Reja Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Kichik yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash. O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash. Har XIL sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarning o‘ziga xos


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1200733
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya mustaqil ish



Reja
1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. 
2. Kichik yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash.
3. O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash.
4. Har xil sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarning o‘ziga xos metodikasi.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos 
harakatli o‘yinlarni tanlash, o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda 
harakatli o‘yinlarni o‘tkazish va tahlil qilish, har xil sinf o‘quvchilari bilan 
o‘tkaziladigan o‘yinlarning o‘ziga xos metodikasi haqida ma`lumotlarga ega qilish.


1.Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. 
Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq», «Tez suzish», «Suv ostida 
suzish», «Qurbaqa va laylak», «Cho’rtan baliq». 
Suvda o ‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv 
mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda 
suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish, 
suvdan suzib o‘tish, 
suv kechish
, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan, 
suvda cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak, 
ko‘ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o‘yinJardir. Bular. suv yoki sut simirmoq, 
suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq, ya’ni babslashmoq. Hozirgi paytda 
bolalar buni «qaymoq» o‘yini deb o‘ynashadi. O'yinda toshning suvga necha marta 
tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim ko‘p «qaymoq» hosil 
qilsa, o'sha g'oiib sanaladi. Devonda bolalar o‘yinlarining turi ko‘p uchraydi. 
Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir o‘yinlar tafsiloti 
bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon» olishlari — 
«Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan asir olishlari 
«Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi ham bor. 
Oshiq o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari, qizlarning 
arg‘imchoq o‘yifilari ham birma-bir sanab octilgan. 0‘sha davrdagi ko‘pgina 
o‘yinlar bolalaming hozirgi davrdagi o‘yinlarini eslatadi. Masalan, «0‘tish-o‘tish» 
deb atalgan o‘yin «Kesak kuydi», «Darra soldi», «Musht ketdi» o‘yinlariga o‘xshab 
ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida, shuningdek, yaqin 
joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida bolalaming «Muguz-muguz» 
nomli qadimiy o‘yini o‘ynalgan. Devonda «Oqsuyak» o'yini misol tariqasida 
keltiriladi. Alisher Navoiy ham o‘zinmg «Mahbub ul-qulub» asarida «Oqsuyak» 
o‘yinining ta’riflni beradi. Mahmud Qoshg‘ariy devoni XI asrda bitilgan bo‘lsa, 
Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda 
ham bolalar «Oqsuyak» o‘yinini xuddi o‘sha qoida asosida o‘ynaydilar. «Oqsuyak» 
o‘yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda, balki yer kurrasining ko‘p joylarida keng tarqalgan. 


Bu o‘yinni Yevropaning Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid 
adabiyotlarda o‘qish mumkin. Hattoki, ushbu о‘vin Avstraliyada ham uchraydi. 
Aslida, xalq o‘yinlari hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, 
elatlar orasidagi o‘zaro do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun 
xizmat qiladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling