Shaxs ijtimoiylashuvi va ijtimoiy xulq-atvor


Download 237.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.05.2023
Hajmi237.82 Kb.
#1461861
1   2   3
muvaffaqiyat 
O 'zini hurmat qilish  
intilishlar 
taklif etgan edi. Ma'lumki, surati oshib, maxraji kamayganda kasr kattalashadi. 
Shu sababli kishi o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi uchun ayrim hollarda eng 
ko'p kuch va g'ayrat sarflashi va o'zini hurmat qilishini saqlab qolishi shart bo'lib, 
bu ko'pincha murakkab vazifa hisoblansa, boshqa bir yo'li intilishlarining 
darajasini pasayti-rishdan iborat. Bunda hatto eng kamtarona muvaffaqiyatlarga 
erish-ganda ham o'zini hurmat qilish hissi yo'qolmaydi. 
Psixologik muhofaza faqat intilishlar darajasini pasaytirish holla-ridan iborat 
emas. Bu psixologik qulaylikning buzilishi «Men» siymosining mavjud bo'lishiga 
xavf tug'diradigan his-tuyg'ularni bartaraf etish va uni mazkur holatlar uchun 


maqbul va mumkin boigan darajada saqlab qolish maqsadida shaxs qo'llaydigan 
alohida yo'nal-tiruvchi tizimdan iboratdir. «Psixologik muhofaza» tushunchasiga 
ya-qin «muhofaza mexanizmlari» tushunchasini psixoanaliz maktabining 
yetakchisi Z. Freyd ishlab chiqqan edi. U bu tushunchani shaxsni biologik
mavjudot deb hisoblaydigan mexanistik falsafa nuqtai nazaridan talqin qilgan 
edi. 
Z. Freyd kishining ongsiz instinktlari (asosan shahvoniy hirsi) ongli «menning 
muhofaza mexanizmlari», shaxsning «ichki senzura-;, si» bilan to'qnashib qoladi 
va buning natijasida turli o'zgarishlarga uchraydi, deb taxmin qilarkan, psixologik 
muhofazaning noto'g'ri :,, talqin etilishiga yoi qo'ygan edi. Masalan psixologik 
muhofazaning mexanizmlaridan biri o'z maq-sadiga erishish yoiidagi g'ovlarni 
bartaraf eta olmagan va frustratsiyaga tushgan paytda ro'y beradigan 
tajovuzkorlikdan iboratdir. 
Shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning faolligi 
va uning ijti- 
moiy 
jihatdan 
ahamiyatga 
molik 
yo'naltirilganligi 
masalasi 
huquqni 
muhofaza 
qilish 
organlari 
xodimlarining 
diqqat 
markazida 
bo'lishi 
kerak. 

•. 
3. Shaxsning shakllanishi 
Shaxs muayyan tarixiy hayot kechirish sharoitlarida, faoliyat (mehnat qilish, 
o'qish va hokazolar) jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanish jarayonida 
guruhlar va jamoalarda amalga oshiri-iadigan ta'lim va tarbiya yetakchi o'rin tutadi. 
«Shaxsning shakllanishi» ikki xil ma'noda qo'llaniladi. Birinchisi shaxsning 
shakllanishi uning rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligidir. Ikkinchi 
ma'nosi 
shaxsni 
maqsadga 
yo'naltirilgan 
tarzda 
tarbiyalash 
sifatida 
shakllantirishdan iborat. 
Psixologiya tarixida shaxs rivojianishi va takomillashuvini ha-rakatlantiradigan 
kuchlar va mana shu masalalarni hal etishning ikkita yo'nalishi mavjud bo'lgan. Bu 
yo'nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini 
olgan. 
Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojianishi biologik, asosan nasliy 
omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojianishi 
ichki sabab natijasida (o'zidan o'zi) sodir bo'iish xususiyatiga egadir. 
Inson shaxsini xususiy faolligidan mahrum boigan narsa, pesha-naga yozib 
qo'yilgan biologik omillar ta'sirining mahsuli deb ifoda-laydigan biogenetik 
konsepsiya pedagogikani shaxsning qismatiga ko'ra oldindan belgilab qo'yilgan 
ushbu fazilatlari paydo boiishining sustkash shohidi qilib qo'ygan edi. 
Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak atrofdagi ijtimoiy mu-hitning 
bevosita ta'siri natijasi, muhitdan olingan nusxa deb hisoblay-di. Bunda ham xuddi 
biogenetik konsepsiyadagi kabi rivojlanib bo-rayotgan kishining xususiy faolligi 


inobatga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga 
xos sust o'rin tutishi mumkin deb hisoblanadi. Agar sotsiogenetik konsepsiyaga 
amal qili-nadigan boisa, nima uchun ba'zi vaqtlarda bir xil ijtimoiy muhitda turli 
odamlar yetishib chiqishini tushuntirib boimaydi. 
Shunday qilib, na biogenetik va na sotsiogenetik konsepsiyalar shaxs 
rivojlanishining qonuniyatiarini tushunib yetishga asos qilib olinishi murnkin 
emas. Unisi ham, bunisi ham psixik rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchlarini 
aniqlay olmaydi. Buni amalga oshirish-ga ikkala omilning (muhit va irsiyatning) 
mexanik tarzdagi o'zaro bogiiqlikdagi harakati yoxud konvergensiya (bir xil tashqi 
muhitda o'xshash belgilarning hosil boiishi) nazariyasi ham yordam bera olmaydi. 
Chunki bunda rivojlanishning ikkala konsepsiyasi xatolari bartaraf etilishidan ko'ra 
ko'proq orta boradi. 
Shaxs rivojlanishining harakatlantiruvchi kuchlari muammosini hal etishda 
dialektik nuqtai nazar yechimi rivojlanishida amalga oshi-riladigan quyidan 
(oddiydan) yuqoriga (murakkabga) o'tishni ta'min-laydigan ziddiyatlar ta'rifiga 
murojaat qilishga to'g'ri keladi. Shaxs-ning faolligi kishini anglanilgan va 
anglanilmagan sabablar tizimi orqali faoliyatga undovchi ehtiyojlaming majmui 
bilan belgilanadi. Lekin ehtiyoj laming qondirilish jarayoni zamirida ziddiyat 
mavjuddir. Ehtiyojlar odatda paydo boiishi bilanoq darhol qondirilmaydi. Warning 
qondirilishi uchun moddiy mablagiar, shaxsning faoliyatga muayyan darajada 
tayyorgarligi, bilimlar, malakalar va hokazolar zarur. Shaxsning rivojlanishini 
harakatlantiruvchi kuchlar kishining faoliyatida o'zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan 
ularni qondirishning real imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlarda aniqlanadi. 
Ehtiyojlarning qondirilishi yana va yana shunday bir vaziyatni keltirib 
chiqaradiki, bunda kishi ehtiyojlari rivojlanishining erishilgan darajasi bilan ularni 
qondirishning real imkoniyatlari o'rtasida ziddij'at namoyon boiadi. Ziddiyatlarning 
shaxs rivojlanishiga olib boradigan darajada hal etilishi faoliyatda uni amalga 
oshirishning muayyan vositalarini (usullarini, malakalarini, jarayonlarini, bilimla-
rini va boshqalarini) ta'lim jarayonida egallash orqali ro'y beradi. Buning ustiga
ehtiyojlarning jo'shqin faoliyat vositasida qondirilishi qonuniy tarzda yangi 
yuksakroq darajadagi ehtiyojini keltirib chiqa-radi. 
ma'naviy yuksaklik darajasiga olib chiqish kishi shaxsini shakllanti-rishning 
asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Shaxsning shakllanishi uning jamoaga qo'shilganligi sharoitida ro'y beradi. A. 
S. Makarenko ta'kidlaganidek, shaxs yuksak darajada rivojlangan guruhdan iborat 
va shaxsning qimmatli fazilatlarini shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarga ega 
boigan jamoada va jamoa vositasida rivojlanadi. 
Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida boiadi va 
ko'plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o'quv maskan-lari, mehnat jamoalari, 


norasmiy tashkilotlar, din, san'at, madaniyat va boshqalar) bilan bogiiq boiadi. 
Shaxsdagi turli g'oyalar, fikrlair va mafkura, mafkuraviy munosabatlar tizimi 
ta'sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog'cha, maktab singari o'quv va tarbiya 
muassasalari orqali ongga singdiriladi. 

Download 237.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling