1 8-mavzu. Doklad. Doklad tizilmasi Nazariy ma’lumot


Download 267.28 Kb.
bet2/7
Sana21.04.2023
Hajmi267.28 Kb.
#1369960
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
18 Mavzu

titul sahifasi - har qanday jiddiy o‘quv ishini shakllantishda boshlang’ich jihati;
mundarija - matnning qulayligi va tuzilishi uchun yaratilgan bo‘lib, har bir bo‘limning nomi va boshlanish sahifalarini ko‘rsatadi;
kirish qismi – o‘rganilayotgan muammoning mohiyati ko‘rsatiladi, mavzuning ahamiyati aniqlanadi hamda dokladning vazifalari va maqsadlari ko‘rsatiladi, foydalanilgan adabiyotning tavsifi beriladi;
asosiy qism – bir nechta punktlardan iborat: o‘rganish usullari, olingan natijalar va buning uchun qilingan harakatlar;
yakuniy qism - tadqiqotning natijalarini umumlashtiradi, mavzuning asosiy muammolari xulosalashtiriladi;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati – tayyorgarlik jarayonida siz murojaat qilgan manbalar ro‘yxati.
Og‘zaki chiqishning asosiy tamoyillari (ilmiy konferensiyada ma’ruza qilish)
MAQOLA
Matnni yozishda eng qiyin tomoni maqolaning eng muhim qismi - uning boshlanishi hisoblanadi. Odatda, dastlabki iboralar sodda, mazmunan siqiq, oddiy va beo‘xshov tuyuladi. Ruhan tushkunlikka tushmang, xavotir olmang va davom eting. Kerakli birinchi ibora beshinchi yoki o‘ninchi marotabasida paydo bo‘ladi va avvalgi barcha narsalarni yo‘q qilishingizni osonlashtiradi. Hech qachon maqolani "Ma’lumki,….." so‘zlari bilan boshlamang. Hech qachon "Bu …. bilan bog’liq"("Bu ….. bilan izohlanadi") kabi birikmalardan foydalanmang.
Maqolani boshidan yozishni boshlash shart emas. Oxiridan boshlang -xulosa qismidan boshlash, ishning asosiy natijalari va xulosalarini tavsiflash juda oson. Rasm osti yozuvlar va adabiyotlar ro‘yxatini tuzish ham oson emas. Maqolaning boshqa bo‘limlarini yozing va uni boshidan qayta ko‘rib chiqing. Qiyinchiliklar yana paydo bo‘ladi, lekin ularni yengish osonroq bo‘ladi.
Maqolaning birinchi sahifasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1. Maqolaning to‘liq nomi.
2. Qisqartirilgan nomi (kolontitullar uchun).
3. To‘liq elektron pochta manzili(lari) bo‘lgan muallifning(lar) ismi-sharifi. Jamoaviy ishlar uchun - muallifning ismi, uning manzili bo‘yicha o‘quvchilar bilan yozishmalar ochiladi.
4. Maqolalar uchun 80 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi referat yoki texnik eslatma uchun qisqa annotatsiya.
5. Grafika va jadvallar (alohida varaqlarda) matndan keyin joylashtiriladi, ularning matndagi o‘rni chetdagi maydonlarda belgilanadi.
Adabiy iqtiboslar birinchi muallif bo‘yicha (jamoaviy ish uchun) va nashr etilgan yili bo‘yicha alifbo tartibida beriladi.
Ikki nusxadagi matn chizmalari bilan qog‘oz ko‘rinishida va fayllar shaklida - diskda tahririyatga topshiriladi.
O‘quvchi ishning darajasi va sifatini deyarli bir zumda kirish, xulosa va adabiyotlar ro‘yxati orqali aniqlashi mumkin. Tabiat chiroyli va uyg‘undir. Tadqiqotchi tabiiy qonuniyat va jarayonlarni tushunishga qanchalik yaqin bo‘lsa, uning ishi shunchalik chiroyli bo‘ladi.
Maqolada ushbu go‘zallik ishni tushunishga yordam beruvchi o‘zining tuzilishi (qurilishi), fikrlash mantig’i, tilning ravshanligi va shakllanishi, chizma va jadvallardan foydalanishda namoyon bo‘ladi. O‘rganilayotgan muammo qanchalik muhim va jiddiy bo‘lsa, ishning dolzarbligini asoslash shunchalik qisqa bo‘ladi: bilim hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, kamroq miqdordagi ramziy vositalar uni ifoda eta oladi.
Maqola aniq tuzilishga, ichki bo‘limlarga (kichik bo‘limlar) ega bo‘lishi kerak. Shunday qilib, birinchi navbatda ishning mavzusi aniqlanadi va uning dolzarbligi asoslanadi. Bundan tashqari, belgilangan maqsadga erishish uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan ishning maqsadi va vazifalari (uslubiy, konstruktorlik, eksperimental, nazariy, dasturiy-algoritmik va boshqalar) aniqlanadi.
Sizning yondashuvingizning yangiligi va o‘ziga xosligi (muammoning bayoni, tadqiqot obyekti, eksperimental yoki nazariy usul, texnik qurilma va boshqalar) nimadan iborat ekanligini ta’kidlash muhimdir. Bunda maqolaning tashkiliy qismi tugallanadi va siz uning mantiqiy bloklarini aniqladingiz (obyektning tavsifi, muammoni ifodalash, oraliq vazifalar, tadqiqot usullari, olingan natijalar, ularning muhokamasi, xulosalari va yakuniy qism). Har bir bunday blok o‘z sarlavhasiga ega maqolaning bir bo‘limidir.

Download 267.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling