Toshkent kimyo-texnologiya instituti akademik litseyi
3-22 guruh o‘quvchilariga
pedagogik-psixologik
TAVSIFNOMA
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Toshkent Kimyo- Texnologiya instituti akademik litsey 3-22 guruhida 22 nafar o`quvchi tahsil oladi, Unda 7 nafar qizlar, 15 nafar o`g`il bolalar tahsil oladi.
3-22 guruh o’quvchilari o’zlashtirish va davomat jihatidan eng yaxshi guruhlaridan biri hisoblanadi. Yillik o’rtacha davomat 95-96% ni tashkil etadi. Guruhda doimiy dars qoldiruvchilar, doimiy darsga kech qoluvchilar va tarbiyasi og’ir o’quvchilar yo’q. O’quvchilar maktabning ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilishadi.
3-22 guruh o’quvchilari o’zaro samimiy do’stona munosabatda bo’lib, juda ahil ishtirok etishadi. Bu guruh o’quvchilar maktabning fan va sport tadbirlari faol ishtirok etishadi.
3-22 guruhda matematika fanidan olimpiada masalalarini yechishga qiziqadigan, kelajakda ilmiy izlashlar olib borishga layqatli o’quvchilar tahsil oladi. Bu sinf o’quvchilarlari kelajakda o’z o’rnini topa oladigan komil insonlar bo’lib yetishishiga va mustaqil O’zbekistonimizning taraqqiyotiga o’zining hissasini qo’shishiga ishonch bildiraman.
Sinf rahbari:
Amaliyotchi talaba:
Do'stlaringiz bilan baham: |