1-5-mavzular pdf


Download 0.65 Mb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1013895
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-5-mavzular

Ahmad al-Farg`oniy


"Bayt ul-hikmat" da faoliyat ko`rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg`oniy (797-865-yillarda yashab ijod qilgan). U Farg`onada tavallud topgani uchun Sharqda Al-Farg`oniy, Yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan.U astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug`ullandi. Qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o`rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qildi. 832-833-yillarda Suriyaning shimolida Sinjor dashtida va ar-Raqqa oralig`ida yer meridiani bir darajasining uzunligini o`lchashda qatnashdi.
861-yilda Al-Farg`oniy rahbarligida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi gidrometr - daryo oqimi sathini o`lchaydigan "Miqyos an-Nil” inshooti va uning darajoti qayta tiklandi.
Al-Farg'oniyning "Astronomiya asoslari nomli kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo`yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg`oniyning sakkiz asari saqlangan bo`lib, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum” kitobi ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib,nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Yevropa mamlakatlaridagi astronomiya ilmining rivojini boshlab berdi.
Mustaqillik yillarida Ahmad al-Farg`oniyning noyob ilmiy merosi xalqimizga ,qaytarildi. 1998yil oktabrda alloma Ahmad alFarg`oniy tavalludining 1200 yilligi nishonlandi. Farg`ona shahrida Al-Farg`oniy nomi bilan bog` yaratildi va buyuk allomaga haykal o`rnatildi.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda islom ta'limotining takomili yo`lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham xizmati katta bo`ldi.
Bu borada ayniqsa Imom al-Buxoriy (Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy – 810-870-yillarda yashab ijod qilgan), uning zamondoshi va shogirdi Termiziy (Abu Iso Muhammad at-Termiziy - 824-894-y. y.) larning hissasi nihoyatda buyukdir.
Imom al-Buxoriy islom ta'limotiga oid yigirmadan ortiq asar yozdi.
Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi' as-sahih" nomli shoh asari musulmon Sharqida qariyb o`n ikki asr davomida islom ta'limotida Qur'oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida yuqori baholanib kelinmoqda.
Bu bebaho asarga 7275 hadis kiritilgan. 1998-yil oktabrda buyuk mutafakkirImom al-Buxoriy tavalludining1225-yilligi nishonlandi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog`ida "Imom alBuxoriy yodgorlik majmui" barpo etildi. 4 jildlik "Al-Jomi' assahih" kitobi ilk bor o`zbek tilida nashr etilib, kitobxonlarga taqdim etildi.
Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo`shgan buyuk alloma Abu Mansur alMoturidiy taxminan 870- yilda Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog`ida tug`ildi. Al-Moturidiyislomiy odob qoidalari, ma'naviyaxloqiy kamolot sirlaridan ta'lim berishga mo`ljallangan qator asarlar yozgan. Ulardan "Kitob at-Tavhid" ("Allohning birligi) va "Ta'vilot ahl as-sunna" ("Sunniylik an'analari sharhi") nomli asarlarigina saqlanib qolgan. Ularda diniy ta'limot, islomiy urf-odatlar insonning kamol topishida, dunyoqarashining shakllanishidagi mohiyati talqin etilgan. Al-Moturidiy 944yilda Samarqandda vafot etgan. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarimiz tiklanayotgan Vatanimizda 2000-yil noyabrda Imom al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi nishonlandi. Samarqandda al-Moturidiy xotirasiga bag`ishlangan yodgorlik majmui barpo etildi, asarlari o`zbek tilida nashr etildi.
Hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblangan hijriy uchinchi (milodiy to qqizinchi) asrdaʻ hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo lga kiritilgan. Chunonchi, butun islom dunyosidagiʻ eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to plamining (as-sihoh as-sitta)ʻ mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, mazkur olti muhaddisning deyarli hammasi Markaziy osiyolik bo lib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-ʻ Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819 – 261/874), Abu Iso Muhammad ibn Iso atTermiziy (209/ 824 – 279/892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (202/817 – 275/880),
Imom Ahmad An-Nasoiy (215/830 – 303/915), Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazib ibn Mojja (209/824 – 273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan “Hadis ilmida amir al-mo miniyn”ʻ degan sharafli nomga sazovor bo lgan Imom al-Buxoriy alohida e tiborga molik buyuk olimdir.ʻ ʼ Uning to liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug iyra ibnʻ ʻ Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo lib, u hijriy hisobda 194 yil shavvol oyining 13-kuni (810 yilʻ
20 iyul)da Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko pgina olimlardan farqli o laroq alʻ ʻ Buxoriy tug ilgan sana aniq ko rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o z davrining ilmliʻ ʻ ʻ odamlaridan bo lib, o g lining tug ilgan kunini o z qo li bilan yozib ketgan qog oz zamondoshʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ olimlar ixtiyoriga yetgan va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo q. Al-Buxoriyʻ yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o sgan. U yoshligidan aql-idrokli, o tkir zehnliʻ ʻ va ma rifatga havasi kuchli bo lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo r qiziqish bilanʼ ʻ ʻ egallaydi. Manbalarda ko rsatilishicha, u o n yoshidan boshlab o z yurtidagi turliʻ ʻ ʻ rivoyatchilardan eshitgan hadislarni, shuningdek, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to plamlarini mutolaa qilib, yodlagan, ustozi Shayx Dohiliy bilan hadisʻ rivoyatchilari haqidagi qizg in bahslarda qatnashgan. 825 yili o n olti yashar al-Buxoriy onasi vaʻ ʻ akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo l tutadi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyoratʻ qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o z bilimini yanada oshirish maqsadida o sha paytdaʻ ʻ ilm-fanning yirik markazlaridan hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag dod kabiʻ shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadis bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta lim oladi, yirik olimlar davrasida ilmiy bahslaru munozaralarda qatnashadi va ilm toliblarigaʼ dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko p qismi xorijiy ellarda, musofirchiliqda o tadi.ʻ ʻ Bu haqda uning o zi: “Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to rt martaʻ ʻ borganman. Hijozda olti yil yashaganman, Bag dod va Kufa shaharlariga necha marta borganimʻ hisobini bilmayman”, degan ekan. U safar chog ida ham, bir shaharda muqim turganda hamʻ ilmini oshirish borasida tinimsiz ishlar, to plagan hadislarini oqqa ko chirar edi. Muallifningʻ ʻ yozishicha, Bag dodda istiqomat qilgan paytda ko pincha oyning nurida ijod qilib, qorong iʻ ʻ ʻ kechalarda sham yorug ida kitob yozar ekan.ʻ
Ilm oshirish maqsadida al-Buxoriy juda ko plab olimlardan ta lim oladi. Nishopurlik al-ʻ ʼ Hakimning (1015-yilda vafot etgan) yozishicha, ustozlarining soni to qsontalar atrofida bo lib,ʻ ʻ ular: Muhammad ibn Yusuf al-G aryobiy, Ubaydulla ibn Musa al-Abasiy, Abu Bakr Abdulla ibnʻ az-Zubayr al-Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur bo lgan Imom Is hoq ibn Ibrohim,ʻ ʼ Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardir.
O z navbatida al-Buxoriy ham ko pgina shogirdlariga ustozlik qilgan. Is hoq ibn Muhammad ar-ʻ ʻ ʼ Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi yetuk olimlar uning shogirdlaridir.
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, ularning o zaro munosabatlari ibratli bo lgan. Uzoq yillar Sharqning turli-tumanʻ ʻ mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh (863 – 868) yil Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan. O sha paytda Nishopur musulmonʻ Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko p mashhur olimlar shuʻ shaharda to plangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuzʻ berib, diyorimizdan chiqqan ikki mashhur muhaddis o rtasida unutilmas, qizg in ilmiy bahslar,ʻ ʻ ko pdan-ko p ijodiy, do stona uchrashuvlar bo lib o tadi. At-Termiziyning yozishicha, u o zʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ asarlari uchun ko p ma lumotlarni al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-ʻ ʼ Buxoriy ham at-Termiziyning bilimini yuqori baholab: “Men sendan ko rgan foyda sen mendanʻ ko rgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan. At-Termiziy o zʻ ʻ ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri davomida hurmatlab, unga samimiy sadoqatda bo lgan. Arab tarixchisi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274 – 1374) “Tazkirat ul-Hufoz”ʻ (“Hofizlar haqida tazkira”) nomli asarida yozishicha, at-Termiziy o z ustozining vafoti tufayliʻ qattiq qayg uga botib “ko p yig laganidan hatto ko zlari ko r bo lib qolib, uzoq yillar ko zi ojizʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ ʻ holda yashadi”.
Imom al-Buxoriy nafaqat yirik olim, balki o zining go zal xulq-atvori, odamoxunligi,ʻ ʻ muruvvatliligi, himmatliligi va beqiyos saxovatliligi bilan boshqalardan tamomila ajralib turgan.
U zehni o tkirligi va yodlash qobiliyatining kuchliligi bilan ham xalq orasida g oyat shuhratʻ ʻ qozongan. Manbalarda al-Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgach, o z vatani Buxoroda ko plab shogirdlar va ulamolargaʻ ʻ hadis ilmidan saboq berish bilan mashg ul bo ladi. Ko pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba ziʻ ʻ ʻ ʼ hasadgo y, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni ko rolmas edilar. Natijada hasadgo ylarning xatti-ʻ ʻ ʻ harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jome as-sahih”, “At-ta rix” kitoblariniʼ ʼ o qib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldigaʻ olib bormayman, kimga ilm kerak bo lsa, o zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmayʻ ʻ uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo htonkor shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi.ʻ Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo l oladi va birmuncha muddat Xartangʻ qishlog ida o z shogirdlari va qarindosh-urug larinikida yashagandan keyin og ir kasalgaʻ ʻ ʻ ʻ chalinib, hijriy 256 yil (melodiy 870 yil 1 sentyabr) 60 yoshida vafot etadi va shu yerda dafn qilinadi.
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo lib, u yozgan asarlarningʻ soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan “Al-jome as-sahih”, “Al-adab al-mufrad”, “At-ta rix as-ʼ ʼ sag ir”, “At-ta rix al-avsot”, “At-ta rixal-kabir”, “Kitob al-ilal”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-ʻ ʼ ʼ sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko rsatish mumkin. Buyuk allomaning eng muhimʻ asari, shubhasiz, “Al-jome as-sahih”dir. Bu asar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur.ʼ Uning g oyat ahamiyatli tomoni shundaki, Imom al-Buxoriygacha o tgan muhaddislar o zʻ ʻ ʻ to plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-ʻ ʻ Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo lib, ularning ishonchlilariniʻ ajratib, alohida kitob yaratdi.
Alloma ibn Salohning ta kidlashicha, al-Buxoriyning bu asariga kiritilgan ishonchli hadislarningʼ soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta bo lib, takrorlanmaidigan holda esa 4000 hadisdanʻ iborat.
Bu sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan bo lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib,ʻ shu zaylda hadislar to plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning ushbu yirik asari yozilganigaʻ taxminan 1200-yil bo ldi, o sha davrdan boshlab toki shu vaqtgacha u islom ta limotidaʻ ʻ ʼ Qur ondan keyingi ikkinchi o rinda turadigan muhim manba sifatida yuqori baholanibʼ ʻ kelinmoqda. Imom al-Buxoriyning ushbu asarining ko plab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan.ʻ Hatto o rta asrlarda yashagan ba zi adib va xattotlar uchun bu asar nusxalarini ko chirishʻ ʼ ʻ tirikchilik manbai ham bo lgan. Jumladan, taniqli adib va tarixchi an-Nuvayriy (1332-yilda vafotʻ etgan) al-Buxoriyning ushbu asaridan sakkiz nusxa ko chirib, har birini ming dirhamdan sotgan.ʻ 1325-yilda ko chirilgan sakkiz jilddan iborat go zal bir nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda.ʻ ʻ “Al-Jome as-sahih”ga ko pdan-ko p sharhlar bitilgan bo lib, muhim manba sifatida u qayta-ʼ ʻ ʻ ʻ qayta nashr ham qilingan. Imom al-Buxoriy to plamlariga kiritilgan hadislar mehr-muhabbat,ʻ saxiylik, ochiq ko ngillik, ota-ona, ayollar va kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqirʻ bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollikka da vat etish kabi haqiqiyʼ insoniy fazilatlar va namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimani qilish kerak, nimadan o zni tiyish lozimligi haqida hozirgi jamiyatimiz ahli, ayniqsa, yosh avlodʻ uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga ega yo l-yo riqlar, pand-nasihat va o gitlar aks ettirilgan.ʻ ʻ ʻ
1974-yilda O rta Osiyo va Qozog iston musulmonlari Diniy boshqarmasi tashabbusi bilanʻ ʻ jumhuriyatimizda butun islom dunyosi vakillari ishtirokida allomaning 1200-yillik yubileyi nishonlangan edi. Uning shoh asarlari hisoblanmish “Al-Jome as-sahih” va “Al-adab al-mufrad”ʼ kitoblari Toshkentda qaytadan nashr qilinishi al-Buxoriy merosini o rganishda katta ahamiyatgaʻ ega bo ldi. Toshkentdagi diniy oliy ma hadning Imom al-Buxoriy nomi bilan atalishi bundan o nʻ ʼ ʻ ikki asr muqaddam ilm-fan yo lida beqiyos katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat-ʻ etiborning ramzidir. Allomaning Xartang qishlog ida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod vaʻ ko rkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, islom ahli va barcha mehmonlar uchun tabarrukʻ ziyoratgoh sifatida mashhurdir. 1998-yilda O zbekiston Respublikasi Prezidenti formoni bilanʻ buyuk hadisshunos allomaning 1225-yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.






Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling