1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-mavzu
39
35. Qoraqalpoqlar qaysi ekinlardan mo‘l hosil olganlar? 1. Bug'doy 2. Paxta 3. Arpa 4. Tariq A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 36. Quyidagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’ri? 1. Qoraqalpoqlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilingan paytda, qoraqalpoqlarning Rossiyaga emas, Kichik Juz xonligiga yasoq to‘lashi tan olindi. 2. No‘g‘ay xonligi parchalangach, Qoraqalpoqlarning bir guruhi Sirdaryoning yuqori oqimi — Toshkent tomonga, yana bir guruhi Sirdaryoning quyi oqimiga borib joylashdi. Shu tariqa qoraqalpoqlar shartli ravishda „yuqori qoraqalpoqlar" va „quyi qoraqalpoqlar“ga bo‘linib ketdi 3. Aholi orasida ruhoniylar, shayxlar, xo'jalarning ham o‘rni katta edi. A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 2,3 37. Quyi qoraqalpoqlar Sirdaryo bilan Amudaryo o‘rtasida bo‘sh yotgan yerlarga ham o‘rnashib, bu yerlarga qaysi daryodan suv chiqarib, dehqonchilik bilan shug‘ullandilar? A) Janadaryo B) Quvondaryo C) Yangidaryo D) Qozoqdaryo 31-mavzu 1. Quyidagilardan notog’risini toping. A) Qoraqalpoqlarning asosiy qismi o'tov va paxsa uylardan iborat ovullarda yashardi. B) Arava, qctyiq, sol va ot asosiy transport vositasi bo‘lgan. C) Turli urug’ ichida o’zaro nikoh taqiqlangan D) Qoraqalpoqlar qishlovni ko‘pincha dengiz va daryo bo‘ylarida o‘tkazganlar. 2. Qoraqalpoqlarda ayollar va qiz bolalar bosh kiyimi nima deyilgan? A) Savkeli B) Jig’a C) Chodra D) Telpak 3. Qo`ng`irot va Chimboy shaharlari qachon barpo etilgan? A) XVI asr oxiri – XVII asr boshlarida B) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida C) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida D) XIX asr oxiri – XX asr boshlarida 4. Orol va Xiva o`rtasidagi savdo markazi va bojxona qaysi shaharda joylashgan edi? A) Qo`ng`irot shahri B) Mang`it shahri C) Xo`jayli shahri D) Chimboy shahri 5. Qoraqalpoqlarning qal’a shaklida qurgan shaharlarini belgilang. 1. Janaqal’a 2.Oydo'stqal’a 3. Ernazarqal’a, 4. Ko‘ko‘zakqal’a 5.Eshonqal’a A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 2, 3, 5 D) 1,2,3,4,5 6. XIX asr boshlarida qoraqalpoqlarda necha maktab bo`lgan? A) 308 ta B) 318 ta C) 325 ta D) 332 ta 7. Quyidagi javoblardan qoraqalpoqlar tarixiga oid to`g`ri berilgan javobni aniqlang 1. qoraqalpoq folklori namunalarining 20 jildligi nashr qilingan 2. o`zbeklarning Afandisi kabi qoraqalpoqlarning qiziqchisi – O`mibek Laqqisi bor 3. qoraqalpoqlarda Qoraqurum eshon, Qalila oxun, Egambegan oxun, Oyimbet eshon mavzelarida, Eshonqal`ada madrasalar mavjud bo`lgan 4. qoraqalpoq yoshlari Xiva va Buxoro madrasalarida ham ta`lim olganlar A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 8. Qoraqalpoq hunarmandlari necha yoshli bolalarni shogirdlikka qabul qilishgan? A) 10 – 11 yoshli B) 11 – 12 yoshli C) 12 – 13 yoshli D) 14 – 15 yoshli 9. Qoraqalpoqlarning qahramonlik dostonlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang 1.«Qirqqiz» 2.«Alpomis» 3. «Qo`blan» 4.«Mastposhsho» 5.«Edigey» A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4 10. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Amir Temur va To`xtamish faoliyati bilan bog`liq voqealar bayon etilgan? A) «Qirqqiz» B) «Qo`blan» C) «Alpomis» D) «Edigey» 11. Qoraqalpoqlarning qaysi dostonida Xorazm xalqining Eron shohi Nodirshohga qarshi kurashi o`z badiiy ifodasini topgan? A) «Qirqqiz» B) «Qo`blan» C) «Alpomis» D) «Edigey» 12. Qoraqalpoqlarning xalq qo‘shiqlarida el-yurt yo‘lboshchilari, qahramonlari kimlar ulug’lanadi? 1. Oydo’stbiy 2. Esangeldi mahram 3. Arslon 4.Maman botir 5. Edigey 6. Ernazarbiy A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 2, 4, 5, 6 13. Qoraqalpoqlar tasviriy san’atidagi o‘ziga xoslik, ayniqsa, ular to‘qigan gilam va kashta buyumlarda yorqin ifodasini topgan. Ularga tushirilgan naqshli bezaklar ………….. ramzini aks ettiruvchi to’lqin ko‘rinishiga ega bo‘lgan. Nuqtalar o’rnini to’ldiring A) Baliq B) Daraxt C) Suv D) Olov 14. Qoraqalpoq tasviriy san’atining o’ziga xosligi uning qaysi sohasida namoyon bo’ladi? A) Qadama naqshli yog’och o’ymakorligi B) Badiy kashtachilik sohasi C) Devoriy tasvirlar chizish sohasi D) Suyakka naqsh bosish sohasi 15. Quyidagilardan nechtasi to’g’ri? 1. Qoraqalpoqlar qo‘shiqchiligi mazmuniga ko‘ra xalq, tarixiy va marosim qo‘shiqlariga bo‘lingan 2. Doston ijrochilari jirovlar, baxshilar va qissaxonlar deb ataluvchi uch guruhga bo‘linganlar. 3. Jirovlar qahramonlik dostonlarini gijjak va dutor jo‘rligida ijro etishgan 4. baxshilar qahramonlik dostonlarini qo’biz jo‘rligida ijro etganlar. 5. Qissaxonlar esa doston qo‘lyozmalarini zo‘r mahorat bilan o‘qib yoki yoddan aytib berganlar A) 5 tasi B) 4 tasi C) 3 tasi D) 2 tasi 16. Qoraqalpoq shoiri Jiyen Jirovning yashagan yillarini aniqlang A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar 17. Qoraqalpoq shoiri Kunxo`ja Ibrohimning yashagan yillarini aniqlang A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar 18. Qoraqalpoq shoiri Ajinyoz Qosiboy o`g`lining yashagan yillarini aniqlang A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar 19. Qoraqalpoq shoiri Berdaqning yashagan yillarini aniqlang A) 1799-1880-yillar B) 1730-1784-yillar C) 1824-1878-yillar D) 1827-1900-yillar 20. Qoraqalpoq shoiri Jiyen Jirov she`rlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang A) «Yuragimda ko`p dog`im», «Hoy yigitlar, yigitlar» B) «O`roqchilar», «Cho`ponlar», «El bilan» C) «Yuragimda ko`p dog`im » , «Cho`ponlar» D) «Hoy yigitlar, yigitlar » , « El bilan» 21. «Darbadar el» dostonining muallifini aniqlang. A) Jiyen Jirov B) Kunxo`ja Ibrohim C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li D) Berdaq 22. Kunxo`ja Ibrohim o`g`lining qalamiga mansub she`rlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang. A) «Yuragimda ko`p dog`im», «Hoy yigitlar, yigitlar» B) «O`roqchilar», «Cho`ponlar», «El bilan» C) «Yuragimda ko`p dog`im» , «Cho`ponlar» D) «Hoy yigitlar, yigitlar » , «El bilan» 23. ………………..baxshi sifatida “Alpomis”, “Qirqqiz” kabi dostonlarni zo`r mahorat bilan kuylagan A) Jiyen Jirov B) Kunxo`ja Ibrohim C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li D) Berdaq 24. «Bo`zatov dostonining muallifini aniqlang? A) Jiyen Jirov B) Kunxo`ja Ibrohim C) Ajiniyoz Qosiboy o`g`li D) Berdaq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling