Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish


Download 163.62 Kb.
bet1/7
Sana30.01.2024
Hajmi163.62 Kb.
#1817156
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-AMALIY MASHGULOT


2-AMALIY MASHG`ULOT.
MAVZU:SINFDAN TASHQARI ISHLARDA BOLALARNING YOSH XUSUSIYATLARINI HISOBGA OLISH VA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH

  1. Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish

Maktabdagi tarbiya ishlari, avvalo ta`lim jarayonida amalga oshiriladi. O`qituvchi o`quvchilarga ta`lim berishda faqat ma`lum bilimlargagina berish bilan cheklanmay, ularda kuchli e`tiqod, iroda va xarakter sifatlarini ham tarkib toptirishi, qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish kerak.
Maktabda ta`lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda, o`quvchilarning har tomonlama kamol topishida sinfdan tashqari o`qish darslarini muntazam ravishda o`tkazib turish yoshlarning hayotda o`z o`rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir.
Bolalar va o`smirlar ta`limga bo`lgan, yakka tartibdagi ortib boruvchi talab ehtiyojlarini undirish ularning bo`sh vaqtini va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari jamoa tashkilotlari shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari va nodavlat ta`lim muassasalarini tashkil etadilar.
Maktabdan tashqari ta`limni rivojlantirish, uning tuzilmasi va mazmun, mundarijasini takomillashtirish vazifalarini hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirishi kerak: ta`lim berish va kamol toptirishga yo`naltirilgan xizmatlar ko`rsatuvchi muassasalar tarmog`ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini ko`paytirish;
Ommaviyshakllar: Ertaliklar, maktabkechalari, bolalarbayramlari, ko`riklar, quvnoqlar va topqirlar to`garagi, sayr, maktab muzeylari, bolalarishlarining ko`rgazmalari va hokazolar.
Odob (Rivoyat)
Bir kishi Luqmoni hakimdan: «Odobni kimdan o`rgandingiz?» - deb so`radi. «Odobni odobsizdan o`rgandim», - deb javob beribdi Luqmoni hakim. «Odobni odobsizlardan qanday o`rgandingiz?» - deb so`rabdi u kishi. Luqmoni hakim javob beribdi: «Doim odamlarning qilgan ishlariga, so`zlagan so`zlariga diqqat bilan qarab yurdim. Kimdan bir yomon so`z eshitsam, shu so`zni hech bir so`zlamadim. Kimda-kim bir yomon ish qilsa, shu ishni hech bir qilmadim».

Download 163.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling