Sog`lom mafkura nima?
Download 14.77 Kb.
|
savollar va javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy madaniyat nima
- G`oy anima G`oya
Sog`lom mafkura nima? umuminsoniylikning ustuvorligi tamoyiliga tayanadigan, ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlovchi ezgu va bunyodkor g`oyalar tizimi. Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan, odatda, uning tanazzuli, halokatiga sabab bo’ladigan fashizm, kommunizm, diniy-ekstremizm kabi nosog`lom mafkura shaqllaridan farqli o’laroq, sog`lom mafkura insoniyat taraqqiyotini tezlashtiradi, xalq farovonligi, Vatan ravnaqiga imkon yaratadi. Sog`lom mafkura jamiyatdagi mulkiy plyuralizm, fikrlar rang-barangligi, ko’ppartiyaviylik sharoitiga mos keladi. U davlat doktrinasi emas, balki muayyan jamiyatning hayoti va taraqqiyotini ta’minlaydigan umumiy tamoyillarni ifodalaydi. Bunday sharoitda davlat ana shu tamoyilllarga barcha fuqarolarning amal qilishini huquqiy kafolatlaydi. Sog`lom mafkuraga ehtiyoj bugungi kunda tarixiy zaruratga aylandi. Zero, bunday mafkurasiz jamiyat samarali taraqqiy eta olmaydi. Huquqiy madaniyat nima ? fuqorolarning yetukliligi va ongliligini ko’rsatuvchi mezon. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqning rivojlanish darajasi, ahlolning huquq haqidagi tushunchasi, qonunlarning ahvoli, huquqni amalga oshirish ishlarini tashkil etish darajasi, huquqning obro’yi singari elementlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq fanining rivojlanish darajasi, huquqni tashviqot qilishning qanday yo’lga qo’yilganligi,madaniyatning umumiy darajasi ta’sir qiladi. Huquqiy madaniyat huquqiy ongning amaliyoti, ya’ni huquqni qo’llash, amaliyotga tatbiq etishdir. Shaxs qanchalik huquqiy bilimga ega bo’lmasin, konun va boshqa qoidalarga amal qilmasa, u jamiyat uchun katta zarardir. Bu huquqiy madaniyatsizlikdir. G`oy anima? G`oya — inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy harakterga ega bo’lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir o’tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaqlaydigan kuchli, teran fikr. Inson ongining mahsuli sifatida g`oyalar tushuncha va fikrlar yordamida ifoda etiladi. Ammo har qanday fikr va qarash ham g`oya bo’la olmaydi. G`oyalar, garchi tafakkurda paydo bo’lsada, inson va jamiyat ruhiyatiga, hatto g`ayri shuuriy qatlamlarga ham singib boradi. G`oya shunday quvvatga ega-ki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad sari yetaqlovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. Turli diniy aqidalar, falsafiy ta’limotlar, ilmiy qarashlar, badiiy asarlarning negizida muayyan g`oyalar yotadi. Ijtimoiy-siyosiy harakatlarning maqsadlari ham g`oyalarda aks etadi. G`oya komil insonlarning iymon-e’tiqodi, dunyoqarashi o’zagini, hayot mazmunini tashkil etadi. Ular ezgu g`oya deb yashaydilar, bu yo’lda hatto jon fido qiladilar. Tarixda o’z jasorati, mardligi va qahramonligi bilan iz qoldirgan buyuk insonlar, albatta, yuksak g`oya sohiblari bo’lganlar. G`oyalar juda qadimiy tarixga ega. Ma’lum ma’noda insoniyat tarixini g`oyalar tarixi sifatida talqin qilish mumkin. G`oyalarning turlari ko’p. Faqat yuksak joziba kuchiga ega bo’lgan, haqiqatga yaqin g`oyalargina jamiyatda keng tarqaladi. Download 14.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling