Sirojiddin Sayyid ijodida mumtoz mushtarakliklar Fardu 2-kurs magistranti


Download 22.71 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi22.71 Kb.
#1201931
Bog'liq
Adabiyot taraqqiyotininig uzluksiz jarayonida har bir davr ozidan oldingi davrlardan eng yaxshi jihatlarni o


Sirojiddin Sayyid ijodida mumtoz mushtarakliklar
FarDU 2-kurs magistranti
Ibrohimova Gulchiroy
Annotatsiya. Maqolada Sirojiddin Sayyid ijodiga mumtoz adabiyot ta’siri, ijodkorning badiiy mahorati tahlilga tortilgan.
Kalit so’zlar: muxammas, mumtoz adabiyot, milliylik, zamonaviy adabiyot
Annotation. The article analyzes the influence of classical literature on the work of Sirojiddin Sayyid, the artist’s artistic skills
Key words:muxammas, classic literature, nationality, modern literature

Zamonaviy adabiyot degani qadimiy, ajdodlarimiz yaratgan yuksak meroslardan voz kechish emas, balki undan ijodiy foydalangan holda yanada taraqqiy ettirishdir. D.Qur’onov ta’biri bilan aytganda:«Adabiyot taraqqiyotininig uzluksiz jarayonida har bir davr o’zidan oldingi davrlardan eng yaxshi jihatlarni o’ziga singdiradi,ularni sayqallaydi,maromiga yetkazadi, ayni choqda, o’zidanda nedir yangilik qo’shishga intiladi. Shu tariqa adabiyotning uzluksiz taraqqiyoti ta’minlanadi. Adabiyotdagi vorisiylik, an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o’ziga xoslik’ milliy qiyofaning yo’qotilmasligini kafolatlaydi» .1 Deyarli har bir ijodkor adabiyot maydoniga kirdimi, albatta, o’zidan avvalgi ijod namunalarini, mumtoz manbalarni o’rganadi, yoinki, ularga muhabbat sabab qo’liga qalam oladi. Biz buni A. Oripov, E. Vohidov, R. Parfi va boshqa ijodkorlarda juda ko’p kuzatamiz. Shunday ijodkorlardan biri Sirojiddin Sayyiddir. Ijodkor tom ma’noda milliy shoirdir. She’rlari o’ynoqi ohangi, sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Shu bilan bir qatorda, mumtoz adabiyot ta’sirini ham ko’ramizki, bu shoirning muxammaslarida, o’tmish shoirlarga murojaatlarida yanada namoyon bo’ladi. «Sirojiddin Sayyid ijodida ham sharq mumtoz so’z san’ati namoyondalari Umar Xayyom, Jaloliddin Rumiy, Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarining ta’siri alohida o’rin tutadi. Buni shoirning o’zi ham bir to’plamida e’tirof etib, uni» Xayyomdan bir kosa,Rumiydan bir jom » deb nomlaydi.»2Quyida shoir Navoiyning g’azaliga muxammasini ko’ramiz:


Qoshu ko’zing savolidin dil ichra ohu zor,
Zulfi kajing shamolidin bag’rim aro bahor,
Belu qo’ling visolidin yo’q menda bir qaror,
Xolu xating xayolidin, ey sarvi gul’uzor,
Gohi ko’zimga xol tushubtur, gahi g’ubor.
Ushbu muxammasdagi “zulf, kaj, xat,xol,sarv,” kabi so’zlar ishlatiladiki, ular o’zida tasavvuf adabiyotiga oid ishq, yorning sochi ya’ni Ollohga yetkazuvchi vosita kabi mazmunlarni o’zida ifoda etadi. Yohud:
Navoiy senga har bir tun kerak bo’lgay,
Agar shodsan va yo mahzun-kerak bo’lgay.

Agar oshiq erursan lolazoringdir,


Agar Laylosanu Majnun kerak bo’lgay.3

Ushbu baytlarda biz asl mumtoz asarlar jilosini ko’ramiz. She’r tili, uslubi, vazni bizni o’rta asrlar adabiyoti muhitiga olib kiradi. Ayniqsa , uning talmeh, tazod she’riy san’atlari ustiga qurilishi badiiy jihatdan pishiq bo’lishini ta’minlagan.


Keyingi misralarda esa:

Agar ummon bilan suhbat quray dersan,
Agar o’zni desang Jayhun-kerak bo’lgay.

Bilay dersan nadir ko’ngil binosi ham
Nadir odam, nadir ochun -kerak bo’lgay.
Deya davom etiladiki, Navoiyning ulkan shaxsligi, uning dunyosi naqadar go’zalligi va unga bu dunyo munosib emasligi ifoda etiladi:
Sening bu olaming -fisqu fasod birlan,
U bir olamdurur gulgun-kerak bo’lgay.
Ko’rinib turibdiki, shoir Navoiyni juda avaylaydi, uning pokiza, nozik qalbini juda yorqin tasvirlaydiki, uni dunyoning chirkinliklaridan ancha yuqori qo’yadi. Zahiriddin Muhammad Boburga atalgan she’rida esa anchayin achchiq til bilan o’z fikrlarini bayon etadi:
Buncha uzun oh tortdingiz, oh Bobur,
Muttahamlar dunyosida shoh Bobur.

Andijon-u,Hind-u -yetti iqlimda


Topilmadi sizga bir dodxoh Bobur.
Ushbu misralarda Bobur shaxsiyati, uning qiyinchilik, darbadarlikdagi butun hayoti, unga bo’lgan sotqinliklar, fisq-u fasodlar va bu zotning “oh” tortgan qalbi ifoda etilganki,ijodkor Bobur dushmanlariga nafratini “Muttahamlar dunyosida shoh Bobur” deya ifoda etadi. Aynan ushbu misrada ijodkorning ziyrak so’z tanlovini ko’ramiz. Ya’ni:”Muttahamlar dunyosiga shoh Bobur”bo’lganida “dunyosida” “ga”tarzida ifoda etilganida ma’no tamoman boshqacha bo’lar edi. Ya’ni, Bobur ham ularning qatoriga kirib qolardiki, bittagina qo’shimcha bilan mazlumga aylanganini ko’ramiz.
Ko’rinib turibdiki, Sirojiddin Sayyid mumtoz va zamonaviy adabiyotni birlashtira olgan, ulug’ shoirlarimizga munosib izdosh bo’la olgan va ularga ijodiy ergasha olgan ijodkordir. Biz shoir she’rlarida Navoiyni anglaymiz, Bobur, Umar Xayyomni his qilgan holda yangi zamon shoirini ham ko’ramiz.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Qur’onov D. Adabiyotshunoslikka kirish www.ziyo.uz.com

  2. Oripova G.Mustaqillik davri o’zbek she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari-Farg’ona,2021.

  3. Sirojiddun Sayyid. Sevgi mamlakati. www.ziyo.uz.com

  4. S.Sayyid. Uyingdagi beshiklar. www.ziyo.uz.com.



11.Oripova G. Mustaqillik davri o’zbek she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.-Farg’ona,2021

2 Oripova G. Mustaqillik davri o’zbek she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari-Farg’ona,2021

3 Sirojiddin Sayyid she’rlari telegram kanali-2022

Download 22.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling