1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
40-mavzu
1. Qachondan boshlab to‘qimachilik, qog‘oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo‘l hunari texnikasiga asoslangan korxona - manufakturalar (lotincha manus — qo‘l, faktura - tayyorlash)lar vujudga keldi? A) XVI asrning boshlaridan B) XV asrning o‘rtalaridan C) XVI asrning o‘rtalaridan D) XVI asrning oxiridan 2. Qachon asbob-uskunalami harakatga keltiruvchi bug‘ mashinasi (motor) ixtiro qilindi? A) XVIII asr boshida B) XVIII asr o’rtalarida C) XIX asrda D) XVIII asrning ikkinchi yarmida 3. O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xonliklar davri tarixiga yangicha nazar tashlar ekan, quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: „Nega jahonga Ahmad Farg’oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Imom al-Buxoriy, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Bobur kabi buyuk siymolarni bergan bu millat … ga kelib to shu chog'gacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr mobaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Nuqtalar o’rnini to’ldiring. A) XVII—XVIII asrlar B) XVII—XIX asrlar C) XVII—XX asrlar D) XVI—XIX asrlar 4. „Ittifoqning nima ekanligini bilmagan, yolg'iz o‘z manfaatishaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo'qolmasdan turib, bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holatda ketadigan, birbirimizning tagimizga suv quyadigan bo'lsak, yaqindirki, podsho istibdodi Turkistonimizni egallar“. Ushbu so’zlar kimga tegishli? A) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Yusufbek hojiga B) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Otabekka C) Abdulla Qodiriyning ,,O‘tkan kunlar“ romanidagi Madumarga D) Dukchi Eshonga 5. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev rahbarligida xalqimiz qaysi yilga borib jahonning eng rivojlangan 50 ta davlati qatoridan joy olishdek ulug'vor maqsadni ro‘yobga chiqarish yo‘lida buyuk bnnyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda? A) 2025-yilga B) 2030-yilga C) 2035-yilga D) 2040-yilga Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling