Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish


Download 163.62 Kb.
bet7/7
Sana30.01.2024
Hajmi163.62 Kb.
#1817156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-AMALIY MASHGULOT

2 -boshlovchi: Endi navbat mana shu raqamlar ishtirokida o’tkaziladigan “Hisob sandig’i“ deb nomlangan viktorinaga.
(O’quvchilar guruhlarga bo’linadi).
Qo’shuv (“+“) belgisi:
F aqat ikki chiziqcha kifoya unga, Biri tik turadi, biri gorizontal. Qarab bajarsangiz chapga va o’ngga, Oz miqdor ko’payib, hisob bo’lar hal.
Ayiruv (“-“) belgisi:
K ichik bitta chiziqcha kifoya menga, Doim duch kelasiz hisob-kitobda. Qayerda men bo’lsam bering e’tibor, Ko’p miqdor ozayib qolar shu tobda.
Ko’paytiruv (“*”) belgisi:
N uqtajon-u nuqtajon, Seni belgilash oson. Na ening bor, na bo’ying, Lek qudrating bir jahon!
Bo’luv (“:”) belgisi:
Ikki nuqta yoki chiziqcha misol, Turadi ikki son orasida. So’ngra burda-burda qilib tashlaydi, Hech kimni ayamay ish sohasida.
1-boshlovchi: - Endi navbat viktorinaga.
1-shart. Qo’shiluvchilar yozilgan kartochkalar o’rnini almashtirish orqali tenglikni to’g’rilang.

1

3

+

2

5

=

4

7

Javob: 12+35=47
Kamayuvchi va ayriluvchi yozilgan kartochkalar o’rnini almashtirish orqali tengliklarni to’g’rilang.

8

4

-

5

6

=

2

3

Javob: 68-45=23
2-shart.
Bo’sh kataklarga kerakli son va arifmetik ishoralarni qo’yib chiqing.




:

5

=

4

+




X







9

-




=




=




=




=




-

20

=






3-shart. Ikkita cho’pning joylashishini o’zgartirib,tenglikni tuzating: VII-II=II Javob: VII-V=II
4-shart. Tenglamani “Charxpalak” usulida yeching. 1) 90-(x+20)=60 2) (x+186)+127=642 Javob: 1) 10; 2) 329;
5-shart.
2749+554= 60003-284= 301815+534= 64004-25049=
M usiqali tanaffus. “Aylana” qo’shig’i. Aylanajon, aylana, Men o’zingdan aylanay. O’rtada tanho turgan Markazingdan aylanay. Nuqtalaring terilgan, Misoli yoy egilgan. Uzunliging doimo, “Ikki Pi Er” (2 πr) deyilgan. Markaziy burchaging va Turli-tuman yoying bor. Radiusingni aytgin, Chizay seni keng yo tor. Tarang turadi toring, Yo’qdir aslo xataring. Diametr deyilgan, Markazdagi vataring. Doira birla o’sding, Yo’q sira kam-u ko’sting. O’rganamiz doimo Barcha o’quvchi-do’sting.
(M.Madaliyevaning “Sahnada matematika”kitobidan).
6-shart. Tegishli ishora va qavslardan foydalanib, tenglik hosil qiling. 9 9 9 9 9 9 9=100 Javob: (99-9):9+(99-9)=100 999:9-99:9=100
Tezkor savollar. Zinnurada 5 ta konfet bor edi. 3 tasini ukase Baxtbek, 2 tasini o’zi yesa, Zinnurada nechta konfet qoladi? (Javob: konfet qolmaydi). Stolda 7 ta shar bor edi. Bittasining havosi chiqib ketgandan so’ng stolda nechta shar qoladi? (Javob: stolda 6 ta havo to’ldirilgan va 1 ta havosi chiqqan shar qoladi). Xonadagi 7 ta shamdan 3 tasi o’chib qolsa, nechta sham qoladi? (Javob: 3 ta qoladi, qolgan shamlar yonib tugaydi). Birdan yuzgacha bo’lgan sonlar ichida qaysilari pastdan yuqoriga aylantirilsa ham qiymati o’zgarmaydi? (Javob: 1,8,11,69,88,96). (Yig’ilgan ballar e’lon qilinadi. Boshlovchilar o’qigan she’r bilan tadbirga yakun yasaladi).
1-boshlovchi:
Xalqimizning faxridir Necha buyuk siymolar- Al-Xorazmiy, Forobiy Hamda Ibn Sinolar. 2-boshlovchi:
Qoloqni kechirishmas, Qilmang, derlar xatolar. Kashfiyotlar qilsangiz, Shunda olam tan olar.
MASHG’ULOT TOPSHIRIQLARI:
1. Matematika fanidan yana qanday ommaviy shakl turlarini bilasiz?
2. “Qiziqarli matematika soati” ommaviy shakl turimi, siz nima deb o’ylaysiz?
3. O’zingiz xoxlagan sinf uchun bitta matematika fanidan ommaviy shakl turning 1ta tadbir senariysini tayyorlang.
Download 163.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling