zonalari) iborat edi. Mil avv. II-I asrlarda qang’liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig’idagi erlarni va Xorazmni o’zlariga bo’ysindiradilar. M.a. I va milodiy II-I asrlarda Qang’ davlati iqtisodiy va madaniy jixatdan ancha rivojlangan davlat edi. Qang’ davlatining asosiy aholisi o’troq va yarim o’troq bo’lib uning xududida ko’chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O’troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog’dorchilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. M.a. II-I asrlarda Urta Osiyo xududidagi yana bir mustaqil davlat Toxariston edi. Toxar qabilalari Baqtriyada yunon-Baqtriya xukmdorligini tugatgandan so’ng uni shunday nomlashdi. Toxarlar qisman ko’chmanchi bo’lib qolaverishgan. Ularda yagona davlat bo’lmaganidek, oliy xukmdor ham yo’q edi, har bir shahar o’z hokimi tomonidan boshqarilgan. Xitoy manbalarida yuechji deb nomlangan qadimgi massagetlar xunnlar tomonidan M.Osiyo ulariga surib chiqarildilar va miloddan avv. 140-130 yillarda ular yunon-Baktriyaga kirib kelishdilar. Ular bu beshta xokimlikka birlashib yashadilar. Tez orada yuechji qabilalarining taz’yiki ostida yunon-Baktriya davlati parchalanib ketdi. M.av. 1-asr oxirida mil. 1 asr boshida bu erda ya’ni Baktriyada yuechji qabila birinchi xokimi Kujula Kadfiz bo’lgan Qushon davlati tashkil topdi. Miloddiy 1 asrga kelib Qushon davlati o’z axamiyatiga kura antik davr Xitoydagi Xan davlati, parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Kujula Kadfizdan sung uning ug’li Vima Kadfiz davrida mamlakatda pul islohati o’tkazilib oltin tangalar zarb qilina boshladi. Qushon podsholari ichiga eng malihuri Kanishka xisoblanadi. Uning xokimlik davrida Qushonlar saltanati yanada izllab yashnadi. Mamlakat poytaxti Peshavar atrofida edi. Mamlakatining xududi Shimoniy Xindstan, Afganiston, Markaziy Osiyoda kupgina viloyatlar, sharkiy Tarkistondagi ibarot edi. Kanishkadan so’ng Vosishka podsholigi davrida kushonlar saltanati, inqirozga uchray boshladi. Qushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari qishloq xujaligini yaxshi o’zlashtirib olgan edilar chorvachilik ham rivojlanadi. Xunarmadchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda ham rivojlandi. Qushonlar davrida savdo-sotiq ichki va tashqi savdo ayniqsa rivojlandi. asrda Urta Osiyoda Qushon podshoxlari yo’q buldi boshqa kabiloviy vakillari-xonlar yokixionitlar etakchi rol uynay boshladi. asr urtalarida esa Urta Osiyo xududida yangi qudratli davlat Eftaliylar podshohligi shakllanishioxiriga etdi. Manbalarda baxo berilishicha, 457 yildan boshlab eftaliy podshohi Vaxshunvor Chog’anien, Toxariston va Bazaxshonni uziga bo’ysindirgan. Massagetlar avlodi — eftalitlar qushonlar siyosatini davom ettirib, Urta Osiyo, sharqiy eronning bir qismi, Shimoliy Xindiston va Sharqiy Turkistonni xalqlarini yagona davlatga birlashtirdilar. Eftaliylar davlati markaziy Osiyo halqlari tarixida muhim o’rin tutib, keyinchalik o’z urnini 563567 yillardagi quralidan so’ng tarix moydanidagi yangi siesiy kuch-Turk xokonligiga bo’shatib berdi. Turk xokonligi tarkibiga Sharkiy Turkiston, Shimoliy Xindiston va Kaspiy dengizigacha bo’lgan O’rta Osiyo xududi kirar edi. 588 y. Erondagi sosoniylar davlati va turk xokonligi lashkarlari orasida jang bo’lib, unda turklar mag’lubiyatga uchradilar. Shundan so’ng Turk xokonligi sharqiy xamda g’arbiy qismga bulinib ketdi. asr urtalarida yirik Arab xalifaligi davlati tashkil topdi. Arab xalifaligi VIII asr boshlaridabutun Mavarounnaxrni bosib oldi. Arab istilosi bilan birga bu erga islom dini ham kirib keldi. asrning oxiri IX asr boshlarida Arab xalifatligi chuqur siesiy inqirozga uchradi. Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan vaziyat xalifalikni sharkiy viloyatlarni va Mavarounnaxrni idora qilishni mahalliy zadag’onlar vakillari Toxoriylar va Somoniylarga berishga majbur qildi. Ular tez orada falifalikdan mustaqil siyosat yurita boshladi. Somoniylar Mavarounnaxrni boshqarishda mahalliy an’analarga asoslanadilar. Ular dehkonchilik, xunarmandchilik va savdoni rivojlantirishni, soliq tizimini tartibga solishni mamlakatni boshkarishda shariat qonunlariga amal qilishni davlat vazifasi darajasiga ko’tardilar. Ismoil Somoniy davrida davlat tizimini mustaxkamlaliga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirildi. Natijda qadimgi sharq davlatchiligi an’analariga asoslangan markazlashgan boshqarish tizimi yaratildi. Narshaxiyning ma’lumotlari bo’yicha, Somoniylar davlatining markaziy boshkaruvi 10 davondan iborat bo’lgan. X asr oxirlarida Somoniylar davlati qulab, Mavarounnaxrda xukimronlik Qoraxoniylar quliga utdi. Qoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo’lib boshqardilar. Qoraxoniylar davlatning boshlig’i tamgachxan ya’ni xonlar xoni yoki Qoraxon-ulug’ xon deb yuritilgan. Qoraxoniylar davrida er egaligining iqta shakli keng avj oldi. XII asrning 2 yarmida Mavorounnaxrda Qoraxoniylar davlati inqirozga yuz tutib, uning o’rnida harbiy turk sarkardalari tomonidan boshqariladigan mayda feodal ulkalar paydo bo’ldi. O’rta Osiyoning janubiy g’arbidagi qudratli Seldjukiylar davlati XII asr o’rtalarida zaiflasha boshladi. Yuzaga kelgan siesiy vaziyatda Xorazmshaxlar mamlakati kuchaya boshladi. Xorezmshaxlar unvonini XI asr oxirida Qutbaddin Muxammad tiklagan edi. 1127-1156 yillarda xukmronlik qilgan Otsiz davrida Xorazm kuchli davlatga aynaldi. Uning vorislari Elarslon (1156-1172) va Alauddin Takash (1172-1200) davrida Xorazm erlari yanada kengayib u sharqdagi qudratli davlat bo’ldi. Xorazmshax Muxammad davrida (1200-1220) Xorazmga butun Mavarounnaxr qushib olindi. Xiva xonligining tashkil topishi va siyosiy tarixi. 1510 yilda Shayboniyxon vafotidan so‘ng Xorazm hududi Eron shohi Ismoil tomonidan bo‘ysundirildi. 1510-1512 yillarda Xorazmni Eron shohining noiblari idora qildilar. Ammo, 1512 yilda Xorazm hududlarida eroniylarga qarshi halq xarakatlari boshlandi. Ushbu harakatga Vazir shahrining (Ustyurtda, Ko‘xna Urganchdan 60 km uzoqlikda joylashgan bu shaharni XVasrda o‘zbek xonlardan bo‘lgan Mustafoxon barpo etgan) qozisi Umar Shayx boshchilik qildi. Qo‘zg‘olonchilar Xorazmning Vazir, Urganch, Xiva, Xazorasp shaharlaridagi eroniy noiblar va ularning qo‘shinlarini qirib tashladilar. 1512 yilada Xorazmning obro‘li shayxlaridan bo‘lgan Shayx Ota avlodlari ko‘chmanchi o‘zbeklarning Berka sulton avlodidan bo‘lgan Elbarsxonga maktub yo‘llab, uni Xorazm taxtiga taklif qildilar. Elbarsxon taxtga o‘tirgach, eroniylarni mamlakat hududidlaridan butunlay haydab chiqarib, amalda mustaqil xonlikka asos soldi. U mamlakat hududlarini hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi, Eronning shimolidagi Seraxs viloyati, Mang‘ishloq, Abulxon, Durun hisobiga ancha kengaytirdi. Ammo, o‘zbek sultonlari va shahzodalar o‘rtasida siyosiy birlik yo‘q edi. Tez orada ular o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro kurashlar avj olib ketdi. Ushbu kurashlardan foydalangan Buxoro hukumdori shayboniy Ubaydullaxon 1537 – 1538 yillarda, qisqa muddat Xorazmni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Mag‘lubiyatga uchragan Avanishxon oilasi bilan shayboniylar tomonidan qatl etildi. Ubaydullaxonning hukumronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ubaydullaxon zulmiga chiday olmagan xorazmliklar Anushaxonning vorislari boshchiligida buxoroliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ubaydullaxon 1538 yilda yana Xorazmga qo‘shin tortdi. Xazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bo‘lgan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat, Yangi shahar, Xiva, Xazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan qochuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o‘zlarini mustaqil hisoblar edilar. Ayrim shaharlar bir vaqtning o‘zida ikkta hukmdor tomonidan (mas., Xivada Po‘lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. O‘zaro kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o‘rtasida kuchayib ketdi. XVI asrda Abdulg‘oziy ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan o‘nlab xonlar almashganlar. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. O‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo‘lgan edi. XVI asrning ikkinchi yarmida Xojimxon (Xoji Muhammadxon, 1558-1593, 1598-1602 yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o‘zaro urushlarga biroz barham berilib tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Sug‘orish va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo sodiq ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Xojimxon hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivaga [Xivaning poytaxtga aylanganligi sanasi to‘g‘risida – 1556 y, 1598 y, 16021621 yy., 1611-1611 yy.,1610-1612 yy., 1557-1603 yy. kabi fikrlar mavjud] ko‘chiriladi (ayrim manbalarda XVI asrning 70-yillarida, ayrimlarda esa 90-yillarda). Bunga asosiy sabab Amudaryo o‘zanining o‘zgarib Kasbiy dengizga oqmay qo‘yishi natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv tanqisligi bo‘lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqyei ancha kuchayib, asosiy savdo markaziga aylanishi yana bir sabab edi. Poytaxt Xivaga ko‘chirilganidan so‘ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi. Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon II Shayboniylar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘lib Xorazm hududlarini yana Shayboniylar tasarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan so‘ng 1593 yilda Xorazm yana Shayboniylar qo‘liga o‘tdi. Abdullaxondan mag‘lubiyatga uchragan Xojimxon Xivani tashlab bir guruh navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos saroyidan panoh topdi. 1598 yilda Abdullaxon II vafot etganidan so‘ng Hojimxon shoh Abbosdan ruhsat olib Xorazmga qaytdi. Yangi sharoitda u Urganch bilan Vazirni boshqarishni o‘ziga olib Xiva bilan Katni Arab Muhammadxonga, Hazoraspni Isfandiyor Sultonga berdi. 1600 yilda Hojimxon Urganch va Vazir qal’alari boshqarishini Turkiyadan kelgan o‘g‘illariga topshirib, o‘zi Xiva kichik o‘g‘li Arab Muhammadxon bilan qoladi. 1601 yilda Hojimxon 83 yoshida vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Arab Muhammadxon (1602-1623 yy.) o‘tirdi. Arab Muhammadxonning dastlabki hukmronligi yillarida toju-taxt uchun kurashlar davom etdi. Xususan, 1605 yilda nayman urug‘i vakillari Elbarsxon avlodiga mansub Xusrav Sultonni taxtga o‘tkazishni rejalashtiradilar. Ammo, bu fitna oshkor bo‘lib, Xusrav Sulton qatl ettiriladi. Oradan ikki yil o‘tgach, uyg‘ur oqsoqollarining maslahati bilan Solih Sulton degan kimsa taxtga davogar bo‘ladi, bu isyon ham bostirilib, Solih Sulton o‘ldirildi. 1616 yilga kelib taxt va mansab talashish mojarolariga Arab Muhammadxonning o‘g‘illari ham qo‘shildilar. Uning Isfandiyorxon, Habash, Elbars, Abdulg‘ozi, Sharif Muxammad, Xorazmshoh va AFg‘on Sulton ismli 7 nafar o‘g‘li bor edi. Isfandiyor Hazoraspda, Abdulg‘oziy Sulton Katda, Habash bilan Elbasr sultonlar Vazir va Urganch hokimlari etib tayinlangan edilar. Xon farzandlarining har biri taxtga davogar edi. Ayniqsa Habash sulton bilan Elbars sultonlarning harakatlari keskin edi. Ota – bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib ohir – oqibatda qonli urushga aylandi. 1621 yilda Toshli Yorilish arig‘i (Xiva yaqinida) yonida Arab Muhammadxon va uning o‘g‘illari Habash hamda Elbars sulton qo‘shinlari o‘rtasida jang bo‘ldi. Isfandiyor va Abdulg‘oziy sultonlar otasi tomondan turib kurashgan bo‘lsalarda, bu jangda Arab Muhammadxon yengildi. Arab Muhammadxon avval ko‘zlari ko‘r qilinib Xivaga jo‘natildi. 1623 yilda esa Qum qa’lasi yaqinida Arab Muxammadxon xotinlari, yosh o‘g‘illari va ikkita nabirasi bilan o‘g‘illari Xabash va Elbars sulton tomonidan o‘ldirildi. Isfandiyor Eronga (garchi unga Makkaga borishga ruhsat bergan bo‘lsada), Abdulg‘oziy esa Buxoroga qochib, jon saqladilar. yilda otasining qatl etirilganligini eshitgan Isfandiyorxon Durun shahri, Abdulxontog‘laridan, turkmanlarning taka, yovmut, sariq urug‘laridan qo‘shin to‘plab Urganchga yurish boshladi. Urganch yaqinida Isfandiyorxon va Habash – Elbars qo‘shinlari o‘rtasida 23 kun davom etgan jangda birlashgan aka – ukalar qo‘shinlari Isfandiyor qo‘shini tomonidan tor – mor etildi. Elbars qo‘lga olinib qatl etildi. Habash Sirdaryo bo‘ylaridagi qoraqalpoqlardan najot so‘radi. Ammo, u bu yerdan boshpana topolmadi va navkarlari bilan qo‘lga olinib, Isfandiyorxonga topshirildi hamda ularning barchasi qatl etildi. 1623-1643 yillar davomida Xiva xonligi taxtini Isfandiyorxon boshqardi. O‘zining yigirma yillik davlat boshqaruvini Isfandiyorxon turkman qabila boshliqlariga tayanib olib bordi. Xonlikning yuqori lavozimlariga turkmanlar tayinlanib, ularga katta imtiyozlar berildi. Natijada o‘zbek urug‘larning Isfandiyorxon siyosatiga qarshi noroziligi kuchayib bordi. Isfandiyorxon taxtga o‘tirgan yiliyoq nayman urug‘larini qirg‘in-barot qildi. Xonlikdagi o‘zbek urug‘lari uch bo‘lakka bo‘linib, biri – Mang‘it, biri – Qozoqlar yurti va yana biri Movarunnahrga ko‘chib ketdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan o‘z yurtiga qaytib kelgan o‘zbeklar Isfandiyorxon tomonidan qilichdan o‘tkazildi. Isfandiyorxon xonligi davrida ham Xorazmda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilmadi. Toju-taxt uchun kurashlar ilgarigi davrlardagidek davom etdi. Xonlikdagi siyosiy hokimiyatni turkmanlar qo‘liga berib qo‘ygan Isfandiyorxondan norozi bo‘lgan kuchlar uni taxtdan chetlatish rejalarini tuzdilar. Bu kuchlarga xoning ukasi Abulg‘ozi boshchilik qildi. Shuningdek, Amudaryoning Orolga qo‘yilish joyida (Orol bo‘yi)da istiqomat qilgan o‘zbeklar (bu yerda o‘zbek qo‘ng‘irotlari katta siyosiy mavqyega ega edilar) ning xonlikning siyosiy hayotiga ta’siri kuchayib bordi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, 1643 yilda Orol bo‘yi o‘zbeklari Abulg‘ozi sultonni (16431663yy.) xon qilib ko‘tardilar. Xorazm davlatchiligi tarixida yirik davlat arbobi va tarixnavis ijodkor sifatida mashhur bo‘lgan Abulg‘ozixonning hayot yo‘li og‘ir kechgan. Abdulg‘ozixon otasi Arab Muhammad taxtdan ketgach o‘zi taxtga o‘tirgunga qadar uzoq yillar (yigirma yildan ko‘proq) muhojirlikda yashashga majbur bo‘lgan edi. U dastlab Buxoro xukumdori Imomqulixon himoyasida, keyinroq esa, ikki yilga yaqin qozoq sultoni Eshimxon saroyida yashagan. Shundan so‘ng Toshkentga kelib bu yerda ikki yil yashadi. Toshkentdan Buxoro orqali Xivaga qaytgan Abulg‘oziyni Isfandiyorxon bosqinchilikda ayblab hibsga oladi va Isfaxon shahriga Eron shohi huzuriga badarg‘a qiladi. Isfaxon yaqinidagi Taborak qal’asida o‘n yil asirlikda yashagan Abulg‘ozi 1639 yilda o‘z nazoratchilari yordamida bandilikdan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng u bir yilga yaqin Xurosonning Mohin qishlog‘ida, ikki yilga yaqin Mang‘ishloq turkmanlari orasida yashaydi. Keyin uni qalmiq xoni o‘z o‘rdasiga taklif etadi. Bu yerda Abulg‘ozi bir yilga yaqin yashagach qalmiq xoni to‘plab bergan katta kuch bilan 1643 yilda Urganchga qaytib, Orol bo‘yi o‘zbeklari yordamida Xiva taxtiga o‘tiradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling