Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Download 237.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.05.2023
Hajmi237.82 Kb.
#1461861
  1   2   3


SHAXS IJTIMOIYLASHUVI VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR 
«Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi 
Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik 
bilimlar doimo zarur boigan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bogiiq va 
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan 
ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, 
psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson 
muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib 
bormoqda. 
Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli 
sifatida o'rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham 
subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan koiamda 
o'zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli 
jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. 
XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi 
kishilar sifatida hayot va faoliyatda o'zini o'zi nazorat qilish, baholash, ifodalay 
olish, kamol toptirish, kashf qilish va o'ziga o'zi buyruq berish imkoniyatlariga ega 
boimoqlari lozim. Bu esa, o'z navbatida, muayyan davrni taqozo etadi. 
Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik 
va uning ne'matlari respublikamizda tub o'zgarish-larni vujudga keltirmoqda. 
Milliy tuyg'u, milliy qiyofa, milliy ta'b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma'naviyat, 
qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi. 
Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj 
topayotgan, boshqa odamiar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va 
ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. 
Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o'zini o'rganish va faol tarzda qayta 
o'zgarish subyektiga aylan-moqda. 
O 'z menligini anglagan, o 'zgalar bilan o 'zaro munosabatlarga kirisha 
oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta 'sir o 'tkaza oladigan, har qanday individga 
shaxs deyiladi. 
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi Individ tushunchasida ifodalanadi 
(bundan farqli o'laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning 
oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi 
ham mujassamlashgan. 
Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda ko'p narsalarni 
aytgan bo'lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-tensial ravishda inson ekanligi 
ta'kidlanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb 
etadi, shaxs boiib yetishadi. 


Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks 
ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter 
xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid 
fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga 
xos usullari va boshqalarda namoyon bo'ladi. 
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o'xshash boima-gani singari, o'z 
navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga 
o'xshash emas. 
«Shaxs» ya «individuallik» tushunchalari qanchalik darajada bir-likdan iborat 
bo'lganiga qaramay, bir-biriga mos kelmasligining o'zi ham shaxsning tuzilishini 
kishining individual-psixologik xislatlari va fazilatlaridan tarkib topadigan 
allaqanday shakl sifatida tasavvur qilish imkoniyatini bermaydi. 
...";, «Shaxs» va «individuallik» tushunchalari (xuddi «individ» va «shaxs» 
tushunchalari singari) aynan bir-biriga o'xshaydi, deb tan olinadigan va shaxsga 
tabiatan ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida, individning tizimi tarzidagi 
ijtimoiy fazilat sifatida qaraladigan G'arb psixologiya fanining ayrim 
yo'nalishlarida shaxs bilan individuallikning tuzilishi bir-biriga tobora mosligi tan 
olinadi. 
Bunday 
psixologik 
maktablar 
va 
yp'nalishlaming 
vakillari 
individuallikning tuzilishi aniq ta'riflab berilsa bas, bu kishining shaxsini to'lig'icha 
o'z ichiga oladi va ta'riflab beradi, degan nuqtai nazarni ilgari suradilar. 
Haqiqatda esa, agar shaxs hamisha o'zining muayyan ijtimoiy muhiti bilan 
«haqiqiy munosabatlar» subyekt sifatida namoyon bo'li-shi inobatga olinadigan 
bo'lsa, shaxsning tuzilishiga muayyan ijtimoiy guruhlar, jarhoalar faoliyati va 
munosabatida tarkib topadigan ana shu «haqiqiy munosabatlar» va aloqalar 
muqarrar tarzda kiritilishi shart. 
Jurhladan, 
psixologiyada 
individuallikning 
ko'pgina 
xislatlari 
-
moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, moyillik darajasi, tashvishlanish va shular kabilar 
aniqlangan. Bular jamlanib individning o'ziga xosligini 
ko'rsatadi. 
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga 
qaraganda keng ekanligi shubhasiz. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning 
individualligini ko'rsatadigan va faqat ehtirosda, ich-ki qiyofada, qobiliyatlarda va 
boshqalarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, 
balki shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo'lgan guruhlarda, guruh uchun 
yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda 
o'zini namoyon etishini ham qo'shish shart. Individuallik tarzida shaxsni tadqiq 
etish natijasida olingan ma'lumotlar individlararo munosabatiar subyekti sifatida 
shaxsning ta'rifiga bevosita ko'chirilishi mwmkin emas: individual-tipik xususiyat 
shaxs yashayotgan va shafcllanayot-gan birlikning rivojlanishiga va individlararo 


munosabatlarning 
bilvo-sita 
ifodasi 
hisoblangan 
faoliyatning 
xususiyati, 
qadriyatlari va maq-sadlariga bog'liq tarzda, jiddiy ravishda turli xil ko'rinishda 
namoyon 
bo'ladi. 
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiat) va ijtimoiy omillarning o'zaro nisbati 
masalasi hozirgi zamon psixoiogiyasidagi eng murak-kab va munozarali 
masalalardan biridir. 
G'arb psixologiyasining ayrim maktablarida shaxsda ikki omil -biologik hamda 
ijtimoiy omillar ta'wri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik tuzilma borligini 
alohida ta'kidlaydigan nazariya sezilarli o'rin 
egallaydi. 
Inson shaxsining o'zi «endopsixik» va «ekzopsixik» tuzilishga bo'linadi, degan 
fikr ham tfgari suriladi. Shaxs tuzilishining ichki tuzilishi sifatida «endopsixika» 
bamisoli kishining asab-psixik tuzilishiga o'xshash bo'lgan inson shaxsining ichki 
mexanizmi kabi psixik qism-lar va funksiyalarning o'zaro ichki bogiiqligini ifoda 
etadi. Ekzopsi-xikaning tashqi muhitga munosabati bilan, ya'ni shaxs qanday bo'1 
masin, baribir munosabatga kirishishi mumkin bo'lgan va shaxsga qa- 
rama-qarshi 
turadigan 
tuzilishlarining 
barchasiga 
nisbatan 
munosabati 
bilan belgilanadi. 

«Endopsixika» rnoyillik, xotira, tafakkur va xayol jxususiyatlari, irodaviy zo'r 
berish, tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik kabi boshqa xis-latlarni, «ekzopsixika» esa 
kishi munosabatlari tizimi va uning tajriba-sini, qiziqishlarini, moyilliklarini, 
ideallarini ustun darajadagi his-tuyg'ularini shakllangan bilimlari va boshqa 
belgilarini o'z ichiga oladi. Tabiiy asosdagi «endopsixika» ijtimoiy omil bilan 
belgilanadi-gari «ekzopsixika»ga qarama-qarshi oiaroq, biologik jihat bilan 
bog'liqdir. 
Tabiiy tarkibiy jihatlar va belgilar kishi shaxsining individuallik tuzilishida 
uning ijtimoiy jihatdan taqozo etilgan qismlari sifatida mavjud bo'ladi. Tabiiy 
(anatomik, fiziologik va boshqa fazilatlar) va ijtimoiy xislatlar birlikni tashkil 
toptiradi va shaxsning mustaqil kichik tuzilishi sifatida bir-biriga o'zidan-o'zi 
qarama-qarshi qo'yilishi mum-kin emas. 
' ' Binobarin, individuallikning tuzilishida tabiiy, biologik omillar-nihg ham 
o'rnini tan olgan holda, kishi shaxsidagi biologik kichik tuzilishni faqat shunga 
asoslanib ishlash murnkin emas. Negaki, unda ular o'zgargan holda allaqachon 
mavjuddir. 
Shunday qilib, shaxsning ruzilishiga, birinchi navbatda, uning in-dividualligini 
kishi ehtirosi, ichki qiyofasi, qobiliyatlarining tuzilishida mujassamlashgan, shaxs 
psixologiyasini anglab yetish uchun zarur, lekin yetarli bo'lmagan tizimli tarzda 
tuzilishi kiradi. Shu tariqa shaxs tuzilishining birinchi tarkibiy qismi uning individ 


ichkarisidagi (introindivid) kichik tizim alohida namoyon boiadi. Introindivid va 
inter kichik tizimlari shaxsning o'zini namoyon qilishning barcha jihatlarini aks 
ettira olmaydi. Shaxsning tuzilishini tarkib toptiradigan uchinchi bir qismni 
metaindivid (individning ustki ko'rinishi) kichik tuzilishini ham alohida ko'rsatish 
imkoniyati mavjud. 
Shunday qilib, inson shaxsining tuzilishi uchta tarkibiy qismdan, uchta kichik 
tizimdan iborat: shaxsning individualligi, uning shaxsla-raro munosabatlar tizimida 
va boshqa - odamlarda gavdalanganligi hamda shaxsning o'zi kelib chiqishiga ko'ra 
individlararo ijtimoiy munosabatlar va aloqalar subyekti sifatida mavjud bo'lishiga 
barcha uchala jihatning birligida ta'riflangan bo'lishi shart. 
Shaxsning metaindivid kichik tizimi kishining eng muhim ma'na-viy 
ehtiyojlaridan biri shaxs darajasiga ko'tarilish ehtiyojini, ya'ni o'z faoliyati bilan 
boshqa odamlarning aqliy va. emotsional jabhalarida ular uchun ahamiyatga ega 
bo'lgan o'zgarishlar; yasashini boshqalar-dan ko'proq darajada ifoda etadi. 
Shunday qilib, jamiyatda yashayotgan kishida ta'lim va tarbiya berish to'g'ri 
yo'lga qo'yilgan taqdirda ijtimoiy foydali faoliyatda shaxs darajasiga ko'tarilish 
ehtiyojining shakllanishi va qondirihshi uchun barcha shart-sharoitlar tarkib topadi. 

Download 237.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling