Bugun Humo qushi musaffo osmonimiz ustida qanot qoqayotgan ekan, yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo


Download 33 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi33 Kb.
#1602873
Bog'liq
jaholat aralash


Bugun Humo qushi musaffo osmonimiz ustida qanot qoqayotgan ekan, yurtimiz tinch,osmonimiz musaffo. Elga, yurtga boqib xalqimizning qilayotgan bunyodkorliklarini ko’rib, Sarbonimizning elimizga, yurtimizga ko’rsatayotgan g’amxo’ligiga chin dildan minnatdorlik bildirib, Allohga shukrona aytamiz.
Ammo…Xalqlar tinchligini ko’rolmayotgan, insoniy xislatlardan begona, o’zining xudbin rejalarini pinhona amalga oshirishni o’ylayotgan kimsalar ham oramizda yo’q emas.Ularning yagona maqsadi biznikiday tinch,osoyishta,farovon,har tomonlama rivojlanayotgan mamlakatni jar yoqasiga keltirib, boy madaniyatini va oltindan yuksak tarixini oyoqosti qilib,o’zlariga qaram qilishdan iboratdir.Ular o’z niyatlarini yashirish maqsadida musaffo islom dinini niqob qilib olishyapti.
Bu kabi yovuz kimsalarni qilayotgan ishlariga nazar soladigan bo’lsak, nohaq qon to’kish,qaroqchilik,buzg’unchilik qilishdan iboratdir.Alloh taolo “Moida”surasi 32-oyatida:“Biror jonni o’ldirmagan yoki yerda buzg’nchilik qilmagan insonni o’ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o’ldirgan kabidir.Unga hayot baxsh etgan (o’limdan qutqarib qolgan) odam esa,barcha odamlarni tiriltirgan kabidir”-deb ta’kidlaganlar. Boshqa bir oyatda esa: “Albatta Alloh adolatga,ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyuradi hamda buzg’unchilik,yovuz ishlar va zulm qilishdan qaytaradi” (Naxl surasi 91-oyat.)
Ko’rib turibmizki,islom-insonparvar din.Bu kabi yovuz ishlardan qaytaradi.Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v)ham aytadilar:“Qiyomat kuni birinchi savol nohaq to’kilgan qonlar to’g’sida bo’lur”.
Bugun turli niqoblar bilan el o’rtasida buzg’unchilik, vayronkorlikni niqob qilib olgan kimsalar Alloh oldida, yurtdoshlari oldida yuzi qarodir. Chunki ularning niyati, amallari hech bir shariat va odamiylik o’lchamlariga mos emas. Bas, shunday ekan, Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Jaholatga qarshi marifat bilan” ongimizni, ruhumizni, aqlimizni charxlab, har bir sohada insonparvarlikka ajdodlarimiz va dinimiz ko’rsatgan an’analariga rioya qilaylik.
 
Jaholatga qarshi ma’rifat
Reja :
1. Tarixda jaholatga qarshi kurash
2. Prezidentimizning tashabbusi
3. Ilm –fan ravnaqi.
Tarixdan bilamizki, insoniyat о‘zboshidan juda kо‘p sinovlarni kechirgan .Qanchadan-qancha qirg‘in-barotur ishlar, buzg‘unchiliklar bо‘lgan. Odamzod aqlli zot bо‘la turib nega bularga yо‘l qо‘yib kelmoqda? Axir urushlar, buzg‘unchiliklar avvalo uning о‘zi uchun zarar keltiradiku? Bu savolga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shunday javob beradi: ”Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, inson tabiatiga insoniylikdan kо‘ra vahshiylik, ur-yiqit instinklari ya’ni xatti-harakatlarini qо‘zg‘atib yuborish osonroq. Erk va ozodlikka intilib yashash eng ulug‘ insoniy tuyg‘ulardan biridir. Zero, erkinlik va ozodlik ta’miglangan sharoitdagina u о‘zligini namoyon eta oladi. Ozodlik qaror topgandagina inson shaxs sifatida shakllanadi, erkin mehnat qiladi, о‘qiydi, izlanadi, ma’naviy yuksaklikka qarab intiladi. Inson barcha sinovlarga chiday olishi mumkin, ammo ozodliksiz yashay olmaydi.
Hozir jaholatga qarshi Islom Karimov kurashayapti va boshqalarni ham bu harakatga cjorlamoqda. Ular davlatlar bilan rasmiy shartnomalar tuzishayaptilar. Shunday hur о‘lkada tug‘ilganimdan faxrlanaman. Bilimimizni yanada mustahkamlash uchun alohida shart-sharoitlar yaratilyapti. Yoshlar bilim olishi, salohiyatli, barkamol fuqaro bо‘lib ulg‘ayishi, el–yurt ravnaqiga xizmat qilishi hamma zamonlarda dolzarb sanalgan. Lekin hozir shunday yoshlar О‘zbekiston davlatidan yetishib chiqqan. Lekin qaysi davlatda bо‘lsa ham shunday or-nomussiz, о‘z vatanini sotadigan insonlar yetishib chiqmayapti deb aytaolmaydi. Lekin ularni Vatanimiz himoyachilari qо‘lga olib jazosini berishayapti. U odamlarga tushunmayman. Ularning xarom pulini olgandankо‘ra О‘zbekistonda ishlarga ishlasa yaxshi emasmi? Ularkeyingi umrlarini qamoqda о‘tkazadi. Ular Vatan hoinlari nomini olgandan ularga ne naf. О‘zbek millatining, о‘zbek farzandlarining qobiliyati, zehnn-zakovati, tirishqoqligi borasida boshqa hech bir millat yoki xalqdan qolishadigan joyi yо‘q. Ota-bobolarimiz shuxratining soyasiga mahliyo bо‘lib yuradigan davrlar endi о‘tdi. Bugun jahon bizdan о‘z sо‘zimizni aytishimizni, о‘z taffakurimizni namayon etishimizni talab qilmoqda. Biz ana shu yuksak munosabat va hurmatga loyiq bо‘lishimiz darkor.
Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling