1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning mohiyatini anglash bosqichida


Download 203.66 Kb.
bet87/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat lirik she’rlari bilan adabiyotimiz xazinasini boyitgan,ma’rifatchilik adabiyotining darg’alaridan biri.Shoir 1859-yil Qo’qonda savdogar oilasida tug’ilgan.Otasi Mulla Xolmuhammad she’riyatga,badiiy ijofga oshno kishi bo’lgan.Dastlab mahallsidagi maktabda tahsil oladi,so’ng “Haftiyak” va “Chor kitob”ni o’qib tugatadi.sakkiz yoshida Farididdin Attorning”Mantiq ut-tayr”dostonini yod oladi.Navoiyni mutolaa qiladi.To’qqiz yoshida”Mening maktab aro buldur murodim,xatimdek chiqsa imlo-yu savodim” baytini yozgan ekan.14 yoshidamadrasa talabasi bo’ladi.Keyinchalik Marg’ilonga tog’asi yoniga borib mirzalik,xattotlik ,savdogarchilik qiladi.Badiiy ijoddan also to’xtamaydi.Furqat taxallusini qo’llab,she’rlar yozadi.1880-yil Qoqonga qaytib,ijodni davom ettiradi.”hammomi xayol”risolasini yaratadi,”Chor darvesh”,”Nuh manzar”asarlarini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qiladi.21-22 yoshida she’rlarini toplab,devon qiladi.1890-1891-yillarda Toshkentda yashab,”Turkiston viloyatining gazeti”da tarjimon bo’lb ishlaydi.1891-yildan Samarqand,Buxoro,Marv,Ashxobod,Boku,Botum,Istanbul,Iskandariya,Misr,Shom,Makka,

Madina,Bombay,Kashmir,Tibet,Xo’tan va Yorkentga sayohat qiladi va umrining oxirigacha Yorkentda yashaydi.Lekin 1906-yilgacha Turkiston ,gazeta bilan aloqani uzmaydi.Uning ijodi quyidagi asarlarni o’z ichiga oladi:1)lirika;2)publisistika,nasriy asarlar;3)tarjimalar;4)ilmiy asarlar.Furqat tarjimalari bizgacha yetib kelmagan.”To’y tavsifi”,”Gap ta’rifida”,”Aza tavsifi0,”Ilmi ash;orning qoidai avzoni”ilmiy asarlari bor.Furqat o’zining tarjimayi holi haqida yozgan maqolalar adabiyotshunoslikda “Furqatnoma”,ba’zan “Sarguzashtnoma”deb ataladi.

II.Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat haqida darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish va matn ustida ishlash.




Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling