1. Qaysi gapda qator undoshli so'z ikki o'rinda qatnashgan?


Download 28.39 Kb.
bet1/2
Sana21.02.2023
Hajmi28.39 Kb.
#1216552
  1   2
Bog'liq
Shedever


1.Qaysi gapda qator undoshli so'z ikki o'rinda qatnashgan?
A) Har nechakim sabr ta'mirini bunyod ayladim,Ashk selobida vayron o'ldi obodim,eshit.
B) Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi.
C) U sevinchini ichiga sig'dirolmay hamma bilan qadrdonlarcha ko'risha boshladi.
D) Biror mamlakatda jabr-zulm,fisq-fasod kuchayib ketsa,podshoh adolatli siyosati bilan zulumning ildizini yoqotishi lozim.
2.Barcha undoshlari jarangli undoshlardan tashkil topgan qo'sh undoshli so'z qaysi gapda ishtirok etgan?
A) U kamtarligi,to'g'riso'zligi va do'stlariga mehribonligi sababli sinfdoshlari hamda murabbiylari hurmatiga sazovor bo'lgan.
B) U yerda bo'lgan har qanday odam ruhan yengil tortib,kayfiyati ko'tarilishi muqarrar.
C)Gulnor hamma narsani bir zumda tayyorlab dadasiga ko'rsatdi.
D) Ikkovining ham fikrini yomon xayollar chulg'ab olgan edi.
3.Ovoz va shovqunning ishtirokiga ko'ra birlashturuvchi belgiga ega undoshlar qaysi javobda qator undoshli so'zni hosil qilishda qatnashgan?
A) Student B) Astranomiya C) Qahr D) Sayyid
4.Aslida,yuragida milliy iftixor tuyg'usi,Vatan muhabbati jo'sh urgan bilimdon,dono,tadbirkor insonlar har bir mamlakatning salohiyati,kelajagini belgilay oladigan kuch hisoblanadi.
Ushbu gap haqida qaysi javobda XATO hukm berilgan?
A)Ushbu gapda ikki o'rinda qo'sh undoshli so'z qatnashgan.
B)Ushbu gapda qator undoshli so'z qatnashmagan.
C)Gapda faqat ochiq bo'g'indan va faqat yopiq bo'g'indan iborat soczlar qatnashgan.
D) Ushbu gapda faqat ochiq bo'g'indan iborat qo'sh undoshli so'z qatnashgan.
5.Hamma uylarda chiroq bor,ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong'i.
Ushbu gapda faqat jarangli undoshlardan tashkil topgan bir bo'g'inli so'zlar necha o'rinda qatnashgan?
A)1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta
6.Qaysi qatordagi so'zning yopiq bo'g'inlaridan biri faqat burun undoshlaridan tuzilgan?
A)Namangan B) Renessans C) Mustaqillik D) Gilam
7.Ona tilimiz shunday qudratli,jarangdor,boy,shu sababli adabiyotimiz bardavom rivojlanmoqda. Berilgan gapda yopiq bo'g'inlarning nechtasi faqat til undoshlaridan iborat?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
8.O'zi haqida o'ylamay,faqat elga bilim berish haqida o'ylagan olim kishi xuddi shamga o'xshaydi,u o'zini yondiradi va xalqni ziyoli qiladi. Berilgan gapda yopiq bo'g'inlar miqdorini belgilang.
A) 13 B) 14 C) 15 D) 16
9.Qaysi javobdagi so'zda qator undoshlik xususiyatini yuzaga chiqargan fonemalar faqat jarangsiz undoshlar hisoblanadi?
A) Taxt B) Dasta C) Katta D) Sabr.
10.Har bir ishga mehr kerak.Mehr bilan qilinmagan ish ertaga tashvish keltiradi. Berilgan gapda ochiq bo'g'inlarning nechatsi lab undoshi bilan boshlangan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) bunday bo'g'in qatnashmagan.
11. Har yili bir keladigan bahor sevinchi yana ko'ngillarni
Download 28.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling