Sinfdan tashqari ishlarda yosh xususiyatlarini hisobga olish


NAMUNA Matematika fanidan


Download 163.62 Kb.
bet5/7
Sana30.01.2024
Hajmi163.62 Kb.
#1817156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-AMALIY MASHGULOT

NAMUNA
Matematika fanidan
darsdan va sinfdan tashqari ishlarni o’tkazish bo’yicha
MATEMATIK ERTALIKLAR”
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan bog’liq bo’lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan barcha savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deganda o’quvchilar darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan dastur bilan bog’liq bo’lgan material asosida ixtiyoriylik prinsipiga asoslangan mashg’ulotlar tushuniladi.
Ushbu tadbir qiziqarli matematik ertaliklarni tashkil etish uchun 4-sinf o’quvchilariga mo’ljallangan.
NAMUNA

“RAQAMLAR SALTANATI”GA SAYOHAT





4-sinflar uchun tadbir ssenariysi
Tadbir o’tkaziladigan faollar zali bayramona bezatilgan. Devorda Al-Xorazmiy surati, uning atrofida matematika faniga doir shiorlar osilgan. Milliy libosdagi ikki boshlovchi musiqa sadolari ostida kirib keladi.
1 -boshlovchi:
Asrlar ortidan kelar asrlar,
Unut bo’lar o’tmish- jumboqlar, sirlar.
Lekin asoslarin barcha fanlarning
Kelajakka olib ketar nasllar.
2-boshlovchi:
Qunt bilan o’rganib shu buyuk fanni,
Shon-shuhratga o’rang ona Vatanni!
Donolar donosi bo’lgay agar kim,
Fanga bag’ishlasa jon birla tanni!
1-boshlovchi: - Assalom, davramizning eng aziz mehmonlari! Assalom, ilm-u fanning sohib-u davronlari! Assalom, ey, aziz do’stlar, kechamizga xush kelibsizlar!
2-boshlovchi: - Ruxsat bering, boshlamoqqa matematik kechani. Turli-tuman savol bilan o’ylataylik barchani.

  1. boshlovchi: - “Raqamlar saltanati” deb nomlangan kechamiz. Ko’p antiqa sinoatlar tugunini yechamiz.

2- boshlovchi: - Bugungi matematika kechamizni vaqt o’tgan sari boy ilmiy merosiga qiziqish tobora ortayotgan,qadr-qimmati behad oshayotgan Al-Xorazmiy bobomiz haqidagi ma’lumotlar bilan boshlaymiz.

Download 163.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling