1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
5-mavzu
1. Muhammad Shayboniyxon halok bo`lganidan keyin taxtga kim o`tqazildi? A) Abu Said B) Ubaydullaxon C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton 2. Qachon Bobur Mirzo Samarqandni uchinchi marta egallaganida shayboniylar vaqtinchalik hokimiyatdan mahrum bo‘lib qoldilar? A) 1511-yilda B) 1512-yilda C) 1513-yilda D) 1510-yilda 3. Qachon bo’lib o’tgan jangda shayboniylar Bobur Mirzo bilan uning ittifoqchisi safaviylar qo‘shinini tor-mor qilib, Samarqand taxtini qayta qo’lga kiritdilar. A) 1511-yil 19-aprelda B) 1512-yil 28-aprelda C) 1513-yil 28-mayda D) 1510-yil 28-aprelda 4. Ko‘chkunchixon qachongacha hukmronlik qilgan? A) 1530-yilgacha B) 1533-yilgacha C) 1525-yilgacha D) 1515-yilgacha 5. Shayboniylar davlatida Abu Saidning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1530-1533-yillar B) 1533-1540-yillar C) 1574-1595-yillar D) 1556-1598-yillar 6. Abu Said kimning o`g`i edi? A) Muhammad Shayboniyxon B) Suyunchxo`ja Sulton C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton 7. Shayboniylar davlatida Ubaydullaxonning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1530-1533-yillar B) 1533-1540-yillar C) 1574-1595-yillar D) 1556-1598-yillar 8. Ubaydullaxon kimning o`g`li edi? A) Muhammad Shayboniyxon B) Suyunchxo`ja Sulton C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton 9. Qaysi shayboniy hukmdor davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko`chiridi? A) Abu Said B) Ubaydullaxon C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II 10. Qachon xonlik poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirilgan? A) 1530-yilda B) 1540-yilda C) 1533-yilda D) 1539-yilda 5 11. Shayboniylar davlatida Ko`chkinchixondan keyin taxtga kim o`tirdi? A) Abu Said B) Ubaydullaxon C) Abdullatifxon D) Mahmud Sulton 12. Nima sababdan Ubaydullaxon davlat poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko`chiradi? A) Chunki, Buxoro islom dinining markazi edi B) Chunki, Buxoro ota meros mulk edi C) Chunki, Samarqand madaniy markaz sifatida o`z nufuzini yo`qotgan edi D) Chunki, Buxoro buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan edi 13. Kimning davridan boshlab markazi Buxoro bolgan davlat «Buxoro xonligi» dеb atala boshladi? A) Abu Said B) Ubaydullaxon C) Ko`chkinchixon D) Mahmud Sulton 14. Buxoro xoni shayboniy Ubaydullaxonning tarixiy xizmatari tog`ri berilgan javobni aniqlang 1. Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahrni ularning harbiy siyosiy-siyosiy tazyiqlardan saqlab qoldi 2. Ubaydulaxon o`z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi 3. Hirotni ishg`ol etgan Eron qo`shinini bir necha marta mag`lubiyatga uchratgan 4. Mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi 5. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi A) 1,3 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4 15. Ubaydullaxonning ma’naviy ilhomchisi bu … A) Mir Arab B) Abdulla Sabroniy C) Maxmur D) A,B 16. Qaysi yillarda Ubaydullaxon Mir Arabga bag'ishlab Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa qurdirgan? A) 1530-1536-yillarda B) 1536-1539-yillarda C) 1533-1539-yillarda D) 1533-1536-yillarda 17. Tarixchi Hofiz Tanish al-Buxoriy „ Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullabyashnadi“. deb qaysi hukmdor haqida yozgan? A) Muhammad Shayboniyxon B) Abdullaxon II C) Ubaydullaxon D) Mahmud Sulton 18. Ubaydullaxon vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi? A) Abdullaxon I B) Abdulazizxon C) Abdullatifxon D) Abdullaxon II 19. Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Buxoroda kim hukmronlik qila boshladi? A) Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said B) Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon C) Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II D) Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon 20. Ma`lumki, Abdullaxon I vafotidan kеyin mamlakatda qo`shhokimiyatchilik vujudga keldi. Samarqandda kim hukmronlik qila boshladi? A) Ko`chkinchixonnning o`g`li Abu Said B) Ko`chkunchixonning o`g`li Abdulatifxon C) Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II D) Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon 21. Qo`shhokimiyatchilik davrida Balx va Badaxshonda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang? A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon 22. Qo`shhokimiyatchilik davrida Toshkent va Turkistonda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang? A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon 23. Qo`shhokimiyatchilik davrida Karmana va Miyonqolda mustaqil bo‘lib olgan shaxsni aniqlang? A) Navro‘z Ahmadxon B) Pirmuhammadxon I C) Suyunchxo’ja D) Iskandarxon 24. Toshkent va Turkiston hukmdori, Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib qachon Buxoroni egalladi va hokimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi? A) 1540-yilda B) 1556-yilda C) 1533-yilda D) 1545-yilda 25. Ko’chkunchixonning o’g‘li Abdulatifxon qachon vafot etgan? A) 1547-yilda B) 1556-yilda C) 1545-yilda D) 1548-yilda 26. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang. 1. Abdulatifxon vafot etgach, Samarqand taxtini Suyunchxo‘janing o‘g‘li Navro‘z Ahmadxon egalladi. 2. Karmana va Miyonqol hukmdori Iskandarxon va uning o‘g‘li Abdullalar Navro‘z Ahmadxonga itoat etishni istamadilar. Bunga qarshi Navro‘z Ahmadxon Miyonqolga yurish boshladi. Kuchlar nisbatida Navro‘z Ahmadxonning ustunligini bilgan ota- o‘g‘il Balxga ketishga majbur bo’ldilar. 3. Abdullaxon Balx hukmdori - amakisi Pirmuhammadxonning yordamida Navro‘z Ahmadxonga qarshi bir necha bor yurish qilganidan so‘nggina g‘alabaga erishdi. Mag’lub bo‘lgan Navro‘z Ahmadxon Buxoroni tashlab Samarqandga qaytdi. So‘nggi jangda har ikki tomon ham g‘alaba qilishga ko‘zlari yetmagach, o‘rtada sulh imzolandi. Sulhdan so‘ng Abdullaxon Amudaryodan o‘tib Maymanaga, Navro‘z Ahmadxon esa Buxoroda noibini qoldirib Samarqandga qaytdi A) 1 B) 2,3 C) 1,2,3 D) 1,3 27. Navro‘z Ahmadxon qachon vafot etgan? A) 1555-yilda B) 1566-yilda C) 1558-yilda D) 1556-yilda Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling