Sirojiddin sayyid ijodida mumtoz mushtarakliklar


Download 269.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.01.2023
Hajmi269.86 Kb.
#1076825
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sirojiddin-sayyid-ijodida-mumtoz-mushtarakliklar



 
 

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL OF BIRUNI 
ISSN (E) 2181-2993 
Vol. 1, Issue 2. Oct. (2022)
251 
www.birunijournal.uz 
SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA MUMTOZ MUSHTARAKLIKLAR 
ORIPOVA Gulnoza, 
FarDU katta o’qituvchisi, 
filoloiya fanlari bo’yicha falsafa doktari (PhD) 
IBROHIMOVA Gulchiroy, 
FarDU 2-kurs magistranti 
https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-251-255 
ANNOTATSIYA 
 
Mazkur tadqiqot jarayonida Sirojiddin Sayyid ijodiga mumtoz 
adabiyotning ta’siri va ijodkorning badiiy mahorati tahlilga tortilgan. 
Kalit so’zlar: muxammas, mumtoz adabiyot, milliylik, zamonaviy adabiyot 
ABSTRACT 
The article analyzes the influence of classical literature on the work of 
Sirojiddin Sayyid, the artist’s artistic skills 
Key words: muxammas, classic literature, nationality, modern literature 
 
KIRISH (Introduction) 
Zamonaviy adabiyot degani qadimiy, ajdodlarimiz yaratgan yuksak meroslardan 
voz kechish emas, balki undan ijodiy foydalangan holda yanada taraqqiy ettirishdir. 
D.Qur’onov ta’biri bilan aytganda:«Adabiyot taraqqiyotininig uzluksiz jarayonida har 
bir davr o’zidan oldingi davrlardan eng yaxshi jihatlarni o’ziga singdiradi,ularni 
sayqallaydi,maromiga yetkazadi, ayni choqda, o’zidanda nedir yangilik qo’shishga 
intiladi. Shu tariqa adabiyotning uzluksiz taraqqiyoti ta’minlanadi. Adabiyotdagi 
vorisiylik, an’analarga sodiqlik har bir milliy adabiyotdagi o’ziga xoslik’ milliy 
qiyofaning yo’qotilmasligini kafolatlaydi» .
1
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Deyarli har bir ijodkor adabiyot maydoniga kirdimi, albatta, o’zidan avvalgi ijod 
namunalarini, mumtoz manbalarni o’rganadi, yoinki, ularga muhabbat sabab qo’liga 
qalam oladi. Biz buni A. Oripov, E. Vohidov, R. Parfi va boshqa ijodkorlarda juda 
ko’p kuzatamiz. Shunday ijodkorlardan biri Sirojiddin Sayyiddir. Ijodkor tom 
ma’noda milliy shoirdir. She’rlari o’ynoqi ohangi, sodda va samimiyligi bilan ajralib 
turadi. Shu bilan bir qatorda, mumtoz adabiyot ta’sirini ham ko’ramizki, bu shoirning 
muxammaslarida, o’tmish shoirlarga murojaatlarida yanada namoyon bo’ladi. 
1.Oripova G. Mustaqillik davri o’zbek she’riyatining g’oyaviy-badiiy xususiyatlari.-Farg’ona,2021 



Download 269.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling