Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish
Download 163.62 Kb.
|
2-AMALIY MASHGULOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- boshlovchi
1- boshlovchi: - Buyuk bobomiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug’ilgan.
2- boshlovchi: - Bobomiz yoshligidan o’tkir zehnli va mehnatsevar bo’lgan. Juda ko’p fanlarni mustaqil o’zlashtirgan. Osiyoning ko’plab shaharlarida bo’lib, ularning tarixi, geografiyasini puxta o’rganib, ilmiy ishlar olib brogan. Shuningdek, o’z davrining eng buyuk matematigi bo’lgan. 1- boshlovchi: - Bobomiz “Al-jabr val-muqabala” (algebra), “Hisob al-Hind” (arifmetika) kitoblarini yaratgan. U ilgari surgan hisoblash usuli juda qulayligi bois avval Yevropaga, so’ng butun dunyoga tarqalgan. (Sahnaga raqamlar kirib keladi). Raqamlar: Biz o’n pahlavonmiz, sir-asrorga makonmiz. Necha-necha jumboqni hal etgan qahramonmiz. Bu merosni o’rganing, ustoz ruhin shod eting. Ma’rifat bo’stonini yashnating, obod eting. “ 0” Juda puch ham emasman, O’ylagandek ba’zilar. O’tsam sonlar ortiga Kuchim yaqqol sezilar. “ 1” Noldan keyin turaman, Chizg’ichingga qarab boq. Sonlar ichra doimo, Birinchiman, ey, o’rtoq. “ 2” Qomatimni ko’rganlar, Qiyos etar oqqushga Mendan dir-dir titraydi, Ixlosi yo’q o’qishga. “ 3” Bilimingni baholab, Noiloj qoniqaman. Qachon o’tar “to’rt”ga deb, Ko’z tikib, toliqaman. “ 4” To’ntarilgan stulga, O’xshab ketar bo’y-bastim. Otim-yaxshi, to’rtta harf, Besh mening yaqin do’stim. “5” Rassom chizar o’xshatib, Yuk ko’targich ilmoqqa. Men-muallim sovg’asi, Bilimdon har o’rtoqqa. “ 6” Koptok misol qornimni, Soyabonga olaman. Bir,ikki,uch, o’zimga Teng bo’lina qolaman. “ 7” Qalpoq kiyibg boshimga, Bog’laganman belbog’ni. Xizmatiga tayyorman Mehnatsevar o’rtoqni. “ 8” Ipak qurt pillasidek, Qo’sh halqaman mustahkam. O’zgarmas qiymat shaklim, O’ng-ters bo’lib tursam ham. “ 9” Shaklim o’xshar vergulga, Oltiga qarindoshman. Bir xonali sonlarga Shu yoshdan karvonboshman. “ 10“ Qo’shni bo’lib ko’paydik, O’n hissaga: bir va nol. Hisoblaymiz, sanaymiz, Berib doim qo’lga qo’l. (She’rlar muallifi: Valijon Ahmadjonov va Boborahim Omonov). 1-boshlovchi: Hisob ilmin boyitdi o’n dona mashhur raqam, Sonlar, raqamlar ila ma’nolidir bu olam. Raqamlar-o’nli sanoq sistemaning yuragi, Odamlar uchun xizmat qilmoq erur tilagi. Download 163.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling