O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Z.M.Bobur hayoti va ijodi yuzasidan tarqatmalar asosida savol-javob;
2.Bobur ijodidan yod aytish va tarjimai holi bilan bog’lash.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.Zahiriddin Muhammad Boburning adbiy va ijodiy merosi,uning mavzu olami,badiiyati haqida nimalarni ayta olasiz?
II. Zahiriddin Muhammad Bobur “Musiqa ilmi”,”Chorgoh”,”Harb ishi”,”Mubayyin al-zakot”,”Muxtasar”,”Xatti Boburiy”kabi asarlarida turli mavzularni qalamga olib,o’z iqtidori va salohiyatini ko’rsata oldi Lekin bu asarlar orasida “Boburnoma” asari shoh asar hisoblanib,bu asar orqali u o’zining yana ko’p qirralarini ko’rsata oldi.Bobur tarjima bilan shug’ullandi.Xoja Ahrorning”Volidiya”asarini she’riy yo’l bilan o’zbekchaga tarjima qildi.
Bobur fors va turkiy tilde ijod qilgan zullisonayn shoir.U ona tilida yozgan she’rlarini to’plab,1519-yilda Kobulda,1528-1529-yillarda Hindistonda devonlar tuzgan.bu devonlar “Kobul devoni ” va “Hind devoni” deb nomlanadi.Shoirning “Kobul devoni ”topilgan emas.Mutaxassislarning fikricha,saqlanib qolgan she’rlarning soni 400 dan ortiq,shundan 119 tasi g’azal,231 tasi ruboiy,qolganlari tuyuq,fard,masnaviy,qit’a,muammo…
Do'stlaringiz bilan baham: |