1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
8-mavzu 1. Subhonqulixon qachon vafot etdi? A) 1706-yilda B) 1705-yilda C) 1702-yilda D) 1707-yilda 2 . Buxoro xonligida Ubaydullaxon II ning hukmronlik yillarini aniqlang. A) 1702-1711-yillar B) 1711-1747-yillar C) 1747-1753-yillar D) 1753-1756-yillar 3 . Buxoro xoni Ubaydullaxon II kimlarga qarshi urush olib borishga majbur bo`ldi? 1.isyonkor qabilalarga 2.bo`ysunmas mahalliy hukmdorlarga 3.davlat sarhadlariga bostirib kelgan ko`chmanchilarga 4. Xiva xonligiga A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 4 . Buxoro xoni Ubaydullaxonning asosiy maqsadi ... A) Xiva xonligini o`z davlatiga qo`shib olish B) Siyosiy tarqoqlikni tugatish C) Rossiya tobeligiga o`tish D) Mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish 5. Ubaydullaxon dastlab qaysi hududni bo’ysundirish yo’llarini izladi? A) Samarqand B) Termiz C) Balx D) Farg`ona 6. Quyidagi qaysi hukmdor Balxni qatag‘on qabilasi boshlig‘i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi? A) Ubaydullaxon II B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Nodir Muhammad 7. Kimning davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‘liq o‘z qo‘liga oldi? A) Ubaydullaxon II B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Nodir Muhammad 8. Notog’ri tarixiy mulohazani aniqlang. A) Mahmudbiyga qarshi bir necha bor uyushtirilgan harbiy yurishlar natija bermagach, Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo‘ldi. B) Ubaydullaxon II o‘tkazgan islohotlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. C) Ubaydullaxon aholidan yig‘iladigan soliqlami 4 barobarga ko‘paytirdi. D) Subhonqulixon markaziy hokimiyatni kuchaytirish maqsadida hatto o‘sha davrning eng ta’sirchan kuchi - yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining ta’sirini kamaytirishga ham urindi. 9. ... da Buxoro xonligida tangalaming bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. A) 1706-yilda B) 1708-yilda C) 1711-yilda D) 1707-yilda 10. Quyidagi qaysi hukmdor yirik yer egalari hamda Jo‘ybor shayxlarining soliq to‘lamaslik imtiyozidan mahrum etdi? A) Ubaydullaxon II B) Abulfayzxon C) Subhonqulixon D) Nodir Muhammad 11. Quyidagilardan nechtasi Ubaydullaxon nomi bilan bog’liq? 1. Tanhodorlami o‘z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum etdi 2. Soliq va majburiyatlar miqdorini ko‘paytirdi. 3. Markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qilgan so‘nggi ashtarxoniy hukmdor sifatida nom qoldirdi. 4. Aholidan yig‘iladigan soliqlami 4 barobarga ko‘paytirdi. 5. U barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig‘i deb tan olindi. A) 3 tasi B) 2 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 12 . Mahmudbiy otaliq Balxda qachon hokimiyatni to`liq o`z qo`liga olib, o`zini xon dеb e`lоn qiladi? A) 1706-yilda B) 1710-yilda C) 1711-yilda D) 1707-yilda 13 . Qachon Farg‘ona vodiysi Buxoro tarkibidan ajralib chiqdi? A) 1706-yilda B) 1710-yilda C)1711-yilda D) 1709-yilda 14 . Buxoro xoni Ubaydullaxon qachon o`ldiriladi? A) 1710-yilda B) 1711-yilda C) 1712-yilda D) 1713-yilda 15 . Buxoro xonligida ashtarxoniy Abulfayzxonning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1702-1711-yillar B) 1711-1747-yillar C) 1747-1753-yillar D) 1753-1756-yillar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling