Reja Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Kichik yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash. O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash. Har XIL sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarning o‘ziga xos


O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana15.02.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1200733
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jismoniy tarbiya mustaqil ish

3.O‘rta va katta yoshdagi bolalarga mos harakatli o‘yinlarni tanlash.  
11-14 yoshdagi o‘quvchilar uchun darsga kiritiladigan harakatli o‘yinlar 
jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari o‘rnini bosa boshlaydi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazganda V-V1I sinf o‘quvchilari 
organizmning ular yoshiga mos ravishda rivojlanishi kerakligini unutmaslik 
kerak.SHuning uchun darsda o‘yinlar tashkil qilish, o‘tkazish va mashg‘ulotlar 


vaqtida o‘yin materiallarini bolalarga asta-sekin to‘liq berish zarur. O‘yin 
paytida bolalarning juda keskin harakat qilmasligiga qarab turish xar bir 
bolaning o‘ziga yarasha munosabatda bo‘lishi muhum ahamiyatga ega.
O‘quvchilarga o‘rgatiladigan harakatli o‘yinlar tashkiliy to‘zilishi 
harakatlarning mazmuni jixatdan birmuncha murakkab bo‘ladi. Sport 
elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq 
o‘rin beriladi.
V-VII sinflarda harakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi qismlarida 
o‘tkazgan ma’qo‘l. Darsning asosiy qismida birorta murakkab sport o‘yinini 
o‘rtanishga zamin tayyorlash uchun ba’zi bir o‘yinlarni kiritish mumkin bundan 
maqsad o‘quvchilarni sport o‘yinlariga tayyorlashdir.
Ma’lumki VIII-IX sinf o‘quvchilari ijtimoiy va ishlab chiqarishga oid ishlar bilan 
shug‘ullanadilar.Bu xol ulardan harakatli o‘yinlar uchun ajratilgan vaqtni tejab 
sarflashni talab etadi ular ko‘proq sport bilan shug‘ullanadilar.
 
O‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda harakatli o‘yinlarni 
o‘tkazish va tahlil qilish.  
Harakatli o‘yilarni o‘tkazishda o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga 
olishda eng avvalo o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga va fiziologik xususiyatlarini 
e’tiborga olishni taqozo etadi. Bundan tashqari o‘yinlarni qay holatda, qaerda, 
o‘tkazilishi muhim ahamiyatga egadir. Harakatli o‘yinlar o‘z vazifasiga ko‘ra 
bilim beruvchi, sog‘lomlashtiruvchi, davolovchi hamda hordiq chiqaruvchi 
bo‘limlarga bo‘linadi. Milliy o‘yinlardan foydalanish jarayonida boshlang‘ich 
maktab o‘quvchilarining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak:
Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o‘zaro 
muomalasiga, munosabatiga qiziqadi.
Bolalar xalq o‘yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo‘shqin 
histuyg‘uli jihatlarini aks ettiradilar.


Milliy o‘yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda 
yashayotganini his etgan holda o‘z istagini amaliyotga tadbiq qiladi.
Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida 
namoyon bo‘lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o‘chmas iz 
qoldiradi.
SHu bobni xulosa qilib aytish mumkinki, milliy xalq o‘yinlaridan foydalanishda, 
ularni qo‘llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab 
etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil 
bo‘ladilar. Buni bolalar yosh davrlarini ishlab chiqqan buyuk pedagog
YA.N.Komenskiy ham o‘z vaqtida ta’kidlagan edi.
Umuman bu yoshda bolalar juda ham harakatchanligi bilan ajralib turadi. 
Harakatchanlik esa maxsus, oqilona tashkil etilishni, harakatga soluvchi 
yurishturish shakllarining to‘g‘riligini talab etadi.
Bolalarning bu yoshida tormozlanish va qo‘zg‘alish jarayonlarini
muvozanatligini yuzaga keltirishda kattalar talabining tizimliligi va o‘zini tuta 
bilishga odatlantirish katta rol o‘ynaydi.
Milliy o‘zbek o‘yinlarini yoshlar, ayniqsa maktab o‘quvchilari sevib, maroq 
bilan o‘ynamoqdalar. Bunday o‘yinlar jismoniy tarbiya darslaridagina emas
balki hovlilar va bog‘, parklarda dam olish soatlarida o‘ynaladi. Muhim sifatlarni 
rivojlantirishga mo‘ljallangan umumiy rivojlantiruvchi va maxsus mashqlarga 
doir bayon qilingan material, ko‘proq o‘yin tarzida beriladi, lekin mashqlarni 
tushuntirish va faol dam olish uchun, qisqacha pauzalar bo‘lgan kichik dozada 
uzluksiz bajariladi. O‘yin mashqlaridan keyin bo‘shashtiradigan, ohista 
yuriladigan mashqlarni yoki diqqat-e’tiborini o‘stiradigan mashqlarni berish 
lozim.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling