1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 203.66 Kb.
bet95/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Javoblar:1.A 2.B 3.B 4.B 5.C

Uyga vazifa: Shoir muxammas,mustazodi tahlili va nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.

Oquvchilar bilimini baholash



Sana:

Sinf: 9 “A”-sinf

Mavzu: 5-nazorat ishi .Insho “G’azal shaydosiman”

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy- o’tilgan mavzular asosida o`quvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish;

b) tarbiyaviy-o`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish.



Dars turi:nazorat;

Nazorat turi: Insho

Dars uslubi: suhbat,reja tuzish,insho yozish;

Darsning jihozi:darslik,nazorat ishi daftarlari.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)o’quvchilarning nazorat ishi daftarlarini tarqatish;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.



Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Nazorat ishi mavzusi asosida suhbat,qisqa fikrlarni yig’ish;

I1.Mavzuga oid reja tuzish

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Mavzuga oid tuzilgan rejalar asosida insho yozish:

1. Nodira-o`zbek mumtoz adabiyotining malikasi.

2. “Eshit”radifli g`azali –men yoqtirgan g`azal.

3.G`azalda sharq ayollariga xos tuyg`ularning ifodalanishi.

4.G`azalda qo`llangan badiiy san`atlar.

5.Asrlarni maftun etgan Nodira mangu barhayot.

Nodira –o’zbek mumtoz adabiyotining yorqin namoyondalaridan biri sanaladi.U adabiyotimizda vafo,sadoqat,sabr-qanoat …timsoli.Uning ijodidagi ohanglar Zulfiya ijodidagi ohanglar bilan hamohang.Chunki bu ikki buyuk shoiraning hayot yo’li,qalb kechinmalari,muhabbat iztiroblari bir-biriga juda yaqindir.

Doda keldim,ey salotin,sarvari dodim eshit,

Sen shah-u,men benavo ,lutf ayla.faryodim eshit…

Bu g’azalda shoiraning boshqa g’azallari kabi firoq azoblari,muhabbat iztiroblari badiiy,ta’sirli ifodasini topgan…

G’azalda sharq ayollariga xos vafo,sadoqat,bardosh… kabi tuyg’ular tarannum etiladi.Shoiraning butun ijodi mana shu go’zal tuyg’ular ila sayqal topgan.Shuning uchun ham Nodira o’zbek ayolining yorqin timsoli sifatida tilga olinadi.

Shoira qalb iztoroblari,muhabbat kechinmalarini soda tilde,tirli badiiy san;atlar asoida go’zal ifoda etadi.O’quvchi bu g’azallarni o’qiganda shu olam girdobida g’arq bo’ladi go’yo…

Nodirabegim asrlar o’tsa-da,mangu ,barhayot yashaydi.Chunki uning ijodidagi har bir misra mangu va barhayot mavzular ila yo’g’rilgan…

II.Nazorat ishi daftarlarini terib olish.

Uyga vazifa:O’tilganlarni takrorlash




Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling