Karyer haqida tushuncha
Download 353.7 Kb.
|
Mustaqil ish Karyer elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- KARYER KONLARI.
Karyer elementlari. Reja: Karyer haqida tushuncha. Karyer konlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. KARYER HAQIDA TUSHUNCHA. Karyer (lot. quadraria — tosh maydalanadigan joy) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. Karyer bir nechta pogʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi. Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta Karyerlar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik Karyerlarda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% karyerlardan qazib olingan. Katta karyerlarda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta Karyerlar: "Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari, "Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna" (Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan karyer bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" karyerning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" karyerida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit karyerlarda yiliga 2,3 mln.m3 dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota karyerlari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy karyerlari mashhur. KARYER KONLARI. Konni ochish, qazishga tayyorlash va bevosita foydali qazilmani qazib olish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlar majmuini konni qazib chiqarish deyiladi. Bu ishlar konni qazib chiqarishning bo’g’inlari hisoblanadi. Masalan, dastlabki konni ochish ishlari, so’ng konni bir qismini qazishga tayyorlash ishlari va bevosita foydali qazilmani qazish ishlari birin-ketin bajariladi. Kondan qazib olingan foydali qazilma ushbu lahimlar orqali tashilib yer yuziga chiqarib beriladi. Download 353.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling