Javoblar:1.A 2. B 3. C 4. A 5.A
Uyga vazifa:Memuar asar haqidagi nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.
O’quvchilar bilimini baholash.
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Mavzu: G`azalxonlik musobaqasi. Ifodali o`qish mashqi.
Darsning maqsadi:
a) ta`limiy- takrorlash orqali o`quvchilar bilimini mustahkamalsh;
b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida ezgu insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning she’r aytish malakasi,dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Dars turi:mustahkamlash;
Dars uslubi:mushoira,savol-javob.musobaqa;
Dars jihozi : Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlari
Darsning borishi :
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma ”asari yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.”Boburnoma”-memuar asar”mavzusida bahs.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I. Mushoira
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g`azallari yuzasidan qatorlararo musobaqa.
II.Bahr-u bayt
Qatorlararo bahr-u bayt musobaqasi o`tkaziladi .Unda o`quvchilar g`azal bayti tugagan harf b-n boshqa bir g`azalni aytadilar.
Masalan ;
Yordin ayru ko`ngil mulkedurur sultoni yo`q
Mulkkim sultoni yo`q , jismedururkim joni yo`q.
Qoshi yosinmu deyin, ko`zi qarosinmu deyin,
Ko`ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Do'stlaringiz bilan baham: |