1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
1 8-SINF O’ZBEKISTON TARIXI TEST. 1-mavzu. 1. VIII sinf ,,O‘zbekiston tarixi“ darsligi Vatanimizning qaysi davrigacha bo’lgan tarixi haqida bilim beradi? A) XVII asrdan XIX asr o‘rtalarigacha B) XVI asrdan XIX asr o‘rtalarigacha C) XV asrdan XIX asr o‘rtalarigacha D) XVI asrdan XX asr o‘rtalarigacha 2. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud? A) Temuriylar davlati XVI asr boshlarida to‘la barham topdi B) Temuriylar sulolasi hukmronligi barham topgach, yurtimizda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Mazkur sulola ishlab chiqarish, ilm-fan va madaniyat rivojida temuriylar davrida erishilgan ulkan yutuqlarni saqlab qola olmadilar C) Shayboniylar hukmronligi davrida oliy hukmdor — xon davlat hududlarini sulola xonadoni a’zolariga yurt (udel) qilib bo’lib berdi. Bu esa oxir-oqibatda markaziy hokimiyatning zaiflashuviga, yurt hokimlari hokimiyatining kuchayishiga, siyosiy tarqoqlikning hukm surishiga olib kcldi D) XVIII asr oxirida Buxoro xonligi ikkiga bo’linib ketdi 3. Qachondan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) X asr B) XI asr C)XII asr D) XIII asr 4. Qanday manbalarda XI asrdan boshlab «Dashti Qipchoq» dеb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi? A) arab va fors B) arab va turk C) turk va uyg`ur D) fors va arman 5. Dashti Qipchoqning gеоgrafik hududini aniqlang? A) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Don daryosining quyi oqimiga qadar B) Sirdaryoning o`rta oqimi va Tyanshanning shimoliy yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar C) Sirdaryoning quyi oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Dunay daryosining o`rta oqimiga qadar D) Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbiy yonbag`irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar 6. Qaysi daryo Dashti Qipchoqni sharqiy va g`arbiy qismlarga ajratib turgan? A) Ural B) Itil C) Don D) Dunay 7. Dashti Qipchoq aholisi rus manbalarida qanday nomda atalgan? A) kumanlar B) pоlоvеslar C) qipchoqlar D) qora bo`rk 8. Dashti Qipchoqning ………qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan A) shimoliy B) sharqiy C) g`arbiy D) janubiy 9. Dashti Qipchoq aholisi Vizantiya manbalarida qanday nomda atalgan? A) kumanlar B) pоlоvеslar C) qipchoqlar D) qora bo`rk 10. Dashti Qipchoq aholisi sharq manbalarida qanday nomda atalgan? A) kumanlar B) pоlоvеslar C) qipchoqlar D) qora bo`rk 11. Qachon Chingizxonning nabirasi, Jo‘jixonning (Chingizxonning katta o‘g‘li) o‘g‘li Botuxon Oltin O'rda xonligiga asos soldi? A) 1243-yilda B) 1236-yilda C) 1240-yilda D) 1229-yilda 12. Oltin O'rda xonligiga qaysi hududlarini o‘z ichiga olgan? 1. Xorazm, Shimoliy Kavkaz 2. Volga bulg‘orlari yurti, Dashti Qipchoq 3. Qrim va G‘arbiy Sibir 4. Sibir va Astraxan A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3 13. Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybon naslidan bo‘lgan hukmdori Davlatshayx qachon vafot etgan? A) 1420-yilda B) 1445-yilda C) 1430-yilda D) 1425-yilda 14. Quyidagilar orasidan xatolik mavjud javobni aniqlang? A) Oltin O'rda xonligiga Rus davlati o‘lpon to‘lab turgan B) Oltin O‘rda Jo‘jixonning o‘g‘illari o‘rtasida uluslarga bo‘linishi natijasida, Dashti Qipchoqning sharqiy qismi Jo‘jixonning beshinchi o‘g‘li Shaybonga teggan C) Abulxayrxon Davlatshayxning ukasi edi D) Abulxayrxonni taxt uchun kurashda ulusdagi doimiy nizolardan aziyat chekayotgan boshqa o‘zbek qabilalari hamda ruhoniylar qo‘llab-quvvatladilar 15. Qachon Abulxayrxon ,,O‘zbek ulusi“ deb atalgan davlatga asos soldi? A) 1428-yilda B) 1431-yil C) 1435-yilda D) 1439-yilda 16. “O‘zbek ulusi” tashkil topganda davlatning poytaxtini aniqlang? A) Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Sig’noq shahri B) Janubi-sharqiy Sibirdagi Tura shahri C) Shimoliy Kavkazdagi Suza shahri D) Janubi-g‘arbiy Sibirdagi Tura shahri 17. Abulxayrxon qachon o‘z davlatini Oltin O‘rdadan mustaqil deb e’lon qildi A) 1431-yilda B) 1430-yilda C) 1425-yilda D) 1446-yilda 18. Abulxayrxon 1446-yilda bosib olgan hududlar to`g`ri bеrilgan javobni aniqlang. 1. Sig`noq 2. Оqqo`rg`оn 3. Arquq 4. O`zgan 5. Suzoq 6. Xo`jand A) 1,2,4,6 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,5,6 19. 1446-yilda Abulxayrxon o`z davlatining poytaxtini qayеrga ko`chirdi? A) Oqqo`rg`on B) Suzoq C) Sig`noq D) Tura 20. Abulxayrxonning xotini Robiya Sulton bеgim kimning qizi edi? A) Sulton Abu Said B) Husayn Boyqaro C) Mirzo Ulug`bеk D) Muzaffar Mirzo 21. 1451-yilda Abulxayrxon qaysi tеmuriyzodaning Samarqand taxtini egallashiga yordam bеrish bahonasida Movarounnahrga yurish qiladi? A) Sulton Ali Mirzo B) Sulton Ahmad C) Abu Said Mirzo D) Sulton Mahmudxon 22. Abulxayrxon qachon vafot etdi? A) 1460-yilda B) 1465-yilda C) 1468-yilda D) 1470-yilda 23. Qachon Abulxayrxon tuzgan davlat parchalanib ketdi? A) 1460-yilda B) 1465-yilda C) 1468-yilda D) 1470-yilda 24. Muhammad Shayboniyxon kimning o`g`li edi? A) Abulxayrxon B) Shohbudog` Sulton C) Mahmud Sulton D) Muhammad Mazid tarxon 25. Shohbudog` Sultonning o`g`illari to`g`ri berilgan javobni aniqlang A) Mahmud Sulton va Xalil Sulton B) Shayboniyxon va Mahmud Sulton C) Mahmud Sulton va Abu Said Mirzo D) Boysung`ur Mirzo va Shayboniyxon 26. Muhammad Shayboniyxon qachon tug`ilgan? A) 1451-yilda B) 1455-yilda C) 1456-yilda D) 1459-yilda 27. Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniyxon kimning qo`lida tarbiyalanadi? A) Boyshayx B) Muhammad Mazid Tarxon C) Hojiqozi D) Qorachabek 28. Quyidagilar orasidan xato ma’lumot sonini aniqlang? 1. Shayboniyxon va Mahmud Sultonga Uyg‘ur qavmidan bo‘lgan, Shohbudog’ Sultonga otaliq qilgan amir Boyshayx otaliq etib tayinlandi. Shahzodalar o‘z davrining yetuk shaxslari bo’lib yetishdilar 2. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. 3. Shayboniy va ukasi qochqinlik davrida Turkistondan boshpana topdilar. Keyinchalik ular Buxoroga keldilar. Shayboniy Buxoro madrasalarida ilm oldi. Iste’dodli shoir sifatida tanildi. 4. Turli temuriy hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yanada yaxshi bilib olishga imkon berdi. 5. Shayboniyxon Amudaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlarni ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi A) 1 B) 2 C) 3 D) 0 Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling