Abdurahmon Akbar ijodidagi rang-baranglik
Download 11.17 Kb.
|
12mavzu adabiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit soʻz
- Ключевое слово
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Abdurahmon Akbar ijodidagi rang-baranglik Esanova Róshana Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Annotasiya: ushbu maqoladan Abdurahmon Akbar ijodi haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Shoir asosan qanday yoʻnalishda she'rlar yozganligi haqida, ijodining rang-barangligi haqida oʻrganamiz. Kalit soʻz: Abdurahmon Akbar, she'rlari, bolalarga xos Аннотация: из этой статьи мы получим информацию о творчестве Абдурахмана Акбара. Мы узнаем о том, в каком направлении поэт писал стихи, о разнообразии его творчества. Ключевое слово: Абдурахман Акбар, стихи для детей Abstract: from this article we will get information about the work of Abdurahman Akbar. We will learn about the direction in which the poet wrote poems, about the diversity of his work. Key word: Abdurahman Akbar, poems for children Abdurahmon Akbar 1962- yilda Yangiyo‘l tumani Niyozbosh qishlog‘ida tavallud topgan. U 1987- yilda hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. Abdurahmon Akbar ijodi rang-barang mavzuda, shirali, ta’sirli yozilganligi bilan ajralib turadi. Aksariyat she’rlarining qahramonlari ko‘ngillari osmon kabi musaffo, shaloladek quvnoq, orzulari buloqlar suvidek toza, shamoldek tinim bilmaydigan bolakaylar ekanligining guvohi bo‘lasiz. Kattalar his qiladigan narsalarni bu bolakaylar ham his qiladilar. Bunday kitobxonlarni o‘ylantiradigan, ularning qalbiga zavq båra oladigan she’rlar yozish uchun esa bolalar dunyosini bilishi, sevishi, ardoqlashi lozim. Yana bir gap. Ularning yuraklaridagi orzularni qidirib topish, ularni o‘rtagan narsalardan o‘rtanish, ular hayratlangan narsalardan hayratlanish talab etiladi. Kichkintoylar dunyoni o‘zgacha idrok qiladilar. Kattalar uchun oddiy tuyulgan narsalar ular ko‘z o‘ngida fojiali ko‘rinishi, kattalar uchun og‘riqli va armonli tuyulgan yechilmas masalalar esa ular nazarida oddiy, yechimini topishi qiyin emas. Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga loyiq. Muallif „Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish“ nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi: „Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimizdagi qofiyali nasr (saj)ni eslatuvchi „Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar“ turkumini she’riy shaklga sig‘magan fikrlar tizimi deyish to‘g‘riroq bo‘lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o‘ychan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armon-u iztiroblarini, dard-u tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig‘dira olmay, to‘lqinlanib so‘zlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, „Dadamning qalbi“ she’riy hikoyasida shunday deyiladi: „Armon uyasimish dadamning qalbi, dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to‘rt she’ri dadam qalbining topgan quvonchi-yu ozori emish. Dadamning yuragi dunyo ko‘rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish" „Dadamning fikri“, „Ari“, „Supacha“, „Dadamning hazili“ she’riy hikoyalarida ham ana shunday mag‘zi to‘q fikrlar saj yo‘sinida hikoya qilingan va ular ham yosh kitobxon qalbida balog‘atga oshno hissini uyg‘otishga xizmat qiladi. Bolalar tabiatni biz kattalar singari jonli va jonsizga ajratishmaydi, xayoliy va hayotiy voqea-hodisalar o‘rtasiga ham chegara qo‘yishmaydi. Ular uchun tabiat va inson bir butun, yaxlit. Shoir bolajonlarning mana shu xususiyatini yaxshi ilg‘agan holda yosh kitobxonlarga hayotiy va xayoliy voqåalarni uyg‘unlikda taqdim etadi. Masalan, bir she’rida chigirtkalar sokin tunda qo‘shig‘imizni butun qishloq zavq bilan tinglayotir („Chigirtkalar qo‘shig‘i“) dab ishonishadi. Kungaboqar chumoli uchun quyosh bo‘lib tuyuladi („Shirin quyosh“), Kichkintoy Yomg‘irvoy esa onasi Bulutning gaplariga quloq osib, ko‘klam kelganda „zaminga shoshiladi“ („So‘zlovchi yomg‘ir“), „Ko‘ngli tusab qolsa“ ko‘kdan tushadi-yu, „gullarning qulog‘iga she’r o‘qiydi“ („Yomg‘ir haqida she’r“). Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/hamza-imonberdiyev-1954-1997 "Bolalar adabiyoti va ifodali oʻqish" Mamasoli Jumaboyev "Voris-Nashriyot" Toshkent-2017 Download 11.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling